5
I
.
O’QUV MATERIALLARI
1.1. MA’RUZA MATNLARI
1-MAVZU. RIVOJLANGAN MAMLAKATLARNING BOZOR TAJRIBASI
VA UNI O‘RGANISHNING AHAMIYATI
REJA
:
1.1. Rivojlangan mamlakatlarning bozor tajribasini o‘rganish zaruriyati.
1.2. Rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasining magistrlar faoliyatidagi
ahamiyati.
1.3. Rivojlangan mamlakatlar tushunchasi.
1.4. Rivojlangan mamlakatlar belgilari.
1.5. “Rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi” fani predmeti va usullari.
Tayanch so’z va iboralar:
Resurslar taqchilligi, ehtiyoj, sivilizatsiya, talab, taklif, raqobat, bozor
bahosi
.
1.1. Rivojlangan mamlakatlarning bozor tajribasini o‘rganish zaruriyati.
Iqtisodiyotning bozor usuli jahon uzra keng quloch yozmoqda. Iqtisodiy
munosabatlarni samarali tashkil etish va resurslarni oqilona joylashtirish avvaldan
insoniyat diqqatini, ayniqsa iqtisod ilmi ahlini, o‘ziga jalb etib kelgan. Bunda
ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish imkoniyatini tug‘diruvchi har
qanday ijtimoiy shakl tan olingan. “Resurslar taqchilligi – ehtiyojning
poyonsizligi” muammosi insoniyatni doimo o‘ylantirib,
buni xal qilishda inson
bozor usulini tanlagan va uni eng ma’qul usul deb bilgan.
Ma’lumki, jamiyat ixtiyoridagi ishlab chiqarish imkoniyatlari, iqtisodiy
resurslar, mehnat resurslari, turli mablag‘lar, tabiiy boyliklar, yer kabilar poyonsiz
emas, ya’ni bu resurslar chegaralangan bo‘lib, ulardan foydalanish, ularni
joylashtirish oqilona yondoshuvni talab etadi.
Basharti ma’lum tarmoqlar tezroq taraqqiy etib,
bir xildagi tovarlar ishlab
chiqarish ko‘paytirilsa, demak bunga ko‘proq resurslar jalb etiladi hamda shunga
ko‘ra qolganlariga kamroq resurslar sarf etish zaruriyati tug‘iladi. Bunday
alternativ (ya’ni ikki yoldan birini) tanlash muammosi tug‘iladi.
Iqtisodiy taraqqiyot amaliyoti shuni isbotlab bormoqdaki, hozirgi vaqt bozor
iqtisodiyoti hukmronligi resurslarni samarali taqsimlab joylashtirish va iqtisodiy
o‘sishni tezlashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash va yuqori turmush darajasini
ta’minlash imkonini tug‘diradi. Bunday tizim mehnatni rag‘batlantirish va shaxsiy
boylikni, pirovardida esa milliy boylikning ortib borishini tezlashtiradi.
6
Bozor tizimi barcha mamlakatlar iqtisodiga xos bo‘lib, u o‘z
doirasini
to‘xtovsiz kengaytirib bormoqda. Bu ayniqsa, sivilizatsiya darajasiga bog‘liq
bo‘lib, u o‘z taraqqiyot jarayonini tezlashtirib bormoqda. Eng taraqqiy etgan va
qudratli iqtisodiyot salohiyatiga ega bo‘lgan mamlakatlar asosan erkin bozor
sharoiti tufayli xalq farovonligini yuqori ko‘rsatkichlariga erishmoqdalar. Bular
avvalo yuqori darajali industrial mamlakatlardir. Bularning ketidan borayotgan va
bozor munosabatlariga o‘tishda yaxshi natijalarga erishayotgan mamlakatlarning
soni ortib bormoqda.
Sivilizatsiyali iqtisodiyot (madaniylashgan iqtisodiyot)
bozor mexanizmini,
bozor munosabatlarini takomillashtirib, bozor iqtisodiyotiga, umuman iqtisodiy
taraqqiyotga katta o‘zgarishlar kiritmoqda. Bu iqtisodiyotning ijtimoiy yo’nalishi,
davlatning iqtisodiyot voqeligiga ishtirokining kengayishi, aralash iqtisodiyotning
ahamiyatli bo‘lib borishi kabilarda o‘z aksini topmoqda.
O‘zbekiston ham o‘z iqtisodiy taraqqiyotida bozor yo’lini tanladi. Zero,
O‘zbekiston faqat bozorgina inson manfaatlariga mos mehnatni rag‘batlantiruvchi
mexanizmga ega bo‘lgani, jahon hamjamiyati rivojlanishining
hozirgi bosqichiga
juda mosligi, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantira olishi, ishlab
chiqarishni iste’molchilar manfaatiga bo‘ysundirishi, tejamli xo‘jalik yuritishning
kuchli, oqilona jixatlarini yaratishi, yangiliklarga sezgirlikni oshirishi va fan-
texnika yutuqlarini dadil joriy etish sharoitlariga ega bo‘lishi kabilarni e’tiborga
olgan xolda uzil-kesil bozor munosabatlariga o‘tishni
tan olib, bozor iqtisodiyoti
sari dadil qadamlar qo‘ymoqda.
Bozorni asosan talab, taklif, raqobat va bozor bahosi kabilar shakllantiradi.
Umuman olganda bahoning tashkil topish usuliga qarab xo‘jaliklarni bozor yoki
nobozor xo‘jaliklar qatoriga qo‘shish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: