32
* valyuta bozorini rivojlantirish;
* tashqi va ichki narx nisbatiga sharoit tugdirish;
* xususiylashtirishga sharoit yaratish va boshq.
4-Bosqich
"Bozor
munosabatlarini rivojlantirish"
* Soyolom bozor raqobatiga o‘tish;
* o‘z-o‘zini tartibga soluvchi bozor strukturasini
rivojlantirish;
* bank-kredit tizimini takomillashtirish;
* davlat soliq tizimini soYOlomlashtirish;
* kon’yunkturani jonlashtirish va boshq.
Demak, bozor iqtisodiyotining shakllanishi qonun hokimiyatining
yaratilishi bilan chambarchas bog‘langan holatdirki,
bular kuchli jamiyatning
kuchli iqtisodiyotini yaratishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Aytish mumkinki, bozor
huquqiy muhitining yaratilishi aloxida jarayon bo‘lmay, qonuniy hokimiyat
yaratilishi zarur bo‘lgan kuchli jamiyat shakllanishining tarkibiy qismiga kiradi.
Qonuniy hokimiyatning yaratilishi ayni vaqtda bozor huquqiy muhitining barpo
etilishini taqozo etadi.
Bozor iqtisodiyoti huquqiy muhitini yaratilishining boshlanishiga
O‘zbekiston Konstituttsiyasida asos solingan, uning 53-moddasida iqtisodiyotning
bozor munosabatlarini rivojlantirishi tasdiqlanadi.
Bozor iqtisodiyoti huquqiy
muhitining yaratilishi asosida qonunchilik yotadi va qonunlar negizida ularni ijro
yol va usullarini belgilovchi farmon, qaror va qoidalar yuzaga keladi.
Bunga xos qonunlar ichida harakatdagi O‘zbekiston Respublikasida
“Korxonalar to‘g‘risida”, Xususiy mulk to‘g‘risida”, “Xususiylashtirish va davlat
tasarrufidan chiqarish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining tadbirkorlik
to‘g‘risida”ga kabi bir muncha qonunlarni ko‘rsatish mumkin.
Bu kabi qonunlar
ijrosiga qaratilgan qaror, farmonlar tufaylm huquqiy muhit yuzaga keltirilmoqda.
Huquqiy muhitning ikki tomoni mavjud: erkin va majburiylik. Erkinlik
bozor ishtirokchilarining bozor iqtisodidagi erkin faoliyatini ta’minlash, jamiyat
a’zolari o‘rtasidagi va jamiyat bilan bo‘lgan iqtisodiy mazmun harakatining ijro
etilishini ta’minlash bilan bog‘langandir. Tijoriy erkinlik va faoliyat sohasi tanlovi
erkinligi qonunlar va ularning ijrosi tufayli ta’minlanadi. Shu bilan birga daromad
oshishining chegaralanmasligi,
resurslardan foydalanish, ish kuchini yollash
erkinligi juda muhimdir. Iqtisodiy faoliyat erkinligining asosini tashkil etuvchi
mulk shakllarining mavjudligi muhim bo‘lib, mulk munosabatlarining bozor
munosabatlari asosida bo‘lishi, xususiy mulk
va sarmoyalar xajmining
chegaralanmasligidagi erkinliklar huquqiy muhitda ahamiyatlidir. Qonunlarda
bozor munosabatlari asosidagi harakatlar to‘la kafolatlanadi va to‘la himoyalanadi.
Bozor iqtisodiyoti huquqiy muhitining ikkinchi tomoni jamiyat oldidagi va
inson huquqlari hamda turmush sharoitlari bilan bog‘langan majburiyatlardan
iborat. Bu sohada salbiy oqibatlarning oldini olish asos hisoblanadi. Ma’lumki, har
bir bozor munosabatlari bilan bog‘liq shaxs ijtimoiy xarajatlarda ma’lum o‘rin
egallaydi va bu majburiyat soliq qonunlarida o‘z aksini topadi. Bundan tashqari
ekologiyani saqlash, tabiatga zarar keltirmaslik sohasida
javobgarliklar mavjud
33
bo‘lib, tabiiy boyliklardan to‘g‘ri va samarali foydalanish, havo, suv, er, havoni sof
saqlash sohasida katta javobgarliklar mavjud. Mehnat huquqi, ishga yollash,
mehnatni muhofaza qilish, ishlovchilarning
daromadlarini kafillash, inson
huquqlari, uning manfaatini ta’minlash kabilar bilan bog‘langan majburiyatlar
mavjud.
Shunday qilib, huquqiy muhit deganda bozor munosabatlari asosidagi
faoliyat uchun huquqlar va majburiyatlarni tushunamiz.
Bu sohadagi erkinlik
jamiyat, davlat va inson oldidagi majburiyatlar muvozanatining doimo ta’minlanib
borishi uchun zarur shartdir.
Do'stlaringiz bilan baham: