36
ijtimoiy tartiblashtirish, milliy iqtisodiyotni himoyalash, daromadni qayta
taqsimlash, pul muomalasini ta’minlashlardan iboratdir.
Bu vazifalar albatta bozor iqtisodiyotiga aralashuv, tartiblashtirish,
rag‘batlantirish kabilar bilan bog‘liqdir. Davlat faoliyatida bu sohada ikki usul
qo‘llaniladi. Birinchisi, ma’muriy-huquqiy usullarni o‘z ichiga olsa, ikkinchisi
iqtisodiy mexanizmlardan foydalanishdir.
Davlatning bozor iqtisodiyotiga aralashuvi, uning tartibga solish jarayoni
katta ixtiyotkorlikni talab etadi. Bunda ma’muriy va iqtisodiy usullarni qo‘llashda
chegarani bilishlik katta ahamiyat kasb etadi. Buning bir necha asosiy talablari
mavjuddir.
Birinchidan, bozor mexanizmlari bog‘liqligiga ta’sir
etish va ularning
tuzilishiga olib keluvchi har qanday harakat zararlidir. Bunga aslo yol qo‘yib
bo‘lmaydi. Aytaylik, direktiv mazmundagi harakat to‘g‘ri kelmaydi. Majburiy
rejalashtirish va tovarlarni sun’iy taqsimlash, baholar ustidan ma’muriy nazorat
olib borish kabilar direktiv mazmunidagi harakat qatoriga kirib, bular bozor
mexanizmlarini ishdan chiqaradi.
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti o‘zini-o‘zi tartibga solish mexanizmlariga
ega bo‘lganligi uchun iqtisodiy usullarni qo‘llash ko‘proq qo‘l keladi.
Lekin bu
zaruriy vaqtlarda ma’muriy usularning qo‘llanishini inkor etmaydi, hatto taqozo
etadi. Umuman olganda, bozor iqtisodiyotini tartibga solishda ma’muriy va
iqtisodiy usullarni bir-biridan ajratish qiyin, ular birga qo‘llanilishi va bir-birini
to‘ldirishi zarur.
Uchinchidan, iqtisodiy usullar qanchalik ma’qul bo‘lmasin, ulardan juda
ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur. Agarda soliq, kredit – pul, byudjet – pul
usullarini oladigan bo‘lsak, bular ham eski majburiy
rejalashtirishdan kam emas,
bilmay qo‘llanilsa bular ham katta zarar keltirishi mumikn.
To‘rtinchidan, iqtisodiy usullarning hammasi ham kam-ko‘stsiz emas, ular
ichida ijobiy bilan birga salbiy usular ham bor. Masalan, davlat qimmat yangi
texnologiyani kiritdi deylik. Dastlab uning foydali tijoriy tomonlari bo‘lmasligi
mumkin. Bu texnologiya ishsizlikni ko‘paytirishi, ijtimoiy muammoni
kuchaytirishga olib kelishdan yiroq emas, yoki inflyatsiyaga qarshi pul siyosati
bank foizining o‘sishiga olib kelishi kabi hodisalar salbiy mazmunga egadir.
Bozor bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday harakat, davlat chora-tadbiri juda
o‘ylanilgan, ko‘p chamalangan va barcha oqibatlarini e’tiborga olgan tavsifda
bo‘lishni talab etadi. Chunki bozor ishtirokchilari, ayniqsa tadbirkorlar faoliyatiga,
aralashuv juda nozik narsa bo‘lib, bundagi xatolik
juda qimmatga tushishi
mumkin. Chunki u ortiqcha xarajatlar, buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lib, qo‘rquvlik,
ishonchsizlik tug‘iladi. Bu albatta bozorning shakllanishiga katta zararlar keltirib,
bu jarayonni orqaga suradi. Pirovardida bozorga o‘tish qimmatlashadi, cho‘ziladi,
natijada buning hammasi aholining iqtisodiy axvoliga o‘zining salbiy oqibatlarini
kuchaytiradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bozor davlatning tartibga solish
faoliyatini chegaralaydi, juda noziklik bilan ish tutishni talab etadi. Hech qachon
bozor iqtisodiyoti imkoniyatlari to‘la ishga solingan deb bo‘lmaydi. Bu sohada