303
5-mavzu bo’yicha tarqatma material
Germaniya iqtisodiyoti 0,8 foizga o'sdi
Joriy
yilning
I
choragida
Germaniya
iqtisodiyoti o'tgan chorakka nisbatan 0,8
foizga o’sdi.
Bu haqida ushbu davlatning
Federal statistika agentiligi xabar bermoqda.
Mamlakat yalpi ichki mahsuloti yillik hisobda
o'tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 foizga
o'sdi.
Ko'rsatkichlar dastlabki manbalar hamda
Bloomberg agentligi tomonidan so'roq qilingan tahlilchilarning
prognozlari bilan
mos keldi.
Yevro hudud iqtisodiyotini tiklashda Germaniya muhim ahamiyatga ega bo'lgan
davlatdir. Biroq, u hozirda ishsizlik rekordi hamda past inflyatsiya sharoitiga yaqin
holatda turibdi. Bundesbankning baholashicha, iqtisodiyot
rivoji joriy chorakda
biroz sekinlashadi.
Mamlakatda qurilish hajmi 2016 yilning IV choragiga nisbatan yanvar-mart
oylarida 3,6 foizga o'sdi. Kapital investitsiya hajmi - 3,2 foizga, uy xo'jalik
xarajatlari - 0,7 foizga o'sdi.
Eksport hajmi hisobot davrida 0,2 foizga, import esa 2,2 foizga ko'paydi.
Qayd
qilinishicha, Germaniya iqtisodiyoti 2015 yilda 1,7 foizga va 2016 yilda 2
foizga o'sadi. Yevropa Markaziy Banki Yevro hudud yalpi ichki mahsuloti joriy yil
1,2 foizga, kelgusi yil esa 1,5 foizga o'sishini kutmoqda.
304
6-mavzu bo’yicha
tarqatma material
Fransiya iqtisodiyoti yangi ish o'rinlarini yaratish uchun zaifligicha qolmoqda
Joriy
yilning
uchinchi
choragida
Fransiya YaIM o'tgan
chorakka nisbatan
0,3 foizlik o'sish tendensiyasiga ega
bo'ldi. Bu
haqida mamlakatning milliy
satistika boshqarmasi Insee xabar bergan.
Bu o'sish 2015 yilning aprel- iyun
oylaridan
beri kuzatilgan eng baland
ko'rsatkichdir. Bloomberg agentligi so'rovlarida ishtirok etgan iqtisodchilar o'sish
0,1 foizni tashkil etishini prognoz qilishgan edi. Yillik hisobda iqtisodiyot
kutilganidek 0,4 foizga oshgan.
Avvalgi chorakalar natijalarini ko'radigan bo'lsak, ikkinchi chorakda iqisodiy o'sish
natijalari avvalgisiga nisbatan 0,1 foizga tushib ketgan edi.
- Uchinchi chorakda hukumat prognozlari o'zini oqladi,
- deyiladi mamlakat
Moliya vaziri Mishel Sapen bayonotida. - O'sish sekin-asta tiklanayotgan bo'lsada,
Fransiya yangi ish o'rinlarini yaratish uchun zaifligicha qolmoqda.
Uchinchi chorakda Fransiyada davlat xarajatlari 0,8 foizga, yillik hisobda esa 2,3
foizga o'sdi. Uy xo'jaliklari xarajatlari ham 0,2 foizdan 0,5 foizga ko'tarilgan.
Import hajmi aprel-iyun oyiga nisbatan 1,1 foizga, 2015 yilning uchinchi choragi
bilan qiyoslaganda esa 2,6 foizga ko'tarilgan. Eksport miqdoridagi o'sish mos
ravishda 0,5 foiz va 2 foizni tashkil qildi.
Yevrokomissiyaning noyabr oyi uchun
bergan prognozlariga qaraganda, Fransiya
YaIM bu yil 0,3 foizga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: