252
usullaridan O‘zbekistonda foydalanishga kelishildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda
Gollandiya kartoshka urug‘lari ekilib mo‘l hosil etishtirilmoqda.
O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish va
rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. 1993 yil 28-30 oktyabr kunlari O‘zbekiston
delegatsiyasining Fransiyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikka
asos soldi. Prezident I.Karimov Fransiya Prezidenti F.Mitteran, Fransiyanint
boshqa rahbarlari hamda jamoatchilik vaqillari bilan do‘stona suhbat va samarali
muzokaralar yuritdi. Safar natijasida Parijda O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya
Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida
shartnoma, madaniyat,
ilmiy-texnikaviy va maorif sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim,
sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash to‘g‘risida bitim imzolandi.
O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida iqtisodiy, ilmiy, madaniy aloqalar
kengayib bormoqda. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat, neft
va gaz sanoati, qurilish va boshqa sohalarda hamkorlik qilinmoqda.
O‘zbekiston xalqaro ishlarda katta tajriba va nufuzga ega bo‘lgan Buyuk
Britaniya bilan ham hamkorlik qilmoqda. 1993 yil 17-19 iyun kunlari Buyuk
Britaniya qirolichasining qizi malika Anna O‘zbekistonda bo‘lib,
mamlakatimiz
bilan, xalqimizning turmush tarzi bilan tanishib, Samarqand shahrining o‘lmas
tarixiy yodgorliklarini ziyorat qilib ketdi. 1993 yil 15 oktyabr kuni Buyuk
Britaniya tashqi ishlar va hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha davlat vaziri Daglas
Xognint O‘zbekistonga safari chog‘ida ikki davlat o‘rtasida madaniyat va ta’lim
sohasidagi hamkorlik bitimi, ikki yoqlama soliq solmaslik to‘g‘risida bitimlar
imzolandi.
O‘zbekiston Finlyandiya,
Avstriya, Belgiya, Shvetsariya, Italiya, Ispaniya,
Gretsiya, Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya kabi
Yevropa
mamlakatlari bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalar
o‘rnatdi va kengayib bormoqda.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda
xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish
va rivojlantirish bobida bir necha o‘n
yilliklarga arziydigan ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston o‘zining tinchliksevar,
yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati
bilan
butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini
egalladi, uning mavqei yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda.
Yuqori keltirilgan ma’lumotlar bir tarafdan albatta Yangi respublika uchun
qisqa vaqtda erishgan katta yutuqlardir. Lekin, masalaning ikkinchi tomoni
o‘rnatilgan bu hamkorliklarning hozirda rivoji va yurtimiz uchun foydasi qanday
darajada ekanligidir. Asosan tuzilgan shartnomalar o‘z faoliyatini yaxshi olib
bormoqda, lekin, shu bilan bir qatorda muammolar ham yo‘q emas. Muammolar
albatta asosan tashqi iqtisod bilan, xususan mamlakat eksport salohiyatini oshirish
bilan bog‘liqdir. Boshqacha aytganda, tashqi iqtisodiy aloqalarimizda import
ulushini kamaytirish va eksportni kengaytirish tomon
burilish yasalishi muhim
ahamiyatga ega.
Prezident I.Karimov o‘zining "O‘zbekistonning yetti zafarli yili" asarida
«O‘zbekiston tarixdan qisqa bir davrda jahon hamjamiyatiga qo‘shildi, uning teng
253
huquqli sub’ektiga aylandi. Nufuzli xorijiy davlatlar bilan siyosiy, diplomatik,
iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy aloqalarni yo‘lga qo‘ydi. Bu jonajon Vatanimiz
xavfsizligining muhim sharti va taraqqiyotimizning kafolatidir", - deb yozadi.
Darhaqiqat, O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning to‘laqonli sub’ektiga aylanishi
uchun barcha imkoniyatlarga egadir. SHu bilan birga dunyo xo‘jalik va siyosiy
tizimida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lish uchun xalqaro jarayonlarda faol ishtirok
etish va Osiyo, Yevropa va Amerikaning yetakchi davlatlari bilan hushyorlik bilan
munosabatlar olib borish talab etiladi. Buning uchun esa uzoqni ko‘ra biladigan,
bilimli kadrlarni tarbiyalash zaruriyati hamisha saqlanib qoladi.
2001 yil 11 sentyabr voqealaridan keyin Yevropa
Ittifoqi davlatlari ham
xalqaro terrorizmga qarshi tuzilgan xalqaro koalitsiyaga qo‘shilgan holda o‘z
qo‘shinlarini Afg‘onistonga yuborishdi. Ayrim davlatlar, shu jumladan, Germaniya
o‘z harbiy kontingentini Afg‘onistonning shimolida, bir qismini esa O‘zbekiston
janubida Termez shahrida joylashtirdi. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan
aloqalari iqtisodiyot sohasida ham yildan-yilga kengayib bormoqda. Yevropa
Ittifoqining faol a’zolaridan bo‘lgan Germaniya O‘zbekistonning Yevropa
Ittifoqidagi eng yaqin hamkori hisoblanadi. Germaniya Markaziy Osiyoda ro‘y
berayotgan o‘zgarishlarga doimo nemislarga xos xolislik bilan yondoshgan va
doimo qo‘llab-quvvatlagan. 2005 yil Andijonda ro‘y bergan may voqealaridan
keyin O‘zbekistonga qarshi olib borilgan axborot xuruji davrida, Yevropa Ittifoqi
tarafidan qo‘llanilgan jazo choralari davrida Germaniya bizni doimo qo‘llab-
quvvatlab keldi. 2006 yilda Germaniya rasmiy doiralari O‘zbekiston vakillari bilan
bir necha marta uchrashdilar va EIning bugungi kundagi raisi Germaniya 2007
yilda ushbu jazo choralarini bekor qilishga alohida ahamiyat bermoqda.