«Mamlakatimizda Islom moliyaviy xizmatlarini joriy
etish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish vaqt
-soati yetib keldi. Bu borada Islom taraqqiyot banki
va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etiladi»
, deb ta`kidlab o`tdilar.
Islomiy banklar mijoz talabi bilan ob`yektni qurib berishi, asbob-uskunalar, tovar, xom-
ashyolar olib berishi yoki ularni ijaraga berishi mumkin. Moliyalashtirish asosida savdo
amaliyoti yotadi. Zamonaviy bank tizimida esa banklarning savdo amaliyotlarini amalga
oshirish qonunchilik nuqtayi nazaridan mushkul bo‘lib, bunga soliq hamda bank faoliyatiga
taalluqli me'yoriy-huquqi
y hujjatlar to‘sqinlik qiladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, keyingi yillarda islomiy moliya muassasalari yalpi aktivlari miqdori
2,5 trillion dollarni tashkil etib, yiliga 15-
20 foizga o‘sib bormoqda.
248
https://kun.uz/uz/news/2019/07/31/islom-moliyasi-rivojlanish-bosqichlari-muammo-va-yechimlar#:
249
https://yuz.uz/uz/news/ozbekistonda-islom-moliyaviy-xizmatlarini-joriy-etishning-vaqti-
keldi#:~:text=TurkiyaSHOAMIROVA
400
2020 yil boshida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi doirasida
«O‘zbekistonda islomiy moliya mahsulotlari tahlili» bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqot va
uning doirasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, bank kreditlaridan
foydalanmaslikning asosiy sabablari sifatida avvalambor, diniy qaras
hlar, kreditlar bo‘yicha
yuqori foiz darajasi va kreditlashtirishning murakkabligi ko‘rsatilgan bo‘lib, agar mamlakatda
islom moliya muassasalari tashkil etilsa, yuqoridagi so‘rovnomada ishtirok etgan
qatnashuvchilarning aksariyati ushbu muassasa xizmatlaridan foydalanishlari mumkinligini
ta'kidlashgan. Hatto, an'anaviy banklar ham O‘zbekistonda islom moliya muassasalari tashkil
qilish, moliya tarmog‘ida halol va shaffof raqobat yuzaga kelishi, natijada mamlakatga
sarmoyalar oqimi o‘sishi va diversifikatsiyasiga olib kelishi haqida o‘z fikrlarini bildirgan.
250
O‘zbekiston Islomiy moliya sohasida katta salohiyatga ega. Shundan kelib chiqib yaqinda
2023-yilning 14-16-
mart kunlari mamlakatimiz poytaxtida “AlHuda” Islom bank ishi va
iqtisodiyoti markazi
tomonidan O‘zbekiston Banklari assotsiatsiyasi va O'zbekiston Lizing
beruvchilari Assotsiatsiyasi ko‘magida tashkil etilgan Uchinchi MDH davlatlari Islom
bankchiligi va moliyasi f
оrumi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir MDH davlatlarida Islom bank ishi va
moliyasining f
oydalanilmagan bozorini o‘rganish, sug‘urta (takaful) va islom obligatsiyalari
(sukuk) bo‘yicha xabardorlikni oshirish va e’tirof etish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda
Islom moliyasi mahsulotlarining turlari va mohiyati, ularning an’anaviy bank xizmatla
ridan
farqi va o‘xshashliklari, shu bilan birga yurtimizda islom moliyasini joriy etish bo‘yicha olib
borilayotgan ishlar va boshqa masalalarni muhokama qilindi.
O’zbekistonda islom moliyasini tashkil etish bo’yicha quyidagilar yechim bo’lishi
mumkin:
•
avvalo mamlakatimizda alohida markaziy islom bankini tashkil etish;
•
mukammal bo’lgan huquqiy
-
asosiy bazani yaratish bo’yicha ommaviy muhokamaga
quyish;
•
islom banklarida shar’iy kengashlarni va turli xalqaro muvofiqlashtiruvchi markazlar
(idoralar) tashkil qilish;
•
Ushbu sohada istiqbolli kadrlarni oliy ta’lim tizimida alohida yo‘nalishlar ochgan
holda tayyorlash;
•
Ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlaridan keng foydalanilgan holda
aholining savodxonligini oshirish;
•
islom bank-moliya tizimini joriy etgan va islom moliyasi rivojlanishi uchun
mustahkam asos yaratgan mamlakatlarning muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar bilan keng
ko’lamdagi sherikchilik aloqalarini bog’lash.
Xulosa qilib aytganda, har bir inson o‘zining e’tiqodidan kelib chiqqan holda moliy
a
xizmatlaridan foydalanishga haqli va hozirgi kunda dunyo bo‘ylab an’anaviy moliya
xizmatlariga alternativ yechimlar yaratilgan zamonda yashayapmiz. Ya’ni, islom moliyasi
xizmatlari shariat qoidalariga asoslangan va ularga ribo aralashmaydi. Shuningdek,
o
‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida islom moliyasi aktivlari yildan
-
yilga ko‘payib borayotganini
ko‘rishimiz mumkin. Umuman olganda, islomiy moliya xizmatlaridan foydalanish bir
tomondan foydalanuvchi e’tiqodini hurmat qilish bo‘lsa, ikkinchi tomondan jamiya
tda axloqiy
me’zonlarni ushlab turishdir, uchinchi tomondan esa katta moliyaviy mablag’lar jalb
qilishning bir usulidir. Islom moliyasi kirib kelish bilan bir qatorda mamlakatimizda Oliy
talim
tashkilotlarida,,Islom
moliyasi
va
iqtisodiyoti’’yonalishi
bo’
yicha
kadrlar
tayyorlanmoqda.
Qolaversa ,,Islom akademiyasi” ,,Xadis ilmi markazi’’ ,,Mir Arab oliy
madrasasi’’ kabi yirik islomiy ta’lim tashkilotlari ham faoliyat yuritmoqda.
250
https://kun.uz/uz/news/2020/12/29/ozbekistonda-islom-moliyasi-xizmatlarini-joriy-qilish-vaqti-keldi-shavkat-
mirziyoyev#:~:text=%C2%ABO%E2%80%98zbekistonda%20islom%20moliyasi%20xizmatlarini%20joriy%20qilish%20va
qti%20keldi%C2%BB%20%E2%80%93%20Shavkat%20Mirziyoyev
401
Do'stlaringiz bilan baham: |