1-rasm. Mamlakatlarning Islom moliyasi dunyosida bank aktivlari ulushi
255
.
An`anaviy bank tizimida tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish uchun kredit olgan
tadbirkor, agar bankrot holatiga yuz tutsa, tijorat banki uning moliyaviy holatiga qaramasdan
pulni undirishga harakat qiladi, buning ustiga qaytarilmagan qarzning har bir kuniga penya
hisoblanadi. Bu hali foyda ko`rishga ulgurmagan tadbirkorni yanada mushkul vaziyatga solib
qo`yadi.Ushbu holat esa shariat qoidalariga zid, sababi o`zganing mushkul holatidan
foydalanish gunoh, nomaqbul va harom ishdir. Aslida islomiy moliyada barchasi juda oddiy
bayon etilgan.Masalan, sukuk-nominal qiymati teng bo`lgan sertifikatlar bo`lib, ular ma`lum
bir loyihaning moddiy aktivlari va aktivlarga egalik qilish huquqini beruvchi qimmatli
qog`ozdir.Murobaha esa hozirgi kunda mahsulotlarni muddatli to`lovga olishning kreditdan
ancha afzal usuli; mudoraba- robbul mol va mudorib o`rtasidagi kelishuv shartnomasi. Bunda
bir taraf faqat molini tikadi, ikkinchi taraf mehnatini. Zarar teng taqsimlanadi,ya`ni pul tikkan
puliga, mehnati va vaqtini sarflagan mehnatiga kuyadi. Foyda miqdori esa oldindan kelishib
olinadi: 50/50 %, 70/30%, 20/80% kabi.
Muzoraba, mushoraka, murobaha va yana bir qator xizmatlar halollik va adolat
mezonlariga qurilganligi iqtisodiyotda real voqelikka asosan ish tutish lozimligini
ko`rsatadi.Islom xizmatlari joriy etilgan mamlakatlar bilan hamkorliklar o`rnatiladi va hokazo.
Xulosa qilib aytganda, Islom moliya tizimi iqtisodiyotning bir qismiga aylanishi,
an`anaviy moliya tizimi bilan raqobatlasha olishi uchun hali bir qator ishlar qilinishi
lozim.Jumladan:
-O`zbekistonda islomiy moliya tizimi talablariga javob beradigan qonunchilikni ishlab
chiqish, qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritish, me`yoriy-huquqiy hujjatlarni yangilash, soliq,
sug`urta, bank tizimini isloh qilish;
-Islom moliyasi bo`yicha mutaxassislarni jalb etish, mavjud mutahassislarning
malakasini oshirish;
-Aholida islom bankchiligi haqida tushunchaga ega bo`lishini ta`minlash. Buning uchun
elevidinieda ko`rsatuvlar tayyorlash, radio eshittirishlar, ijtimoiy tarmoqlar, gazetalar, moliya
muassasalarida o`quv mashg`ulotlari olib borish, tegishli oliy ta`lim dargohlarida fan sifatida
kiritish yaxshi natija beradi
-
Mamlakatda mavjud barcha banklar “Islomiy bank xizmatlari darchasi”ni tashkil
etishlari va sinov tajribasi sifatida faqatgina Islomiy bank-moliya xizmatlarini ko`rsatuvchi ilk
bankni ochish orqali O`zbekiston bank tizimiga Islomiy bank xizmatlarini bosqichma-bosqich
olib kirishga erishish mumkin.
255
IFSB sayti yordamida muallif tomonidan yig`ilgan ma`lumotlar asosida tuzildi
Do'stlaringiz bilan baham: |