329
faoliyatida ixtisoslashgan holda elektron hujjat aylanishini yo'lga qo'yishga yordam beruvchi
dasturiy komponentlardan foydalanmasdan o`z faoliyatini yo`lga qo`ya olmaydi.
Rossiya Federaatsiyasidagi eng yirik birjalardan biri hisoblanadigan Moskva Fond
Birjasida aniq bir foydalanuvchi uchun ishlab chiqilgan elektron hujjat aylanishi tizimidan
foydalaniladi.
Elektron hujjat aylanish tizimlari bitimlar va boshqa
yuridik ahamiyatga ega
harakatlarni amalga oshirishda elektron hujjatlardan foydalanishni ta'minlaydi. An'anaviy
qog'ozdan foydalanish bilan bog'liq jarayonlarni avtomatlashtirish, ish jarayonida qog'ozsiz
texnologiyalarga o'tish, elektron hujjatlar bilan bog'liq xavflarni kamaytirishga yordam
beradi. Axborot alamshinuvini ta`minlovchi tizim tomonidan, elektron axborot
alamashuvchilarning huquqlari buzilmasligi ta`minlanadi.
Moskva birjasi Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki tomonidan yuklatilgan
majburiyatlarni bajarish uchun raqamli texnologiyalarsiz faqat inson mehnati orqali amalga
oshirish imkonsiz bo`lgan ko'plab jarayonlarni nazorat qilishi talab etiladi. Keng mashtabdagi
bunday muammolarning hal qilish uchun dasturiy ta'minotlardan foydalaniladi. Ushbu
jarayonda foydalaniladigan dastlabki raqamli texnologiyalar “regtech” yoki Regulatory
technologies deb nomlanadi.
RegTech
—
moliya bozorida faoliyat yuritadigan tashkilotlar tomonidan tartibga solish
va nazorat talablarini bajarishbilan bog'liq jarayonlarni optimallashtirish uchun foydalaniladi.
Xalqaro tajribaga muvofiq, RegTech texnologiyalarining qo'llanilishi eng keng tarqalgan
sohalariquyidagilardan iborat:
• regulyator talablariga muvofiqligini tekshirish yoki muvofiqlikni nazorat qilish;
• mijozni identifikatsiya qilish;
• operatsiyalarni monitoring qilish;
• axborot xavfsizligi, tizim auditi;
• korporativ boshqaruv;
• risk
larni boshqarish;
• hisobot berish
RegTech texnologiyalari Moskva fond birjasiga regulyatorning talablariga rioya qilish,
shu jumladan zarur hisobotlarni tayyorlash
jarayonni optimallashtirish, mijozlarni
identifikatsiya qilish tartib-qoidalarining ishonchliligini va tezligini oshirish, tranzaksiyalarni
amalga oshirish, shuningdek, risklar darajasini nazorat qilishni va kiber tahdidlarga qarshi
turish imkonini beradi. Ushbu raqamli texnologiyalarda limitlarga rioya etilishini avtomatik
nazorat qilish tizimlarining mavjudligi, belgilangan chegaralarning ko'p darajali tuzilishi va
real vaqt rejimida foydalanuvchini belgilangan ko'rsatkichlar bo'yicha risk darajasiga erishish
haqida xabardor qilish imkonini beradi. Zamonaviy yechimlar tabaqalashtirilgan yondashuvni
ta'minlaydi va barcha turdagi bozor risklarini kuzatib borish imkon beradi.
Identifikatsiya texnologiyalari - mijozlar va ishtirok etayotgan boshqa shaxslarni
tekshirish bilan bog'liq pul operatsiyalarida, shu jumladan
xizmatlar uchun dastlabki
to`lovlarni qabul qilishda, shuningdek jinoiy yo'l bilan olingan daromadlarni legallashtirish,
terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg'in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga
qarshi kurashish maqsadida ushbu operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida shaxsni
identifikatsiyalashga yordam beradi;
Tranzaksiyalarni monitoring qilish texnologiyalari-pul o'tkazmalari, valyuta
operatsiyalari, shuningdek moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar bilan bog'liq jarayonlardagi
xatoliklarni aniqlashga qaratilgan;
Risklarni boshqarish texnologiyalari - risklarni boshqarishni avtomatlashtirishga
qaratilgan texnologiyalar bo`lib, bozor xatarlariga nisbatan moliyaviy vositalarni, pul
mablag'lari bilan operatsiyalarni baholashni, belgilangan chegaralarni nazorat qilishni va
boshqa xatarlarni aniqlash tizimlarni avtomatlashtirishni o'z
ichiga oladi va operatsion
330
xatarlarga nisbatan ular ichki protseduralar samaradorligini oshirishga, firibgarlikdan himoya
qilishni ta'minlashga imkon beradi.
Hisobot berish bilan bog'liq texnologiyalar - hisobotlarni avtomatik ravishda
shakllantirish va taqdim etishga, shu bilan axborot tizimlarining ishlash xarajatlarini
kamaytirishga imkon beradi.
Regulyativ texnologiyalar bir tomondan xarajatlarni kamaytirishga imkon bersa
(axborot tizimlarini boshqarish xarajatlarini kamaytirish, xodimlarni qisqartirish, shuningdek
nazorat tartib - qoidalarini tezlashtirish orqali) va boshqa tomondan-davlat va boshqa nazorat
qiliuvchi organlar tomonidan o`rnatilgan tartib
–
qoidalar talablariga muvofiq faoliyat
yuritishni ta'minlashga xizmat qiladi. Shunga asoslanib, RegTech rivojlanishining
harakatlantiruvchi kuchi bozorning barcha ishtirokchilari degan xulosaga kelish mumkin.
Rossiya moliya bozorida foydalaniladigan raqamli texnologiyalar bir qanchani tashkil
etib, ulardan biri Sup Tech (Supervisory technology) hisoblanadi.
SupTech
—
ushbu texnologiyalar faoliyat samaradorligini
oshirish uchun moliya
bozorlarida tartibga solish va nazorat organlari amaliyotiga joriy etilmoqda. Bunday
texnologiyalar moliya bozori sub'ektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobotlarni va boshqa
ma'lumotlarni avtomatik ravishda qayta ishlash, bozor va operatsion xatarlarni monitoring
qilish va tahlil qilish, tartibga solish talablarini raqamlashtirish, moliya bozori sub'ektlariga
ushbu talablardagi o'zgarishlarni tezda aniqlash va ularni o'z amaliyotida qo'llash imkonini
beradigan xizmatlarni ishlab chiqish va boshqalar bilan bog'liq xizmatlarni taqdim qilish bilan
shug`ullanadi. Suptechning rivojlanishi, Rossiya banki ta'kidlaganidek, "tartibga solish va
nazorat sohasidagi yondashuvlarni modernizatsiya qilish uchun regulyatorlarning diqqat
markaziga to'liq bog'liq".
Sup Tech texnologiya ma'muriy jarayonlarni
osonroq amalga oshirish va
avtomatlashtirish, hisobotlarning shaffofligini oshirishga xizmat qiladi shuningdek, qimmatli
qog'ozlar bozorini raqamli formatga transformatsiyasiga katta xizmat qiladi.
Moskva birjasiga uning faoliyati samaradorligini oshirishga bevosita yordam berish,
dasturiy ta'minot tizimlaridan biri bo`lib "Garovni hisoblash moduli" hisoblanadi.
Ushbu texnologiyalarda fyuchers va opsionlarning kafolat tizimining o'zagini hisoblash
algoritmi tashkil etib, marjinal savdo ishtirokchilari uchun ochiq pozitsiyalariga yetarli garov
mavjudligini hisoblashdan iborat. Ushbu texnologiyalar defolt xavfini kamaytirish va har bir
kliring firmasi pozitsiyalarining bozor xavfi darajasini doimiy ravishda baholash uchun
maksimal darajada imkon beradi.
Garovlarni hisoblash moduli butun algoritmi alohida dasturiy modul sifatida amalga
oshiriladi. Ushbu modul hozirda birjalar tomonidan savdo sessiyalari vaqtida savdo
ishtirokchilari va ularning mijozlari buyurtmalarni joylashtirishda mablag'larning yetarliligini
nazorat qilish uchun qo'llaniladi.
Garovni hisoblash moduli - bu xotiradagi ma'lumotlar bazasi va u bilan ishlash uchun
protseduralar to'plamidan iborat bo`lib, modul 4 turdagi ma'lumotlarni saqlaydi:
1.
Savdo amalga oshirilishi rejalashtirilgan instrumentlardagi pozitsiyalar bo`yicha
xatarlarni tahlil qilish;
2.
Garovni hisoblash modulida hisoblab chiqiladigan xavflarni baholash parametrlari;
3.
Ishtirokchilarning pozitsiyalarini hisobga olgan holda kliring bo`limlari ro`yxati, (savdo
bo'limlari ierarxiyasi fyuchers bozorida ishlaydigan ierarxiyani takrorlaydi: hisob-
kitob markazi bo'limi > sub-broker darajasi bo'limi > mijoz bo'limi);
4.
Savdo ma'lumotlari (har bir bo'limdagi ochiq pozitsiyalar soni va har bir instrument
bo`yicha faol buyurtmalar soni, shuningdek ularning narxlari).
Shuningdek, modul bilan o'zaro ishlashning barcha protseduralarini ham bir necha turga
bo'lish mumkin;
-Modulni ishga tushirish tartibi;
331
-Fyuchers bozorida sotiladigan instrumentlar bo'yicha risklarni baholash uchun birja
parametrlarini olish tartibi;
-Modulda saqlanadigan ma'lumotlar bilan ishlash tartiblari (qo'shish,
yangilash yoki
foydalanish);
-Har bir sub-broker-mijoz darajasida garovlar hajmini hisoblash tartiblari;
Barcha yuqorida ko'rib chiqilgan dasturiy ta'minot tizimlari Moskva birjasi faoliyatga
ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari, ushbu dasturiy yechimlar kompaniyalarga fond
birjalari rivojlanishining oldingi bosqichlarda imkonsiz bo'lgan dunyoning turli
burchaklaridan faoliyat yuritish imkonini beradi. Raqamli texnologiyalarning eng muhim
afzalliklari ko'proq fuqarolar uchun moliyaviy xizmatlar bozoriga imkoniyatlar ochishida
namoyon bo`ladi. Biroq, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda, tartibga soluvchi va
nazorat organlari faoliyatida keng samara beradi. Ushbu texnologiyalar yordamida qimmatli
qog`ozlar bozorini tartibga solish bo`yicha amalga oshiriladigan harakatlar aniq belgilangan
holda, turli xil rsiklarni samarali kamaytirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: