205
BANK RISKLARINI BAHOLASH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Sh.Abdullaeva
–
Toshkent moliya instituti I.f.d.,prof.,
S.Abdullaev
-
Toshkent moliya instituti
Bank nobank tashkilotlari amaliyotida muhim yo’nalishlardan biri –
bu bank risklarini
baholashdir.
Uni to‘g‘ri baholash, uni o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish bo‘yicha tegishli choralar
ishlab chiqish juda muhim hisoblanadi. Respublikamizda islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
iqtisodiyotni modernizatsiya
qilish sharoitida xususan,bugungi kunda bank tizimi kapitalining
etarlilik darajasini oshirish, respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini
oshirish hamda yuqori xalqaro re
yting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlariga
muvofiq, banklarda risk-boshqaruv tizimini takomillashtirish borasida qator ustuvor
yo‘nalishlar, xususan, tijorat banklarining korporativ boshqaruvi tarkibida bank Kengashiga
bevosita bo‘ysunuvchi “Risklarni nazorat qilish” qo‘mitasining majburiy tarzda joriy qili
nishi,
tijorat banklari kapitali tarkibida ularning inqiroz holatlari ta’siriga barqarorligini ta’minlaydigan
barqarorlashtirish
zaxiralarini
yaratish,
kapital
etarliliga
qo‘yiladigan
ta
lablarni
takomillashtirish, ehtimoliy zararlarni qoplashga zaxiralarni shakllantirishni ko‘zda tutgan.Bazel
qo‘mitasining yangi takliflarini bank nazorati tizimiga joriy qilish belgilan
ganligi bu sohada ijobiy
natijalar bermoqda.
Mamlakatimiz banklari faoliyatini jahon talablariga moslashtirish
har bir bankdan samarali
boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqishni, xususan, risk boshqaruvini takomillashtirish
choralarini ko‘rishni taqozo etadi.Ta’kidlash lozimki, jahon moliyaviy inqirozi xalqaro bank
amaliyotida risklarni boshqarish tizimida jiddiy nuqsonlar borligini, ushbu tizimni isloh qilish
zaruruyatini ko‘rsatib berdi. Bunday sharoitda bank faoliyati bilan bog‘liq risklarni boshqarishni
samarali
tashkil etish, risklarni tartibga solishning me’yoriy talablarini Bazel nazorati bo‘yicha
Bazel qo‘mitasining zamonaviy tamoyillari asosida qayta ko‘rib chiqish, ichki reyting tizimini
shakllantirish bo‘yicha zaruriy shart
-sharoitlarni yaratish bank ishining ustuvor
yo‘nalishlaridan hisoblanadi. SHu bois ,
bank xodimi bank risklarining kelib chiqish sabablari,
bank risklarini boshqarish, ularni to‘g‘ri baholay olish, bank risklarini boshqarishning tashkiliy
asoslarini,
bundan tashqari,hozirgi zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarida
risk
boshqaruvinini takomillashtirishga qaratilgan xalqaro amaliyoti bo‘yicha nazariy va amaliy
bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.Risk darajasi
muayyan faoliyatda maqsad nimaga
yo‘naltirilganiga qarab zararlar bo‘lishini yoki xo‘jalik subyektining faoliyat natijasi ma’lum bir
yo‘qotishlar bilan tugashi yoki yuqori daromad olishi mumkinligini ifodalaydi.
Ana shu risk
darajasi va u bilan bog‘liq yo‘qotishlar ehtimolini aniqlashning bir necha usullari mavjud:
-
ekspert (subyektiv) baholash usuli;
-
statistik usul;
-
tahliliy (kompleks) usul.
Ekspert baholash usuli riskni tahlil qiluvchi iqtisodchi (ekspert)ning malaka darajasiga
asoslanadi. Bunda bankning faoliyatida o‘tkazilgan barcha operatsiyalar bo‘yicha mavjud
ma’lumotlar
tahlil qilinib, imkoni boricha ko‘proq yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan
operatsiyalar tahlilga jalb qilinadi. Shu jarayonda bankning o‘zidagi, shuningdek, bo‘lish ehtimoli
bo‘lgan yo‘qotishlar va ularning davr oralig‘i aniqlanadi:
𝑌 =
𝑌𝐻
𝑁
206
Bu yerda: Y
–
yo‘qotishlar dar
ajasi (koeffitsiyentda);
YH
–
yo‘qotishlarga olib keluvchi holatlar soni;
N
–
tahlilga jalb qilingan holatlarning umumiy soni.
Formuladagi N bankning faqat yo‘qotish, zararlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan
operatsiyalarning sonini emas, balki barcha operatsiyalarni, jumladan, foyda keltiruvchi
operatsiyalarni ham o‘z ichiga oladi. Yo‘qotish darajasi 0 < Y < 1 oralig‘ida bo‘ladi. «Y» qancha «0»
ga yaqin bo‘lsa, risk darajasi shuncha kichik bo‘ladi. Agar «Y» qanchalik «1» soniga yaqin bo‘lsa,
risk darajasi sh
unchalik yuqori bo‘ladi.
Statistik usul
ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar
ehtimolini variatsiya koeffitsiyenti (V) ni hisoblash yordamida aniqlanadi:
𝑉 =
𝜎 ∙ 100
𝑥̅
Bu yerda:
ya’ni o‘rtacha kvadratik farqlanish;
x
–
kuzatishga jalb qilingan operatsiyalar va ulardan kutilayotgan natija;
–
barcha operatsiyalarda kutilayotgan o‘rtacha natija;
n
–
operatsiyalar soni.
Bu koeffitsiyent ham 0 dan 1 gacha o‘zgarishda bo‘ladi va u qanchalik yuqori bo‘lsa,
farqlanish yoki risk darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Bun
da 0,10 gacha
–
kam (sezilarli
bo‘lmagan farqlanish); 0,10
-0,25
–
me’yorida yoki sezilarli farqlanish; 0,25 va undan yuqori –
katta farqlanish.Variatsiya koeffitsiyentining darajasi bank tomonidan amalga oshiradigan
operatsiyalar bo‘yicha
risk darajasining
past yoki yuqori bo‘lishiga bog‘liq. Ya’ni bankning
operatsiyalari bo‘yicha risk darajasi variatsiya koeffitsiyentiga to‘g‘ri proporsionaldir. Shu sababli
bank o‘z faoliyatida riskni kamaytirish va bank likvidligini oshirish uchun o‘z mablag‘larini
farqla
nishi eng kam bo‘lgan operatsiyalar (variant)ga qo‘yishga harakat qilishi kerak.Tahliliy
-
kompleks usuli
o‘yinlar nazariyasini qo‘llashga asoslanadi. U bankning nafaqat o‘z harakatlarini,
shuningdek, atrofidagi kontragentlarning ham amalga oshirishi mumkin
bo‘lgan barcha muqobil
harakatlarini ko‘rib chiqishni taqozo etadi. O‘yinlar nazariyasi unsurlaridan foydalangan holda
vazifalarni hal qilish jarayoni juda ulkan va murakkab bo‘lib, juda ko‘p vaqt sarflashni talab etadi.
Bank bo‘yicha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan risk darajasi yoki ko‘rsatkichi (Kr) quyidagicha
hisoblanadi:
𝐾𝑟 =
𝐾𝑜
′
𝑟𝑖𝑙𝑔𝑎𝑛 𝑚𝑎𝑘𝑠𝑖𝑚𝑎𝑙 𝑧𝑎𝑟𝑎𝑟
𝑜
′
𝑧 𝑚𝑎𝑏𝑙𝑎𝑔′𝑙𝑎𝑟
yoki,
Bu yerda:
Kr
–
bank bo‘yicha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan risk darajasi;
Z
–
shu
bankning barcha operatsiyalar bo‘yicha ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararlar
yig‘indisi;
QM
–
bankning o‘z mablag‘lari;
E
–
bank tashqi risklarining me’yoriy koeffitsiyenti.
Xalqaro amaliyotda tashqi risklarni tahlil qilishning ikki bosqichli tizimi mavjud. Birinchi
bosqichda mamlakatdagi umumiy iqtisodiy vaziyat tahlil qilinadi,
ikkinchi bosqichda
mamlakatdagi riskning umumiy darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida hisoblab chiqiladi.
Bular:
207
-
yalpi milliy mahsulotning o‘sish sur’atlari va jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM va uning
o‘sish sur’atlari;
-inflatsiya darajasi va ishsizlik darajasi;
-davlat budjetining taqchilligi va investitsiyalarning samaradorligi;
-
iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va savdo va to‘lov balanslari? siyosiy xatar daraja
si va
boshqalar. Banklarimiz faoliyatida risklarni baholash borasida mavjud bo’lgan usullsrdan
mahalliy banklarimiz amaliyotida qo’llanilishiga e’tibor qaratish lozim. Shunday usullardan biri
VaR ususli bo’lib u Risk qiymati (VaR)
- investitsiya xavfini hisoblaydigan moliyaviy ko'rsatkich.
Aniqrog'i, VaR - bu ma'lum bir vaqt ichida investitsiya portfelida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan
zarar miqdorini o'lchash uchun ishlatiladigan statistik usul. Risk qiymati berilgan portfelda
berilgan miqdordan ko'proq yo'qotish ehtimolini beradi
133
. Mazkur usulning qo’llanilishi riskni
baholfsh, undan keladigan yo’qotishlarni chamalash va oldini olish imkonini kengaytiradi.
Shuningdek, mamlakatimiz banklaridagi risklarni tahlil qilganda jahondagi ko‘pgina etakchi
mamlakatl
arda qo’llaniladigan usullar va uning statistika xizmatlari tomonidan maxsus e’lon
qilgan ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha ekspert baholari va reytinglaridan ham foydalanilsa
maqsadga muvofiq bo’lar deb o’ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: