Olingan natijalar va umumiy xulosalar
Ushbu dissertatsiyani bajarish natijasida quyidagi umumiy xulosalarga
kelindi:
1. Hozirgi kunda yo‘l poyini qurish sifatini nazorat qilishda sinovlar soni
bo‘ylama va ko‘ndalang kesimda me’yoriy hujjatlarda belgilab qo‘yilgan.
Umumiy sifatni yaxshilash maqsadida mavjud qurilmalar va uslublar bilan
sinovlar sonini bo‘ylama va ko‘ndalang kesimda oshirish ko‘p mehnat va vaqtni
talab etadi. Shu sababdan sifatni tezkor baholovchi qurilmalar va usullarga talab
oshmoqda.
2. “Terratest 5000 Blu Light Weight Deflectometer” qurilmasi yordamida
yo‘l poyining zichlanganlik darajasini aniqlash va qurilish sifatiga baho berish
uslubidan foydalanish yuqorida keltirilgan “Lunka” va “DorNII” urgichi
usullarida nisbatan tezkorligi va aniqligi yuqori ekanligi tufayli ushbu uslubdan
foydalanishning samaradorligi yuqoridir. Shu sabab “Terratest 5000 Blu Light
Weight Deflectometer” qurilmasidan avtomobil yo‘llarining yo‘l poyini
qurishda sifatni baholashda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
3. Gruntning zichlanganlik darajasini uning elastiklik moduli orqali
aniqlashda grunt namligi ta’sirini hisobga olish olingan natijalarning
ishonchliligini va aniqligini oshiradi. Shu sabab yuqorida o‘tkazilgan sinovlarni
turli gruntlarda va turli xil namlikdagi sharoitlarda o‘tkazish, hamda turli
grutlarda namlikni inobatga olgan holda gruntning elastiklik moduli orqali uning
zichlanganlik darajasini aniqlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish zarur.
4. Yuqorida qurilish obyektida o‘tkazilgan sinov natijalarini asosida
qurilmalar Terratest 5000 BLU va PDU MG-4 Udar qurilmalari natijalari
o‘rtasidagi regression bog’liqlik tenglamasi (R2=0.71), gruntning (supes)
zichlanganlik koeffitsienti va elastiklik moduli o‘rtasidagi regression bog’liqlik
tenglamasi (R2=0.54), gruntning zichlanganlik koeffitsienti, elastikli moduli va
namligi o‘rtasidagi regression bog’liqlik tenglamasi (R2=0.77) aniqlandi.
Barcha aniqlangan bog’liqliklar gruntning namligi optimal qiymatdan kichik
bo‘lgan holatda aniqlandi.
Magistrlik_Dissertatsiyasi_Soataliyev R.R.
67
5. Yo‘l poyini qurishda sifat nazoratini nafaqat zichlash ishlari
tugatilganidan so‘ng amalga oshirib qolmasdan zichlashtirish texnologiyasiga
amal qilinishini ham qat’iy belgilab qo‘yish zarur. Bu nafaqat zichlanganlik
darajasini ta’minlashga o‘z ta’sirini ko‘rsatibgina qolmasdan qurilish ishlarini
bajarayotgan pudrat tashkilotiga sezilarli darajada iqtisodiy samara keltiradi.
6. Respublikamizda avtomobil yo‘llari qurilishida yo‘l poyini zichlashda
qo‘llaniladigan mashina mexanizmlar parki yangi, zamonaviy, qulay bo‘lgan
mashina-mexanizmlar bilan boyib bormoqda. Shundan ekan ulardan to‘g’ri
foydalanib ularning imkoniyatlarida to‘liq foydalangan holda “Aqlli zichlash”
kabi uslublarning nazariy asoslarini o‘rganish va amaliyotga bosqichma bosqich
tadbiq etish zarur.
7. Terratest 5000 Blu qurilmasi yordamida 100 ta nuqtada zichlanganlik
darajasini baholash Kesuvchi xalqa uslubiga nisbatan 4010030 so‘m, DorNII
urgichi uslubiga nisbatan 2339180 so‘m, progibomer yordamida zichlanganlikni
baholash uslubiga nisbatan 1002510 so‘m, xajm almashtirish uslubiga nisbatan
7351720 so‘m iqtisodiy samaradorlikni tashkil qiladi.
8. Sinovlar 100 ta nuqtada PDU MG-4 qurilmasida bajarilganda esa
iqtisodiy samaradorlik kesuvchi xalqa uslubiga nisbatan 2840390 so‘m, DorNII
urgichi uslubiga nisbatan 1169540 so‘m, xajm almashtirish uslubiga nisbatan
6182080 so‘mni tashkil qiladi.
Magistrlik_Dissertatsiyasi_Soataliyev R.R.
68
Do'stlaringiz bilan baham: |