Reviewers:
F.Z. Khalimov -
SamSU, Department of
Zoology, Associate Professor, Candidate of
Biological Sciences,
B. Faizullaev
- SamSU, Department of Ecology
and Life Safety, Associate Professor, Candidate
of Biological Sciences.
ISBN 978-9943-6273-4-5
© Publishing “Samarkand state institute of foreign languages”, 2021
5
KIRISH
Aholini o‘sib borayotgan extiyojini ekologik toza va to‘la
qimmatli qishloq xo‘jaligi maxsulotlari bilan ta’minlashda ekinlarda
uchraydigan turli fitopotolik kasalliklarni kelib chiqish sabablari,
tarqalishi, o‘simlik va inson xayotiga hamda tevarak atrofga ta’sirini
o‘rganish hozirgi kunnig eng dolzarb muammolaridan biridir.
Shu uchun o‘simliklarni har xil zamburug‘lar keltirib
chiqaradigan kasalliklardan himoya qilish muhim o‘rin tutadi.
Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligi mutaxasislari har bir fermer ekinlarni
tuproqqa ekishdan boshlab to hosilni yig‘ishtirib olgunga qadar
fitopotologik kasalliklarni yuqtirib olish xavfini bilgan xolda hushyor
bo‘lmog‘i zarur. Tarqalgan yoki tarqalish xavfi bor bo‘lgan
kasaliklarga nisbatan kimyoviy vositalardan betartib foydalanishga
yo‘l qo‘ymaslik, balki kasallikdan oldin profilaktika ishlarini olib
borish soha mutaxassislaridan kuchli bilim talab etadi. Ushbu
qo‘llanma o‘simliklarda uchraydigan kasallik belgilarini to‘liq
o‘rgangan xolda kasallikka erta tashxis qo‘yish va uni oldini olish
choralarini qo‘llashga yordam beradi. Buning uchun mutaxassis
kasallikni
yuzaga
keltiruvchi
organizmning
fiziologiyasi,
bioekologiyasi, morfologik tuzilishi, ko‘payish usullarini mukammal
bilmog‘i zarur. Kasallik tarqalganda qo‘llaniladigan preparatning
kimyoviy tarkibini, sarflanish meyorini, ta’sir etish davrini aniq
belgilash kasallikni bartarf etishda katta yordam beradi. Bu esa soha
mutaxassisidan chuqur bilim, malaka va ko‘nikmalarni talab etadi.
Mazkur qo‘llanma soha mutahasislariga malaka va ko‘nikmalarga
ega bo‘lishida yordam beradi.
Fitopotologiya – o‘simlik kasalliklari va ularga qarshi
kurashish tadbirlarini o‘rgatuvchi fan bo‘lib yunon tilida phyton–
o‘simlik, pathos–kasallik, logos–ta’limot degan so‘zlardan olingan
bo‘lib – o‘simlik kasalliklari to‘g‘risida ta’limot degan ma’noni
anglatadi. Fitopatologiya fani kasallangan o‘simlikni har tomonlama
o‘rganib, patologik jarayon natijasida unda vujudga keladigan tashqi
va ichki belgilarni, kasallikning kelib chiqish sabablarini,
tarqalishini, ekologik holatga bog‘liq ravishda namoyon bo‘lishini,
kasallikning keltiradigan iqtisodiy zararini, kasallikka o‘simlikning
6
immunitet xususiyatlarini, kasallikning kelib chiqishini oldindan
aniqlash va unga qarshi kurash choralarini belgilab, kasallangan
o‘simliklarni sog‘lomlashtirish yo‘llarini o‘rgatish asosida ulardan
mo‘l hosil olishni o‘rgatadi.
Ushbu qo‘llanmada o‘simliklarda uchraydigan fitopotologik
kasalliklarni belgilari, qo‘zg‘atuvchilari, kasallikni oldini olish va
qarshi kurash, kasallik belgilarini laboratoriyada o‘rganish yoritilgan.
Qo‘llanma
“Fitopotologiya”
fani
yuzasidan
tuzilgan
namunaviy dastur asosida yozilgan bo‘lib, u oliy va o‘rta maxsus
bilim yurti talabalari, o‘qituvchilari, qishloq xo‘jaligi sohasida
ishlovchi mutaxasislar uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmadan keng
kitobxonlar ommasi ham foydalanishi mumkin.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |