SITRUS EKINLARINING FITOFTOROZ
KASALLIGI
Sitrus ekinlarining fitoftoroz kasalligini oomiset zamburug‘lar
Phytophthora parasitica
va
P. citrophthora
qo‘zg‘atadi. Bu kasallik
sernam iqlimli mintaqalarda tez-tez uchraydi. Tojikistonda
isitilmaydigan polietilen pardali limonariylarda va transheyalarda
kasallik juda zararli ekanligi xabar qilingan. O‘zbekistonda qayd
etilmagan, ammo transheyalarda uchrashi va sitrus daraxtlarida
gommoz kasalligi paydo bo‘lishida qatnashishi gumon qilinadi.
Kasallik belgilari va rivojlanishi
. Daraxtlarning nihollari,
barglari, mevalari, novdalarining uchlari, poyasi va ildizlari
zararlanadi. Fitoftorozning eng jiddiy shakli – daraxt poyasining
pastki va boshqa qismlari chirishi va ulardan ko‘p yelim oqishidir.
Qo‘zg‘atuvchi kambiy to‘qimalariga har xil jarohatlar orqali kiradi,
ularni zararlaydi va yaralar paydo qiladi.
Chidamli payvandtagda o‘stirilgan daraxtlarda zararlanish
payvand joyidan pastga o‘tmaydi, chidamsiz navlarda esa,
qo‘zg‘atuvchi uchun qulay ob-havo sharoitida pastga tarqalib,
ildizlarini ham chiritadi. Zamburug‘lar hosil qiladigan yelim suvda
eriydi, shu sababdan kuchli yomg‘irlardan keyin daraxt yelimdan
tozalanadi.
172
133-rasm
134-rasm
173
Ko‘chatxonalarda yosh nihollarning ildiz bo‘g‘zi chirishi eng
ko‘p uchraydi, ammo unayotgan urug‘ va hali tuproq ustiga
chiqmagan o‘simliklar ham chirishi va nobud bo‘lishi mumkin.
Nihollar siyrak bo‘lib qoladi.
Barglarning ustki tomonida, asosiy tomiri bo‘ylab, uchki
qismiga yaqin joylarida, dumaloq, to‘q-qo‘ng‘ir, alohida joylashgan
dog‘lar paydo bo‘ladi. Ular tez o‘sadi va butun bargni qoplab olishi
mumkin. Barglarning ostki tomonida oqish g‘ubor rivojlanadi.
Mevalarda zich, qo‘ng‘ir tusli chirigan joylar paydo bo‘ladi,
ular astasekin o‘sadi va mevani qoplab oladi. Yuqori namlikda
zararlangan meva ustida oq, mayin g‘ubor rivojlanadi. Mevalar
suvda pishganga o‘xshab qoladi va badbo‘y hid chiqaradi.
Zararlangan novda uchlarida va nihollar poyalarida och-
qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘ladi, ular atrofiga qarab tez o‘sadi va
zararlangan qismlarni o‘rab oladi. Ko‘pincha zararlangan joylarning
qobiqlari nobud bo‘ladi va chatnab ketadi. Chatnagan joylardan och-
sariq, keyin to‘q-qizil tus oluvchi yelim oqadi. Zararlangan novdalar
va nihollarning poyalari ko‘pincha nobud bo‘ladi. Kasallikning katta
daraxtlar poyalaridagi belgilari gommoz belgilari bilan bir xil.
Qo‘zg‘atuvchilarning zoosporangiylari yomg‘ir va shamol
vositasida oson tarqaladi. Ular tomchi namlik (yomg‘ir, shabnam)
mavjudligida o‘sganida 2 ta xivchinli zoosporalar hosil qiladi, tomchi
namlik bo‘lmaganida konidiyalarga o‘xshab o‘sadi. Ular o‘sganida
murtak gifa paydo qiladi va u o‘simlik to‘qimasiga kirib, zararlaydi.
P. citrophthora
ning miseliysi o‘sishi uchun kardinal haroratlar 5 va
32
o
S, optimum 24-28
o
S,
P. parasitica
uchun optimum 30-32
o
S.
Qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar zararlangan o‘simlik qoldiqlarida
miseliy va sporangiylari, tuproqda oospora va xlamidosporalari
vositasida qishlaydi.
174
Do'stlaringiz bilan baham: |