Mashg‘ulot mazmuni:
Sitrus ekinlarining gommoz
kasalligi ekinlarining parazitar va noparazitar gommozlarini
ajratishadi. Qanday gommoz uchrashidan qat’iy nazar, zararlangan
daraxtlarda fiziologik jarayonlar buziladi va daraxtdan shilimshiq
modda (yelim) oqishi kuzatiladi. Yelim hosil bo‘lishining sababi –
daraxtlarning mexanik jarohat olgan joylarida yarim parazit
bakteriyalar o‘rnashib, ular daraxt hujayralarini qichitishi
hisoblanadi.
Parazitar gommoz kasalligini bir qancha mikroorganizmlar,
jumladan
Phytophthora citrophthora,
Phomopsis citri
,
Botrytis
cinerea
va
Sclerotinia sclerotiorum
zamburug‘lari qo‘zg‘atishi
gumon qilinadi.
169
131-rasm.
Noparazitar
gommoz
daraxtlarni
chuqur
o‘tkazish,
tuproqning ortiqcha namligi, azot o‘g‘itlarini keragidan ortiq solish,
ildizni sovuq urishi, poyani oftob kuydirishi, daraxt mexanik
jarohatlanishi, zich va og‘ir tuproqlarda ildiz nafas ola olmasligi va
boshqa faktorlar ta’sirida rivojlanadi.
Kasallik belgilari va rivojlanishi
. Zararlangan daraxtlar
poyasining qobiqlarida shishlar paydo bo‘ladi, ulardan shaffof,
tillarang-sariq yoki qo‘ng‘ir tusli, cho‘ziluvchan va havoda tez
qotuvchi suyuqlik – yelim oqadi. Ba’zan zararlangan poyalardan
yelim oqmaydi, faqat poya qobig‘i nobud bo‘lishi, uning ba’zi
qismlari chatnashi va ko‘chishi natijasida yaralar hosil bo‘ladi.
Odatda gommoz daraxt poyasining pastki qismida (ildiz bo‘g‘zida)
paydo bo‘ladi, keyin poyaning yuqori qismiga, skelet shoxlariga
hamda pastga, ildizlarga tarqaladi. Kuchli zararlangan daraxtlarning
barglari sarg‘ayadi, asta-sekin quriydi va to‘kiladi. Zararlangan
qobiq quriydi va ko‘chib ketadi, daraxtning yog‘och qismi ochilib
qoladi. Zararlangan ildizlar nobud bo‘ladi. Gommozning zarari
kasal daraxtlar mevalarining sifati pasayishi hamda zararlangan
daraxtlar tez nobud bo‘lishi bilan ifodalanadi.
170
Kurash choralari
. Agrotexnika qoidalariga qat’iy rioya
qilish, nihollarni to‘g‘ri parvarishlash, ildiz bo‘g‘zi tuproq bilan
ko‘milib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, tuproqni muntazam yumshatib
turish, tuproq namligi keragidan ortiq bo‘lmasligini ta’minlash,
transheyalarni muntazam shamollatib turish, profilaktika maqsadida,
kuzda transheyalar ustini yopishdan oldin va bahorda usti
ochilganidan keyin daraxtlarga 1%-li Bordo suyuqligi purkash
tavsiya qilinadi.
132-rasm.
Kasallikning oldi olinmasa, gommoz o‘simliklarni nobud
qilishi mumkin. Zararlangan o‘simliklarni quyidagi usul yordamida
davolash mumkin. Daraxt po‘stlog‘ining zararlangan qismi bog‘
pichog‘i
yordamida
ehtiyotkorlik
bilan
(yog‘och
qismiga
yetkazmasdan) tozalanadi, o‘sha joy mis sulfatning 3%-li eritmasi
bilan yuviladi, 2-3 kun so‘ngra tarkibida 1 qism mis sulfat, 2 qism
so‘ndirilmagan ohak (yoki 4 qism so‘ndirilgan ohak) va 12 qism suv
bo‘lgan pasta surtiladi. Gommoz aniqlanishi bilan ushbu usul bir
necha marta qo‘llanilsa, yaralar bitadi va daraxtlar hech qanday
jiddiy asoratsiz sog‘ayadi. Agar daraxtning ildizi va tanasi gommoz
bilan kuchli zararlangan bo‘lsa, bunday tupni ildizi bilan kavlab
171
olib, yo‘qotish, daraxt o‘rnini 1%-li formalin eritmasi bilan
zararsizlantirish lozim.
Sitrus ekinlari issiqxona yoki transheyalarda qalamchalardan
oson
ko‘paytiriladi.
Qalamchalar
geteroauksinnig
0,01%-li
eritmasiga 18-20 soat davomida solib qo‘yiladi. Bu vaqt orasida
stellajlarda substrat tayyorlanadi. Substrat 5 sm qalinlikdagi shag‘al,
uning ustida 7-8 sm qalinlikda chim tuproq, yaxshi chirigan go‘ng
va qumning 1:1:1 nisbatdagi aralashmasi, aralashma ustida yana 5
sm
qalinlikdagi
toza
va
yirik
qumdan
iborat
bo‘ladi.
Qalamchalardan unayotgan ko‘chatlarning ildizlari va ildiz
bo‘g‘zini tuproqdagi patogen zamburug‘lar va bakteriyalardan
himoya qilish uchun ekishdan 2 hafta oldin substrat ustiga
formalinning 1%-li eritmasi (10 l/m
2
) yoki mis sulfatning 1%-li
eritmasi (5 l/m
2
) purkaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |