Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/444
Sana05.04.2023
Hajmi7,28 Mb.
#925309
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   444
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya (1)

Sovun-glitserinli asos.
X DF da keltirilishicha, bu asos tarkibi quyidagicha:
Natriy karbonat — 2,6
Stearin kislota — 5,0
Glitserin — 60,0
Ko’rsatilgan bu tarkib 20 dona sovun-glitserinli shamcha tayyorlash uchundir, ularni 
glitserinli shamchalar deb ataladi.
Rp.: Suppositoriae Glycerini № 20
M.D.S. Yotishdan oldin 1 shamchadan to’g’ri ichakka.
Glitserinli shamchalarni tayyorlash uchun avval kumli hammomda 60 g glitserinni chinni 
kosachaga solib qizdiriladi va unda 2,6 g kristallik natriy karbonat eritiladi, so’ng 5 g stearin 
kislotasi oz-ozdan qo’shib boriladi. Stearin kislotasini birdaniga qo’shib bo’lmaydi, aks holda 
hosil bo’layotgan karbonat angidrid gazi pufakchalari qorishmani ko’pirtirib yuborishi mumkin. 
Qizdirish jarayonida kislota va ishqor o’zaro reaksiyaga kirishib natriy sovuni hosil bo’ladi. 
Qorishmaning tiniq holatga kelishi va gaz pufakchalarini yuqolishi sovun-glitserinli asos tayyor 
bo’lganini bildiradi. Tayyor asosni oldindan vazelin moyi surtib quyilgan qoliplarga quyiladi va 
sovitiladi hamda yuqoridagi kabi jihozlanadi. Bu shamchalarga boshqa dori modda qo’shilmagan 
holda yengil surgi sifatida ishlatiladi.
Shamchalarning sifatini baholash.
Shamchalar sifatiga baho berishda barcha dori turlaridagi kabi avval tegishli hujjatlar 
(dorixat, pasport) tekshiriladi. So’ngra shamchalarning rangi, hidi, yot zarrachalardan holiligi, 
qanday joylanganligi, qanday idishda va qanaqa yorliqlar bilan jihozlanganligi ko’riladi. Asosiy 
e’tibor qaratilishi kerak bo’lgan sifat ko’rsatkichlari quyidagilardir:
1. Dozalashdagi aniqligi va shakli. Bu ko’rsatkichlar xuddi dorixatda ko’rsatilgandek 
bo’lishi kerak.


2. Bir xil aralashganligi - shamchani ko’ndalangiga qirqib ko’rilganda uning yuzasi bir xil 
ko’rinishda bo’lishi, yig’ilib qolgan kakao moyi yoki dori modda ko’zga tashlanmasligi kerak.
3. Shamchalar yetarli darajada qattiqlikka ega bo’lishi kerak.
4. Tayyor shamcha kesimida havo bo’shliqlari uchramasligi kerak.
5. O’rtacha og’irlik 20 ta shamchani 0,01g gacha aniqlikda tortib topiladi. O’rtacha 
og’irlikdagi chetlanish 

5% gacha bo’lishi mumkin. Ko’pi bilan 2 ta shamcha uchun 

7,5% (XI 
DF) yo’l qo’yiladi.
6. Moyli asosda tayyorlangan shamchalar uchun erish harorati XI DF da berilgan usul 
bo’yicha aniqlanadi (DF XI, 2 bob, 151 bet “Shamchalar” maqolasi).
7. Moyli asosda tayyorlangan shamchalar uchun to’liq ezilish (deformatsiyalanish) vaqti XI 
DFda berilgan usul bo’yicha aniqlanadi. (DF XI, 2 bob, 151 bet “Shamchalar” maqolasi).
8. Suvda eruvchan asoslarda tayyorlangan shamchalar uchun erish vaqti aniqlanadi, bu vaqt 
60 daqiqadan oshmasligi kerak.
9. Agar Davlat farmakopeyasida biror modda bilan tayyorlangan shamcha uchun xususiy 
maqola berilgan bo’lsa, u holda tekshirilayotgan shamcha shu maqoladagi talablarga to’liq javob 
berishi kerak.

Download 7,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish