5-MAVZU. MARKETING DASTURI
1.
Marketing dasturi haqida tushuncha.
2.
Maqsadli dastur yondoshishi – marketing dasturining uslubiy asosidir.
3.
Marketing dasturini ishlab chiqish ketma-ketligi va asosiy bo’limlari.
5.1. Marketing dasturi haqida tushuncha
Tor ma’noda marketing dasturi (biznes reja) hujjat bo’lib, korxonaning bozorda
aniq faoliyat ko’rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi kengroq ma’noda
esa korxona imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yo’naltirilgan tahlil,
rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa
muddatli(bir yilgacha), o’rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (10 yilgacha va
undan ko’proq) bo’ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus
faoliyatlariga mo’ljallangan bo’lishi mumkin.
Marketing dasturi bu korxonani umumxo’jalik faoliyatini direktiv rejasini
tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish bo’g’ini uchun qaror
qabul qilishni asosidir. Marketing dasturini asosiy mazmuni - bu korxonani o’tgan
davrdagi faoliyat natijalari bo’lib, unda maqsadli bozorni rivojlanishini qisqa tahlili
va bashorati, firmani rivojlanishini asosiy maqsadi, bozordagi xulq-atvorini strategik
yo’li, tovar, narx, sotish va rag’batlantirish siyosatlarining
chora-tadbirlarini,
marketing tadqiqotlarini mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing harakatlari
samaradorligini
oldindan baholash, marketing dasturini amalga oshirish bo’yicha
nazorat chora-tadbirlari va harakatlari beriladi.
Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmani o’z imkoniyatlarini
baholash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega bo’lsada, kompaniyani
strategik rejalashtirishda zarur bosqich sifatida ko’riladi. Firmalar faoliyatining
zamonaviy sharoitda marketing dasturi kompaniyani yuqori boshqaruv bo’g’ini
(joriy rejalashtirish,
direktiv rejalar, strategik dasturlar, strategiyani tanlash)
darajasida asoslanib boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir. Marketing
dasturini strategik yo’nalishi bozordagi mavqesidan va korxonani o’z holatini
bog’ligiga qarab o’z ichiga turli variantlarni oladi.
Strategiyalar
diversifikatsiyasi, tadbirkorlik faoliyatini segmentatsiyalash, hujum
va ximoya strategiyalari bo’lishi mumkin. Muddatiga qarab marketing dasturlari
qisqa, o’rta va uzoq muddatli turlarga bo’linadi. Ayrim firmalar esa ikki yoqlama
dastur
tuzadilar, ya’ni uzoq muddatli va qisqa muddatli dasturlar.
Qamrab olayoigan vazifasiga qarab oddiy yoki maqsadli dasturlarga bo’linadi.
Oddiy marketing dasturlari firmani ishlab chiqarish, sotish faoliyati bilan barcha
funktsiyalarni savollarini yechishga yo’naltiriladi. Maqsadli dasturda esa yangi
mahsulot ishlab chiqarish yoki segmentni o’zlashtirish, firma siyosatini
rag’batlantirish samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishga
qaratiladi.
Ob’ektiga bog’ligiga qarab marketing dasturlari mahsulotlar bo’yicha va ishlab
chiqarish bo’limi bo’yicha bo’lishi mumkin.
Ishlab chiqarish bo’limi bo’yicha marketing dasturi quyidagi maqsadga ega:
tovarlar siyosatini hisobga olgan holda chiqarilayotgan
mahsulotni zaruriy
nomenklaturasini aniqlash;
innovatsiya bo’yicha qarorni asoslash;
chiqarilayotgan mahsulot sifati va texnik darajasini oshirish bo’yicha qaror qabul
qilish;
tovar ishlab chiqarish tuzilishida har bir mahsulot ulushini o’rnatish;
ishlab chiqarishni ustivor yo’nalishlari bo’yicha xarajatlarni umumiy hajmi va
ularni tuzilishini hisoblash;
moliyalashtirish manbalarini topish;
ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlash;
ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini hisoblash;
ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va foydani bashorat qilish.
Ishlab chiqarish bo’limi bo’yicha marketing dasturi firmaning to’liq ichki
rejalashtirish va ishlab chiqarish rejasini hisobga
oluvchi optimallashtirilgan
ko’rsatkichlarni o’z ichiga olishi lozim. SHunday qilib, ishlab chiqarish bo’yicha
marketing dasturi ishlab chiqarish bo’limining xo’jalik faoliyatini jami
ko’rsatkichlari to’plamini tahlili asosida ishlab chiqilgan asosiy hujjat hisoblanadi.
Mahsulot bo’yicha marketing quyidagi maqsadlarga ega:
mahsulotni optimal texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini ishlab chiqish;
mahsulotni ishlab chiqish va sotish samaradorligini ko’p variantli hisob-kitobini
o’tkazish;
yangi (takomillashgan) tovar ishlab chiqarish rentabelligini va zarurligini
asoslash;
chiqarilayotgan mahsulot hajmini natural va qiymat birligida belgilash;
iste’molchilarni maqsadli bozorda ko’zlagan maqsadlarini hisobga olgan holda
har bir tovar bo’yicha sifat ko’rsatkichlarini o’rnatish;
har bir mahsulotni integral baholash (xarajatlari, narx va foydani solishtirish);
maqsadli bozorda raqiblarning mavjud o’xshash tovarlarini hisobga olgan holda
har bir tovar bo’yicha raqobatbardoshlik darajasini hisoblash.