ISH VAQTIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI
10. Teshik yo'nib kengaytiruvchi tokar ish vaqtida quyidagilarga majbur:
10.1. "Stanok bo'yicha qo'llanma " da stanokka xizmat ko'rsatish va qarovi bo'yicha
keltirilgan ko'rsatmalarni, shuningdek stanokda mavjud bo'lgan ogohlantiruvchi
jadvallar talablarini bajarish;
10.2. detal va kesish asboblarini stanok to'liq to'xtatilganidan so'ng o'rnatish va
yechib olish;
10.3. kalitni chiqib ketishidan ehtiyot bo'lish, uni gaykaga to'g'ri qo'yish va u bilan
gaykani siltamasdan tortish;
10.4. ishlayotgan stanok ustidan qanaqa bo'lsa ham narsani (predmetni) uzatmaslik
yoki olmaslik, bolt, gayka va boshqa biriktiruvchi detallarni tortib mahkamlamaslik;
10.5. metall qirindisini keskichga yoki parmaga o'ralishidan ehtiyot bo'lish;
10.6. stanokni qirindilardan bevosita qo'l va asbob bilan tozalamasdan, buning uchun
maxsus ilgaklardan va cho'tkalardan foydalanish;
10.7. ish joyini va stanokni o'z vaqtida qirindidan tozalanishini kuzatish;
10.8. ishlov berilayotgan detallardagi g'adirlardan ehtiyot bo'lish;
10.9. titrash paydo bo'lganda stanokni to'xtatish va titrashni bartaraf qilish choralarini
ko'rish;
10.11. keskich va detal mahkamlanganligini tekshirish;
10.12. ish joyiga ishga begona shaxslarni qo'ymaslik va usta ruxsatisiz ishlayotgan
stanokka boshqa ishchini yo'latmaslik.
11. Qo'yidagi xollarda stanokni to'xtatib, elektryuritgichni uzish lozim:
11.1. stanok oldidan qisqa muddatga bo'lsa ham ketganda (agar ikkita yoki undan
ortiq stanoklarga xizmat ko'rsatish topshirilmagan bo'lsa);
11.2. ish vaqtincha to'xtatilganda;
11.3. stanokni yig'ishtirganda, moylaganda va tozalaganda;
11.4. jihozda nosozlik aniqlanganida;
11.5.boltlarni, gaykalarni va stanokning boshqa biriktiruvchi detallarini tortib
mahkamlaganda;
11.6. detalni o'rnatganda, o'lchaganda va yechganda;
11.7.keskichning kesuvchi qirrasini tozalaganda yoki tekshirganda;
12. Stanokning metall qismlarida kuchlanish aniqlangan (tok sezilsa), elektryuritgich
ikki fazada ishlagan (g'uvillasa), zaminlovchi sim uzilgan xollarda stanokni to'xtatish
va darhol elektr jihozlar nosozligi haqida ustaga xabar berish.
13. Detallarga ishlov berganda ushbu detal operasion kartasida ko'rsatilgan kesish
rejimlaridan foydalanish.
14. Ishlov berilayotgan detal gabarit o'lchamlari va massasi stanok pasportidagi
ma'lumotlarga muvofiq bo'lish shart.
15. Og'ir detal va moslamalarni (16 kg dan og'ir) faqat ko'tarish mexanizmlari
yordamida o'rnatish va echib olish zarur.
16. Agar pol sirg'anchiq bo'lsa (yog' yoki emulsiya to'kib yuborilgan) unga qipiq
(qum) sepishni talabqilish yoki shu ishni o'zi bajarishi lozim.
17. Ishlaganda oyoq ostiga qo'yiladigan yog'och panjaradan foydalanish va uni soz
holatda saqlash.
18. Detalni stanokka o'rnatishdan oldin stanokning asos yuzalarini va mahkamlovchi
qurilmalarini cho'tka, mato parchasi yoki tozalash materiali bilan artish lozim.
19. Detal o'lchami va massasidan qat'iy nazar uni stanokka ishonchli va mustahkam
mahkamlash.
20. Detalni mahkamlashda faqatgina maxsus tagliklardan foydalanish.
21. Detalni o'rnatish va mahkamlash uchun mumkin qadar tagliklarning kamroq
miqdordan foydalanish, mayda tagliklarni kamroq miqdordagi balandligi bo'yicha
kattaroq tagliklar bilan almashtirish kerak.
22. Detallarni mahkamlashda gaykalari baland (h-1,6d) boltlardan foydalanish.
Gaykalar yuzasi toblangan bo'lishi kerak. Urilgan (smyatie) gaykalarni qo'llamaslik.
23. Gayka kalitlarini gayka va bolt kallagi o'lchamlariga mos ravishda tanlash
24. Agar bir detalga ishlov berilayotgan vaqtda plitaga boshqa detal o'rnatilayotgan
bo'lsa bu holda alohida diqqatli va ehtiyot bo'lish kerak. Detal kran bilan
uzatilayotgan vaqtda stanokni to'xtatish. Detallarni mahkamlash bo'yicha ishlarni
stanok to'xtatilgandan so'ng amalga oshirish.
25. Detalni yaxlit tayanchlari bo'lgan joyidan mahkamlash: bunday mahkamlash
detalning deformasiyalanishiga va uzilishiga yo'l qo'ymaydi.
26. Detalning to'g'ri o'rnatilganligini reysmus yoki indikator yordamida tekshirish.
27. Detalni stanokka o'rnatganda va to'g'rilaganda detalni xavfsiz domkratlar yoki
ponalar yordamida to'g'rilash. Bu maqsadda lomlardan yoki tasodifiy metall
tayoqchalardan foydalanish taqiqlanadi, chunki ular sirg'anib ketishi va shikast
yetkazishi mumkin.
28. Detalni stanokdan yechib olgandan so'ng, barcha mahkamlash detallari chiqarib
olish va belgilangan joyga olib qo'yish.
29. Asbobni mustahkam va puxta mahkamlash zarur. Uning qisqich(opravka)
quyrug'i konus shpindeliga to'g'rilab o'rnashgan bo'lishini tekshirish.
30. Asbobni shpindel uzilganda o'rnatish.
31. Kesish asbobini detalga sekin, zarbsiz olib kelish kerak. Qul bilan uzatganda
surish tezligi va kesish chuqurligini keskin o'zgarishlariga yo'l qo'ymaslik.
32. Asbobni o'tmaslashib qolganda yoki qattiq qotishma plastinalari uvalanganda
asbobni almashtirish lozim.
33. Asboblarni almashtirganda asbobni faqat shu maqsad uchun mo'ljallangan va
konus o'lchamlariga mos keladigan maxsus ponalar yordamida urib chiqarish.
34. Gidrotizimdagi bosim 10kg/sm dan past bo'lmaganda ishlashga ruxsat etiladi.
35. Ko'zga shikast yetkazishi mumkin bo'lgan parchalar uchmasligi uchun asbobni
jez, qo'rg'oshin yoki toblanmagan (xom) po'lat bolg'alar yordamida urib chiqarish.
36. Asbob quyrug'ini mahkamlovchi ponani shunday tanlash kerakki, pona uchlari
bir tekis, ya'ni shpindeldan chiqib turmasligi kerak.
37. Frezalarni o'rnatganda ochiq kesuvchi qismlarni lattalar bilan o'rash. Og'irligi
3kg gacha bo'lgan asboblarni bir ishchi ko'tarishi mumkin, og'irligi 3 kg dan 16kg
gacha bo'lgan asboblarni yordamchi bilan va og'irligi 16 kg dan ko'p bo'lgan
asboblarni yuk ko'tarish vositalarini qo'llab ko'tarish kerak.
38. Qisadigan boltlari kallaklari va ponalar qisqich (opravka) yuzasidan chiqib
turishiga yo'l qo'ymaslik.
39. Frezalarni shpindelning berk teshigida mahkamlash uchun vint va pona bilan
mahkamlanadigan oraliq konuslaridan foydalanish.
40. Baxtsiz hodisani oldini olish uchun gorizontal teshik yo'nish stanogining
sirg'algichi (polzun) uchini plansupport aylanasidan chiqib turgan holatda
qoldirmaslik.
41. Tezlashtirilgan uzatishda teshik yo'nish stanogining yurgizuvchi vintining
maxoviklari va tutkichlari qamrab olishidan va zarbidan ehtiyot bo'lish kerak.
42. Massasi katta bo'lgan teshik yo'nish kallaklarini o'rnatganda va yechib olganda
ular ostiga stolga taxta tagliklar qo'yish lozim.
43. Dastlabki sinov qirindisi yo'nilgandan so'ng oldin uzatmani uzish, stanokni
to'xtatish, undan so'ng nazorat o'lchovi amalga oshirish.
44. Shpindel to'shakka nisbatan yuqori holatda bo'lgan balandlikda ishlaganda, kesish
asbobini almashtirishni va o'lchovlarni, shuningdek stanokni boshqarishni faqatgina
maxsus surib qo'yilgan maydonchada turib bajarishga ruxsat etiladi.
45. Ko'chma kolonka va lyunet ustuni yoki stanok plita-detalini yangi holatga
o'rnatishdan oldin ularni sinchiklab qirindidan va begona predmetlardan tozalash.
Ko'chma kolonka va lyunet ustunlarni ishni boshlashdan oldin ishonchli
mahkamlash.
46. Ko'chma stollar, plitalar, burchaklar (ugolnik) va hokazolarni detalga
mahkamlashdan oldin, ularni stanok stoliga ishonchli mahkamlash.
47. Quyidagilar taqiqlanadi:
47.1. har xil qo'lqoplarda hamda rezina barmoq-g'ilofsiz (napalchniksiz) bintlangan
barmoqlar bilan ishlash;
47.2. kesuvchi asbobni nam latta bilan sovitish;
47.3. ish va o'tish joylarini tiqilinch qilib qo'yish;
47.4. asbobni shpilkalar va yasama moslamalar bilan mahkamlash, chunki
aylanayotganda ular shpindeldan tashqariga chiqib kiyimni o'rab olishi mumkin.
48. Charxlash stanogida ishlaganda quyidagilar lozim:
48.1. charx tosh aylanish tekisligiga nisbatan yon tarafda turishi;
48.2. ishlov berilayotgan detalni charx toshga siltovlarsiz, zarblarsiz olib
kelish,toshga qattiq bosmaslik kerak;
48.3. detalga charx toshning yon (tores) yuzasi bilan ishlov berishga yo'l qo'ymaslik;
48.4. charxlashda asbob yoki detal qo'lqo'ygich (podruchnik) va charx tosh orasida
qadalib qolishiga yo'l qo'ymaslik uchun ularni qo'lda mahkam ushlash, qo'lqoplarda
ishlash taqiqlanadi;
48.5. charx tosh yeyilishiga qarab, charxtosh va qo'lqo'ygich orasidagi tirqishni
rostlash, u 3mm dan katta bo'lmasligi kerak;
49.Charxlash stanogida ishlaganda quyidagilar taqiqlanadi:
49.1. O'z boshimcha charx toshni almashtirish, xamda charx toshlarni to'g'rilash (bu
ishlarni maxsus o'qitilgan ishchi bajarishi kerak);
49.2. Maxsus moslama va qisqichlardan foydalanmasdan mayda detallarni silliqlash
va charxlash;
49.3. Aylanayotgan charx toshni begona predmetlarni bosish bilan to'xtatish;
49.4. Himoya ekranining oxirgi uzgichni uzib qo'yish va usiz ishlash;
49.5. kalit xomuzasi (zev) va gayka qirrasi orasiga qistirma qo'yish, gayka kalitlarini
quvur yoki boshqa richaglar bilan uzaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |