__________________________________________________________________________________
85
Xorlik haddin oshurmang, chunki izzat yo’ldadur,
Otingiz na’linda bizni hoki roh aylab o’tung.
Yuqoridagi misollarda «vafo»ga «jafo», «xorlik» va «izzat» qarama-qarshi qo’yilib, tazod usuli ishlatilgan.
Xo’rlangan oshiq yorning jafolari haddan oshganligidan shikoyat qilib, suyukli yordan izzat va vafo qilishini
so’raydi. Oddiy tazodda tushinilishi oson bo’lgan so’zlar baytning bir misrasida qarshilantirilgan. Masalan:
Sevar jonim, pari paykar habibim,
Visol-rohatim, hajri baloyim.
Agar oddiy tazodda qarshilanuvchi tomondagi so’z yakka holda bo’lsa, murakkab tazodda ikki yoki undan
ortiq so’zdan tashkil topadi. «Yo rab ne ajab» g’azalidagi mana bu bayt murakkab tazoddga misol bo’la oladi:
Hech yerda qarorim yo’q edi ko’yida turdim,
Jannatda muqim o’ldimu dildora yo’liqdim.
Birinchi qarshilanuvchi tomon ikki so’zdan, ya’ni «qarorim yo’q so’zlaridan iborat bo’lsa, ikkinchi
qarshilanuvchi tomon ham ikki so’zlidir, ya’ni «muqim o’ldim». Real hayotni ulug’lab shu dunyo go’zalini sevgan
shoir bu g’azalida ham muhabbatni olqishlaydi, maqsad yo’lida tazodni o’rinli ishlatadi. Murakkab tazodda fikrlar
qarama-qarshi qo’yiladi, shuning uchun tazodning bu turini fikriy tazod deb atash mumkin. Lutfiy lirikada mahbu-
baning faqat tashqi go’zalligini chizish bilan chegaralanib qolmay, uning ma’naviy tomonini, ichki dunyosini
ochib berishga intiladi.
Bir nafasda o’lgay erdim furqatingning dardidin,
Vasl umididur menga o’lmakni dushvor aylagan.
Aralash tazodda tazod boshqa stilistik vositalar bilan aralah holda uchraydi. «Kozing qorasi» g’azalidan
olingan mana bu misralar aralash tazodning yorqin misolidir:
Kozing qorasi fitna, va le oqi balodur
Jonlar oladur, vah ne balo ko’zi qarodur.
Misolimizdagi tazod «qarosi-oqi» tardi aks stilistik vositasi «qaro-balo» bilan birgalikda kelgan. Tazod
yaratuvchi uchun katta imkoniyatlar beruvhi vositalardan bo’lib, unidan to’g’ri foydalanish ijodkorning uslubi,
ma’naviy dunyosi va san’atkorlik kamoli bilan bog’liqdir.
Talmeh – mumtoz she’riyatda keng qo’llanilgan ma’naviy san’atlarning eng xarakterlilaridan biri bo’lib,
Lutfiy ijodiyotida ham ma’lum o’rin egallaydi. Talmeh san’atkorga bir ishora bilan chuqur ma’noni ifodalsh im-
konini beruvchi san’atdir. U istiora, tashbeh kabi san’atlardan farqli o’laroq, ijodkorga tarixiy yo afsonaviy voqea-
larga,masallar,mashhur asarlar va qahramonlar obraziga ishora qilish va shu yo’l bilan o’z fikrini mojaz holda
kuchaytirish uchun imkoniyat eradi.
Hamdard ila holimni deyinkim, tusha borar,
Ul damki, yo’luqsa menga mahshar Farhod.
Lutfiy g’azalidan olingan bu baytda hajri-firoq ahvolini tang qilgan lirik qahramonning holatini yorqin-
lashtirish maqsadida mashhur Farhod afsonasiga ishora qiliayotir.
Lutfiy ko’pincha yorning jamoli va sifatlarini an’anaviy yoki afsonaviy obrazlarga qarama-qarshi qo’yib,
yangi obrazlar yaratadi, bu obrazlar an’anaviy yoki afsonaviy obrazlar ustidan «g’olib» chiqadi. Demak, san’atkor
talmeh san’ati orqali lirik qahramon holati va xarakterini bir lahzada ko’z o’ngimizda jonlantirishga qodirdir, buni
u adabiy, tarixiy va mifologik qahramonlarni eslatish tufayli bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |