Abstract
. The article addresses one of the urgent problems - transformation of higher education in
the conditions of digitalization. The article discusses the main directions of digital transformation, which
radi
cally changes the economy, education and lifestyle in general. It’s been shown that digital technologies
are necessary for the educational process but not sufficient for increasing the effectiveness of academic
work.
Keywords:
digital technologies, education system, digital transformation, educational work,
students, training, teacher, Internet, higher education, digitalization, digital economy, online education.
1
TIQXMMI BF ijtimoiy gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport kafedrasi assistenti.
Tel:+998936260015,
E-mail:
sanobarkhodjayeva75@gmail.com
439
“DEVELOPMENT ISSUES OF INNOVATIVE ECONOMY IN THE
AGRICULTURAL SECTOR”
International scientific-practical conference on March 25-26, 2021.
Web:
http://conference.sbtsue.uz/uz
Raqamli texnologiyalar tez tarqalmoqda va yangilanmoqda (yuqori tezlikdagi Internet; yuqori
samarali raqamli mobil qurilmalar - smartfonlar, planshetlar va boshqalar; Web 2.0 vositalari - bloglar,
vikilar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqalar; bulutli xizmatlar - Google, Office 365 va boshqalar; virtual reallik
va suniy intelekt qurilmalarining yangi avlodi). Bu raqamli asboblar, materiallar va xizmatlardan cheksiz
foydalanish imkoniyatini yaratadi. Talabalar va o`qituvchilar o`zlarining ma`lumotlari va umumiy
foydalanishlari ustidan misli ko`rilmagan holda nazorat o`rnatishlari mumkin . Ularni sifatli ta`lim olishlari
va ilm olishga qiziqishlarini shakllantirish davomida ozini o`zi nazorat qilish va o`zaro bir-birini tekshirish
imkoniyati kengayadi. Ko`rinib turibdiki, talabalar va o`qituvchilar uchun ko`plab raqobatbardosh
manbalar mavjud: Raqamli ta`lim resurslari, o`quv dasturlari, onlayn kurslar va turli xil onlayn xizmatlar
va zamonaviy o`quv jarayonini ta`minlash uchun mo`ljallangan komponentlar.
Oksford olimlari Karl Frey va Maykl Osborne tomonidan o`tkazilgan tadqiqotga ko`ra, o`qituvchi,
murabbiy va menejerning kasblari robotlashtirish natijasida inqirozga duch kelmaydi. Ta`limni
raqamlashtirishni inkor qilib bo`lmaydi faqat unga moslashish, yangi vositalarni o`zlashtirish va yangi
ko`nikmalarni egallash zarur bo`ladi. Sinerji universiteti prognoziga ko`ra, bir necha yil ichida bozorda
yangi kasblar, masalan, ta`lim traektoriyalarini ishlab chiquvchi, tyudor yoki virtual olam arxitektori
singari mutaxassisliklarga talab oshadi. Raqamli texnologiyalarning (RT) hayotning barcha sohalariga kirib
borishi bitiruvchilarga yangi sifatli ta`lim berilishini talab qiladi. Raqamlashtirish nafaqat ta`lim
mazmuniga, balki uni tashkil etishga ham ta`sir qiladi. Ushbu jarayonlar universitetlarda professor-
o`qituvchilarning tarkibiga turli xil ta`sir ko`rsatmoqda. Zarur kopetensiyalar ko`pincha ta`lim
muassasalaridan tashqarida yaratiladi, chunki ta`lim dasturlari ko`pincha texnologiyalarni rivojlantirish
dinamikasiga mos kelmaydi. O`qituvchi bilim va ko`nikmalarni beruvchisidan bilim bazalarini
boshqarishda yordam beradigan navigatorga aylanadi. Professor-o`qituvchiga ilmiy faoliyatidan kelib
chiqib emas fanni qay darajada yaxshi bilishiga qarab baho beriladi. Pedagogik ish yangi xususiyat kasb
etadi.
Olimlar Kramarenko N.S., Kvashin A.Yu., Karakozov S.D., Uvarov A.Yu., Akimova O.B.larning
tadqiqotlari shuni ko`rsatdiki, o`qituvchilarning resurslari cheklanganligi va raqamli savodxonligi etarli
emasligi sababli, raqamli transformatsiya ta`lim tashkilotlariga kech va notekis ta`sir ko`rsatmoqda.
Raqamli inqilob o`zi bilan duch kelgan muammolarni hal qilish uchun vositalarni olib keladi. O`z ishida
raqamli texnologiyalar va vositalardan mohirona foydalanadigan odamning intellektual ish samaradorligi
sezilarli darajada oshadi.
Internet orqali mavjud bo`lgan raqamli manbalarda yuz minglab o`quv qo`llanmalar mavjud, ular
tufayli o`quvchilarning individual xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda o`quv materiallarini
o`rganishlari uchun haqiqiy imkoniyat vujudga keladi,o`quv maretialini bajarilganligini differensiyalash
munkin bo`ladi va har bir talaba berilgan topshiriqni to`liq taqdim etishga majbur bo`ladi. Ta`lim
muassasasida ta`lim mazmunini tuzishning asosiy vositalari o`quv natijalariga bo`lgan talablar yani ta`lim
yutuqlari standartlari bo`lishi kerak.
Ta`kidlash joizki, raqamli texnologiyalar ta`limni yaxshilash uchun juda ko`p imkoniyatlarni
taqdim etadi, ammo ularning o`quv jarayoniga integrasiyalashuvi uzoq vaqt talab qiladi va juda odiiy ro`y
bermaydi. Ta`lim tashkilotlaridagi raqamli texnologiya uskunalari o`quv natijalarini yuqori bo`lishiga olib
kelmaydi.
O`zbekistonda ham ta`lim tizimining barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy
etish va zamonaviy iqtisodiyot uchun zarur bo`lgan raqamli bilimlarning darajasini oshirish, ta`lim
infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, "Besh tashabbus" loyihasini amalga oshirish doirasida 2022
yilga qadar respublikaning barcha hududlarida raqamli bilimlarga o`qitish markazlarini ochish
rejalashtirilgan.
Ta`lim sifatini yaxshilashda masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi elektron kutubxona
tizimining ahamiyati ham katta. Bu talabalarning oliy ta`lim muassasasida o`qishni tamomlaganlaridan
so`ng ham kutubxona fondi, axborot bazalaridan foydalanishini yo`lga qo`yish orqali ularning kasbiy
malakasini uzluksiz oshirib borish imkoniyatlarini kengaytiradi, oliy ta`lim muassasasining konferentsiya
materiallari, bitiruv-malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalaridan iborat ilmiy-texnik
ma`lumotlar elektron bazasidan foydalanish va kelgusidagi ilmiy-texnik ma`lumotlar yangiligini
440
Do'stlaringiz bilan baham: |