173
Ta’kidlaganimizdek, Germaniya iqtisodiyoida davlatning o`rni katta bo`lib,
uning bozorni tartiblashtirish vazifalari keng xajmli edi. Bu esa o`z navbatida raqobat
sharoitlarini toraytirib, uning to`laqonli harkatiga to`sqinlik qilar hamda davlatning
aralashuvi yuqori darajada edi. Hozirgi vaqtga kelib bunday xolat o`zgarishni
talab
etadi.
Qo`ldan berilgan raqobatbardoshlik darajasini qaytarish va bu sohada yuqori
cho`qqilarni egallashga harakat qilinayotgan edi. Iqtisodiyotdagi davlat ishtiroki
darajasini qayta ko`rib chiqish, to`la erkin bozor iqtisodiyoti yo`liga o`tish bilan
bog`liq tadbirlarni amalga oshirish zaruriyati tug`ilgan edi. Albatta bu barcha soha va
tarmoqlardagi davlat iqtisodiyoti siyosatini qayta ko`rib chiqish va iqtisodiy o`sishni
tezlashtirishga mos siyosatga o`tish yo`llari axtariladi.
Bunda liberallik siyosati, tadbirkorldikka to`la
erkinlik berish, soliqlarni
pasaytirish, ijtimoiy xarajatlarni kamaytirish, davlat sarflarini qisqartirish kabi nozik
masalalarni xal qilish yo`llarini belgilash ko`zda tutiladi. Shu bilan birga ijtimoiy
muammolarga e’tiborni qaratish zaruriyati ham tug`ilmoqda edi.
Asosiy ijtimoiy
muammolar quyidagilarni o`z ichiga oladi:
-
ish joyining qimmatligi va ijtimoiy yukning og`irligi;
-
xalq qarib borishining o`sishi 1997 – yilda 100 ishlovchiga 96 ta
mehnatga layoqatsiz to`g`ri kelgan;
-
globallik darajasining o`sishi chetdan keluvchilarning ko`payishi va
ularni maxalliylar bilan tenglashtirish muammosining o`tkirlashuvi.
Ijtimoiy muammolarni yechishdagi eng ma’qul usul o`zini ta’minlay olish
yo`llarini qo`llashdir. Eng yaxshi ijtimoiy tartibli joy jamiyat mahsulotini qayta
taqsimlash yo`li bilan maksimal keng xajmdagi ijtimoiy qo`llaniladigan joy emas,
balki qo`llashga muxtoj fuqarorlar eng kam bo`lgan joy hisoblanadi.
Asosiy maqsad bevosita ta’minlash emas, balki muxtojlikni yo`q qilishdir.
Shryoder dasturi bo`yicha davlatning iqtisodiyotga bevosita aralashuvini
imkoni boricha kamaytirib, erkin harakatini sharoitini kengaytirish, ayniqsa mayda va
o`rta biznesni maksimal qo`llash siyosatini oldinga suriladi. Bu sohada ayniqsa davlat
tartiblashtirishi, chegaralashga qarshi kurash olib borish talab
etiladi va bu burinchi
174
darajali ish deb bilinadi. Mayda va o`rta biznesmenlarni xalq taniqli ashulachi va
futbolchilardek ardoqlab, hurmat qilishi kerak deb bilinadi. Agar davlat harakati
raqobatni susaytirsa, u bozorga qarshi qaratilgan bo`ladi, deb bilinadi.
Davlat tub
mazmunan vatan ishlab chiqaruvchilarini ichki bozorda himoya qilish emas, balki
raqobatga qarshi kuchlar, monopoliyaga qarshi kurashni ta’minlashi kerak va
samarali xo`jalik yuritish usullarini keng qo`llash sharoitlarini yaratishi zarur.
Asosiy e’tibor
yuqori texnikali tarmoqlarga, yangi innovatsiyali firmalarga
qaratiladi. Industrial jamiyatdan bilim, axborot, xizmat ko`rsatishga asoslangan
iqtisodiyotga o`tish amalga oshirila boshlandi. Buning uchun ta’lim sifatini ko`tarish,
ilmiy texnologik siyosatni kuchaytirish, infratuzilmalarni qayta qurish yo`llari
qo`llaniladi. Bungacha esa dalvat tarmoq shakli tuzilmalariga
va ayrim ishlab
chiqarishlarga investitsiyani tartiblashtirish usulini qo`llar edi.
Globallik va texnologik siljishlar tezligi davrida hukumat birinchi o`ringa
bevosita mehnatkashlar daromadining o`sishini tezlashtirish, qashshoqlikka barham
berish, ishsizlikni kamaytirish emas, balki daromadlar, bandlik
masalalarini xal qila
oladigan va yangi firmalarni tashkil etish va korxonalarning ravnaqini ta’minlashga
o`z diqqat – e’tiborini qaratishi talab etiladi.
Soliqlar 2001 yilga kelib 45 foizdan 35 foizga tushurilib, nafaqa xarajatlari
kamaytirildi hamda xususiy nafaqa jamg`armalarga soliq imtiyozlari qo`llanila
boshladi. Davlat xarajatlari pasaytirilib, umumiy davlat sarmoyalari tejami 16,7
mlrd. dollarni tashkil etadi. Angliyadek bozor liberallashuviga o`tila boshlanadi va
ijtimoiy mo`ljalli iqtisodiyotdan to`laqonli bozor iqtisodiyotiga o`tish asta-sekin
kuchga kira boshlaydi. Davlat mulkini xususiylashtirish bo`yicha ancha ishlar qilindi.
Shu bilan birga davlatning bozorni tartiblashtirish
faoliyati ancha qisqartirilib,
iqtisodiy aralashuv susaya bordi.
Shryoder dasturining amalga oshirilishi va unda belgilangan tadbirlarning
tadbiq etilishi, o`z natijalarini berib Germaniya iqtisodiyotining bozor munosabatlari
asosida rivojlanishini tezlashtirdi. Bu esa Germaniya iqtisodiyoti salohiyatini
ko`tarib, jahon xo`jaligidagi o`rnini mustahkamlaydi va o`ziga xos e’tiborni jalb
etadi.