171
bajarilib, muntazam iqtisodiy o`sishga o`tilgan edi. Lekin keskin o`zgarishlar bir
qancha muammolarni yaratib, bularning ichida eng muhimlari ijtimoiy soha bilan
bog`langan edi. Ta’sirlisi ko`pchilik korxonalarning yopilishi va ishsizlikning o`sishi
edi. Buning asosiy sababi g`arbiy ishlab chiqaruvchilar bilan bo`lgan
raqobatga
chiday olmasligi edi. Bu to`g`ridan-to`g`ri sharqiy yerlarga moliyaviy sarmoyalarni
jo`natishni talab etib, 1991 – yili 140 mlrd., 1992 – yili 152 mlrd, 1993 – yili 182
mlrd. markani va qisqa vaqt ichida hammasi bo`lib 1,4 trln. nemis markasi miqdorida
davlat moliyaviy sarmoyalari yuborilgan. Bu Rossiya, Markaziy va Sharqiy yevropa
mamlakatlariga nisbatan GDRning ustunligi mavjudligiga qaramay yuz bergan edi.
Sharqiy Germaniya iqtisodiyotining o`zgarishi bir qancha qiyinchiliklarni
tug`dirib, bularning ichida eng asosiysi o`sishning doimiyligini ta’minlash edi.
Buning uchun o`sishning
davomiyligi, o`zidan-o`zi chetki turtkisiz o`sish iqtisodiy
mexanizmini yaratish va singdirish talab etilar edi. Bu albatta birdaniga bo`ladigan va
oson masala emas edi. Ancha murakkab va kompleks muammo ekanligi ma’lum edi.
Chunki Sharqiy Germaniya korxonalarining raqobatbardoshlik darajasini ko`tarib,
G`arbiy darajaga yetkazish talab etilardi. Buning uchun ish haqi xarajatlarining
mahsulot birligiga to`g`ri kelishini ko`tarish va innovatsion faoliyatni rag`batlantirish
talab etilar edi. Bunday vazifa juda qimmatga tushar va ko`p kompleks ishlarning
amalga oshirilishi bilan bog`langandir. Ishlab chiqarish quvvatlarini ilg`or texnika va
exnologiya asosida yangilash, ish usullarini takomillashtirish talab etilib,
bularning
hammasi yuqori malakali ishchi, xizmatchilarni talab etardi. Ma’lumki, muammo
yuqori texnika bilan birga inson resursiga borib taqaladi.
Bundan tashqari ishlab chiqarish tashkiliy tuzumini tubdan o`zgartirish talab
etilib, ichki va tashqi bozor talabiga moslashtirish zaruriyati tug`iladi. Bu ham
ma’lum vaqt va katta sarmoyani talab qiladi.
Shu bilan birga xizmat ko`rsatish sohasi, transport va aloqa, axborot,
boshqarish kabilar ham tub o`zgarishlarni
talab qilib, ularni zamonaviylashtirish va
G`arb standarti darajasida qayta tuzish ham juda dolzarb vazifa hisoblanar edi. Eng
muhimi turmush darajasi va turmush sifatini ko`tarish va G`arbiy zona darajasiga
yetkazish ham juda zarur va katta xajmli ish hamda sormoya talab qilar edi.
172
Germaniya yerlarining qo`shilishi va yagona davlatning shakllanishi, bitta
milliy iqtisodiyotning yuzaga kelishi bilan birga boshqa muammolarni ham yuzaga
keltirdi. Qoloq Sharqiy iqtisodiyotning qo`shilishi umumiy
pasayishga olib keldi va
yagona Germaniya iqtisodiyoti buning natijasida boshqa rivojlangan mamlkatlarga
nisbatan past ko`rsatkichlarga ega bo`ladi. Bu ayniqsa aholi jon boshiga
hisoblanadigan ko`rsatkichlar, mehnat unumdorligi darajasi, turmush sifati, daromad
ko`rsatkichlari kabilarga taalluqlidir.
Bundan tashqari katta xajmdagi sarmoyalarning
sharqiy yerlar uchun sarf
etilishi, bunda katta kapital quyilmlarning amalga oshuvi va diqqat e’tiborni
qoloqlikdan chiqarish va g`arbiy darajaga yetkazishga qaratish g`arbiy qismdagi
iqtisodiy o`sishga salbiy ta’sir ko`rsatadi.
Bu byudjetdagi og`irlikning yuzaga kelishi, soliqlarning ko`tarilishi, g`arbiy
qism korxonalaridagi kapital xarajatlarning kamayishi kabilarga olib kelgan.
Lekin o`zgarishlarga qaratilgan tadbirlar tez o`z natijasini berib, Sharqda
qoloqlik borgan sari yo`q bo`lib, umumiy o`sish ham boshlanadi. GFR sotsialistik
lagerda eng ilg`or mamlakat hisoblanardi. Shunga qaramay qo`shilish
oldidan uning
YAIM jon boshiga hisoblaganda G`arbiy Germaniyaga nisbatan 1/3 qismga teng edi.
1996 – yilga kelib 57 foizga ko`tariladi. Sharqiy zonada 1994 – yildanoq jonlanish
boshlanib, YAIM 8 foizga o`sadi. G`arbiy qismda bu 2,5 foizga teng bo`lib, umuman
GFRda 3 foizni tashkil etadi. Ishsizlik ancha pasayib, davlat xarajatlari va soliq
to`lovlari darajasi pasaya boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: