277
sekinlashtirishga qaratilgandir. Bunda birida davlat erkinlikni qo`llasa, ikkinchisida
tartiblashtirish, chegaralash choralarini qo`llaydi. Masalan, 1993 yilgi
ц
iklni olsak,
dalvat choralari islohatni mikrodarajada kuchaytirish va davlat korxonalariga taalluqli
bozor munosabatlari mexanizmlarini kiritish ko`zlangan edi.
Shuningdek makro
darajada bank va soliqlarga qaratilgan tadbirlar belgilangan bo`lib, 1994-1995 yilgi
yuqori darajadagi inflyatsiya tufayli bular amalga oshmay qoladi. Chunki ijtimoiy
buzilish xavfi bor edi.
Bank tizimini olsak, bunda ham shunday.
Aytaylik, Xitoy xalq banki haqiqiy
mamlakat markaziy bankiga aylanib, uning faoliyatiga
markaziy va mahalliy
hokimiyat aralashmasligi kerak bo`lib, u banklar ishini koordinatsiyalashi kerak edi.
Lekin bu amalga oshmay, eskicha qoladi. Shuningdek bu bankda ko`zda tutilgan
ma’muriy o`zgarishlar ham amalga oshmaydi.
Soliq tizimida ketma-ketlik ko`proqdir. 1994-yildan
boshlab barcha xil
mulkdagilardagi korxonalarga daromad solig`i 33% belgilanadi. Ilgari davlat
korxonalarida 55% va individual korxonalarda 60% edi. Shu bilan birga davlat
korxonalaridagi soliq to`lashda pudrat tizimi yo`q qilinib,
endi ular bir xil stavka
bo`yicha soliq to`laydilar. Boshqa xil soliqlarda keskin o`zgarishlar yuz beradi.
Buning ichida eng salmog`lisi qo`shilgan qiymat solig`i bo`lib, bu ishlab chiqarish,
savdo, importlarga taalluqlidir. Uning negiziy boshlang`ich stavkasi 17%dan iborat.
Aksiz solig`i qisqarib, import tovarlarga to`lanmaydi.
Keyingi islohat yo`nalishi byudjetlararo munosabatlarga taalluqlidir. Bunda
hududiy moliyaviy pudrat tizimi bekor qilinadi va u ikki
kanallilik tizimi bilan
almashtiriladi. Bunda turli darajadagi byudjet o`rtasidagi daromadlar manbai to`la
ajratiladi.
Davlat korxona va banklarini isloh qilish bir qancha qiyinchiliklarga duch
keladi. Bunda ishsizlik muammosi kuchayadi. Chunki yangi joylar tashkil etilishi
orqada qoladi. Shuning uchun ham davlat mayda korxonalar davlat mayda korxonalar
sotilishini
sekinlashtirish, ba’zi joylarda to`xtatib turishni tavsiya etadi. Turar-joy
islohotida ham shunday xolatni ko`rishimiz mumkin va tekinga joy berish o`rniga
ipateka kredit tizimini kiritish tavsiya etiladi. Bunga ajratilgan sarmoyani esa
278
mahalliy hokimiyatdagilar ishdan bo`shalgan xodimlarga nafaqa tarzida to`lashni
afzal ko`rishgan.
Lekin xulosa
qilib shuni aytish mumkinki, bozor munosabatlari bilan
bog`langan islohatlar ijobiy ta’sir ko`rsatib, Xitoy iqtisodiyotida katta o`sishlarga olib
kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: