Farmokognoziya oxiri p65


Kanakunjut urug‘ining kunjarasi zaharli



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet73/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

Kanakunjut urug‘ining kunjarasi zaharli.
Undan azot
saqlovchi o‘g‘it sifatida foydalaniladi.
Ishlatilishi.
Kanakunjut moyi tibbiyotda eng yaxshi surgi
dori sifatida ishlatiladi, shuningdek, ginekologiyada hamda
ko‘z kasalliklari, yaralar, tananing kuygan yeri, leyshmanioz
va boshqa teri kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Kana-
kunjut moyi soch o‘sishiga yordam beradi. Moy past bosimda,
240—300°C da qizdirilsa, tarkibidagi ritsinol kislota parcha-
lanib, geptaldegid enantol va undetsilen kislota hosil bo‘ladi.
Undetsilen kislota fungitsid (parazit zamburug‘larni o‘l-
diradigan) xossaga ega bo‘lganidan teri kasalliklari — der-
matozlar hamda psoriaz kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi.
Dorivor preparatlari.
Kanakunjut moyi, moy emulsiyasi,
urug‘dan tayyorlangan pasta va undetsilen kislotadan tayyor-
langan surtma. Undetsilen kislota teri kasalliklari — dermatoz
va psoriazni davolashda ishlatiladigan, „sinkundan“ va „un-
detsin“ surtmalari hamda „dustundan“ kukuni tarkibiga kiradi.
Bundan tashqari, kanakunjut moyi Vishnevskiy surtmasi va
elastik kolodiy tarkibiga ham kiradi. Moy sovun olishda, tex-
nikada esa motorlarni moylashda, plastmassa, linoleum hamda
boshqa materiallar tayyorlashda ishlatiladi.
Kanakunjut moyining past haroratda qotishi, spirtda
erishi, nihoyatda yopishqoqligi hamda surgi xususiyati uning
tarkibida oksiolein — ritsinol kislota borligiga bog‘liq. Moy
yuqori haroratda qizdirilsa, ritsinol kislota gidroksil guruhini,
moy esa yuqorida aytib o‘tilgan xossalarini yo‘qotadi. Shu
sababdan moyini ovqatga ishlatish uchun kanakunjut Xitoyda
va Hindistonda ko‘p ekiladi.
BODOM URUG‘I VA MOYI – SEMINA ET OLEUM
AMYGDALARUM
O‘simlikning nomi.
Bodom — Amygdalus communis L.,
ra’noguldoshlar — Rosaceae oilasiga kiradi.
Bodom daraxtining bo‘yi 2—5, ba’zan 8 m bo‘ladi. Novda-
lari qizil-jigarrang, shoxlarining po‘stlog‘i kulrang-qo‘ng‘ir, ta-


95
nasiniki esa qoramtir. Bargi oddiy, lansetsimon yoki ensiz elliðs-
simon, o‘tkir uchli, cheti esa o‘tmas, mayda tishsimon bo‘lib,
bandi bilan poyada ketma-ket o‘rnashgan. Gullari oq yoki och
pushti rangda bo‘lib, shoxlarida yakka-yakka joylashgan. Gul-
qo‘rg‘oni murakkab, to‘g‘ri, kosacha va tojbarglari 5 tadan,
birlashmagan, otaligi ko‘p sonli, onalik tuguni yuqorida joy-
lashgan. Mevasi — qiyshiq yoki cho‘ziq tuxumsimon danakli
meva. Bodomning ikki xili uchraydi, ularni faqat mag‘izining
achchiq-chuchukligiga qarab ajratish mumkin; chuchuk bo-
dom — Amygdalus communis L. varietas dulcis D.S., va achchiq
bodom — Amygdalus communis L. varietas amara D. C.
Bodom fevral-aprel oylarida, barg chiqarmasdan oldin gul-
laydi, mevasi iyun-iyul oylarida pishadi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish