Farmokognoziya oxiri p65



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

Geogralik tarqalishi.
Yovvoyi holda o‘rmon-cho‘l zonasida
nam o‘rmonlarda, nam o‘tloqlarda, botqoq chetlarida va ariq
bo‘ylarida o‘sadi. Mevali buta sifatida turli tumanlarda ko‘plab
o‘stiriladi.
Mahsulot tayyorlash.
Qora qoraqat (smorodina) o‘simli-
gining bargi o‘simlik gullashidan oldin yoki gullaganida, meva-
si esa pishganida terib olinadi. Yig‘ib olingan barg soyada, meva
esa pechlarda quritiladi. Ho‘l mevadan vitaminli sharbat ham
tayyorlanadi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.
Tayyor mahsulot quritil-
gan bargdan va quritilgan mevadan (ayrim-ayrim holda) ibo-
rat. Bargi 3—5 panjasimon bo‘lakli bo‘lib, bo‘laklari keng uch-
burchak shaklli va yirik tishsimon qirrali. Bargining uzunligi
10 sm ga yetadi. Barg plastinkasining yuqori tomoni tuksiz,
pastki tomoni tomirlar bo‘ylab tuklar bilan qoplangan. Bu yer-
da sariq rangli mayda bezlari ham bo‘ladi. Bargi o‘ziga xos
xushbo‘y hidga ega.
Mevasi sharsimon, qora rangli, ko‘p urug‘li bo‘lib, yuqori
tomonida parda shaklida qora rangli gulkosacha qoldig‘i saq-
lanib qolgan. Mevaning tashqi tomonida tillarang sariq efir
moyli bezlari bor. Meva nordon maza va xushbo‘y hidga ega.
Kimyoviy tarkibi.
Barg tarkibida 400 mg % gacha askorbin
kislota, vitamin P va efir moyi bo‘ladi. Meva tarkibida 568 mg %
gacha askorbin kislota, 3% mg karotin, vitamin B
1
, B
2
, B
6
, K
1
va 2,5—4,5% gacha organik kislotalar (asosan, olma va limon
kislotalar), 4,5—16,8% gacha qand, oshlovchi va 0,5% gacha
pektin moddalar, antotsianlar hamda flavonoidlar (kversetin va
izokversitrin, katexinlar) bor.
Ishlatilishi.
Qora qoraqat bargi va mevasi preparatlari lavsha
(singa) hamda boshqa giðo- va avitaminoz kasalliklarini davo-
lash uchun ishlatiladi. Mevasi xalq tabobatida terlatuvchi va
siydik haydovchi, ich ketishiga qarshi, bargi esa bod kasalligi
hamda terlatuvchi dori sifatida qo‘llaniladi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish