Farmokognoziya oxiri p65



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet171/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

Dorivor preparatlari.
Nastoyka. Nastoyka — revmatizm va
shamollash kasalliklarida teriga surtiladigan murakkab suyuk
qalampir surtmasi va sovuq urgan yerni davolashda ishlatiladigan
surtma hamda kapsitrin preparati, qalampirning quyuq ekst-
rakti — qalampir plastiri tarkibiga kiradi.
CHOY BARGI — FOLIA THEAE
O‘simlikning nomi.
Xitoy choyi — Thea sinensis L., choy-
doshlar — Theaceae oilasiga kiradi.
Choy bo‘yi 10 m ga yetadigan doim yashil buta yoki daraxt.
Plantatsiyalarda bargini terish o‘ng‘ay bo‘lishi uchun u ser-


195
shox, yarimshar shaklidagi 1 m li buta holida o‘stiriladi. O‘sti-
riladigan choyning uchki qismi doimo kesib turiladi, shuning
uchun choy bo‘yi 0,5—1 m keladigan sershox, serbarg, yarim-
shar shaklidagi buta holida bo‘ladi. Bargi oddiy, qalin, yaltiroq,
elli pssimon, notekis tishsimon qirrali bo‘lib, qisqa bandi bilan
poyada ketma-ket o‘rnashgan. Gullari yakka-yakka, 1—3 tadan
barg qo‘ltig‘iga joylashgan. Kosachabargi 5—7 ta bo‘lib, ba‘zan
meva bilan birga qoladi. Tojbargi 5—9 ta, oq rangli, otaligi ko‘p
sonli, onaligi 1 ta, gul tuguni yuqoriga joylashgan. Mevasi — 3
chanoqli, 3 ta urug‘li, pishganda ochiladigan ko‘sak. Urug‘i
yumaloq, ustki tomoni biroz yaltiroq, to‘q kulrang-jigarrang.
Avgust oyidan boshlab kech kuzgacha gullaydi, mevasi —
oktyabr-dekabrda yetiladi.
Geografik tarqalishi.
Vatani Xitoy va Hindi-Xitoy. Hozir
Hindiston, Yaponiya, Indoneziya, Shri Lanka, Afrikaning
ba‘zi tumanlarida, Janubiy Amerika va boshqa tropik va subt-
ropik mamlakatlarda o‘stiriladi.
Choy plantatsiyalari Gruziya va Ozarbayjon Respublikala-
rida hamda Qrimda va Krasnodar o‘lkasining nam subtropik
tumanlarida tashkil etilgan.
Mahsulot tayyorlash.
Plantatsiyalarda choy bargi aprel oyi-
dan boshlab noyabrgacha yig‘iladi. Eng avval uchinchi barg-
gacha bo‘lgan yosh novdalar (fleshlar) qirqib olinadi. Shoxda
qolgan to‘rtinchi barg qo‘ltig‘idagi kurtakdan yangi novda o‘sib
chiqadi. Ana shu novdalardagi barglar yetilgandan so‘ng
to‘rtinchi bargni kurtagi bilan qoldirib, faqat yon novdalari
yig‘ib olinadi. Shunday qilib, choy bargini yig‘ish plan-
tatsiyalarda aprel oyidan boshlanib noyabrgacha davom etadi.
Yig‘ib olingan barglardan choy tayyorlash uchun ular
so‘litiladi va mashina yordamida o‘raladi. So‘ngra achitiladi
(fermentatsiya qilinadi) hamda quritiladi. Keyin maydalab, elab,
navlarga ajratiladi.
Barglarni so‘litish uchun polkalarga yupqa qilib yoyib
qo‘yiladi. So‘ligan barg yumshoq va elastik bo‘lib qoladi.
So‘ligan barg maxsus mashinada o‘raladi, ayni vaqtda barg
hujayralari qisman yirtiladi va ular ichiga xavo kirishi uchun
yo‘l ochiladi, natijada fermentatsiya jarayoni tezlashadi. Bu jara-
yon choy bargidagi fermentlar ishtirokida ro‘y beradi. Buning
uchun bargni tekis yashikka 3 sm qalinlikda yoyib, issiq va nam
xonaga 1,5—6 soat qo‘yib qo‘yiladi. Fermentatsiya jarayoni


196
ma’lum bosqichgacha olib borilganda barg o‘z rangini yo‘-
qotib, qo‘ng‘ir mis rangiga kiradi hamda o‘ziga xos yoqimli
choy hidi va mazasiga ega bo‘ladi.
Qora choy tayyorlashda fermentatsiya jarayoni katta ahami-
yatga ega. Choyning sifatli bo‘lishi jarayonning to‘g‘ri borishiga
bog‘liq. Fermentatsiya jarayoni noto‘g‘ri o‘tkazilsa, choyning
rangi, hidi va ta’mi buziladi.
Fermentatsiya davri tugagach barg quritgichda issiq xavo
bilan quritiladi. Bunda barg qora rangga kiradi. Shundan so‘ng
barglarni qirqib, elaydigan mashina yordamida poya, mayda barg
bo‘laklaridan va choy changidan tozalanadi. Tayyor choy, choy
qadoqlash fabrikalariga jo‘natiladi.
Ko‘k choy yig‘ilgan barglardan (fermentatsiya jarayoni
o‘tkazilmay) tayyorlanadi. Yig‘ib olingan bargdagi fermentlarni
yuqori harorat ta’sirida parchalab, bargni aylanib turuvchi
maxsus mashinaga solib o‘raladi va uni quritib, qirqiladi hamda
elab, navlarga ajratiladi.
Tosh (presslangan) choy ko‘k yoki qora choyning elab
ajratilgan mayda bo‘laklaridan presslab tayyorlanadi.
Choyning qirqib tashlangan shoxchalaridan, yirik (qarigan)
bargidan, maydalangan barg bo‘lakchalaridan, changidan va
boshqalaridan kofein olinadi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish