12
izolyasiyalari uchun ishlatiladi.
Alohida og‘ir va gidrat to’ldiruvchilar betonning
radiatsiyadan yaxshi
saqlaydi (atom elektrostansiyalarida va sh.k.).
To’ldiruvchilarni sanab o‘tilgan vazifasi, betonlarda samarali ishlatilishini
belgilaydi, shuningdek ular betonning muhim tarkibiy qismi bo‘lib,
uning
xususiyatlari hamda texnik iqtisodiy samaradorligiga ta’sir etadi.
2-§. To’ldiruvchilarning sinflanishi.
O‘zRST 669-96 “Noruda qurilish ashyolari. Sanoat chiqindilaridan olinadigan
zich chaqiq tosh va qum. Betonbop g‘ovak to‘ldiruvchilar” bo’yicha
to’ldiruvchilarning
standartlashtirilgan
sinflanishi
quyidagilar
bo’yicha
belgilanadi: kelib chiqishi, zarrachalar yirikligi, zarrachalar shakli, zichligi (jadval-
1.1).
To’ldiruvchilar
kelib chiqishi,
yirikligi
va
boshqa
xususiyatlari bo‘yicha quyidagicha tavsiflanadi:
1)
Kelib chiqishi bo’yicha 3 ta guruxga bo’linadi:
a) tabiiy, shu jumladan yo‘l-yo‘lakay qazib olinadigan jinslar va
boyitishdagi chiqindilar;
b) sanoat chiqindilari asosidagi to’ldiruvchilar;
v) sun’iy (maxsus tayyorlangan).
Kimyoviy tarkibi va fazoviy xolatini o‘zgartirmay, tog‘
jinslarini kelib
chiqishi va petrografik nomlanishi yoki chiqindilar turini xususiyatlaydigan tabiiy
materiallar va sanoat chiqindilari. Masalan, magmatik chuqurlikdagi (intruziv)
jinslar – granit, sienit, diorit; domna shlaklari. Sun’iy to‘ldiruvchilar xomashyo turi
(tabiiy, chiqindilardan yoki ular aralashmasidan) va ishlab chiqarish texnologiyasi
(ishlov berish usuli) bilan xususiyatlanadi. Masalan, tabiiy xomashyoni kuydirib
ko‘pchitish –keramzit; domna shlaklari eritmalarini g‘ovaklashtirib olinadigan –
shlakli pemza.
2) Zarrachalar yirikligi bo’yicha to’ldiruvchilar bo’linadi:
a) yirik, zarrachalari o‘lchami 5 mm dan katta (chaqiq tosh, shag‘al);
13
b) mayda, zarrachalari o’lchami 5 mm dan kichik (qum).
3) Zarrachalar shakli bo’yicha to’ldiruvchilar bo’linadi:
a) burchaksimon (noto‘g‘ri) shakldagi, maydalab olinadigan (chaqiq tosh,
maydalashdagi qum va b.);
b) yumaloq shakldagi zarrachalar (shag‘al, tabiy qum va b.);
4) To‘ldiruvchilar zarrachalar zichligi buyicha zich va g‘ovak
turlarga
bo‘linadi (2 g/sm
3
dan katta yoki kichik
).
5)Uyilgan zichligi bo‘yicha xam to‘ldiruvchilar tavsiflanadi:
Uyilma zichlik yirik g‘ovak to‘ldiruvchilar uchun 1200 kg/m³ dan oshmasligi
va g‘ovak qumlar uchun -1400 kg/m³ dan oshmasligi kerak.
6) To‘ldiruvchining ko‘rinishi tuzilmasi bo‘yicha xam betonlar zich, g‘ovak
va maxsus to‘ldiruvchi turlariga bo‘linadi.
7) To‘ldiruvchilar asosiy kursatkichlari va vazifalari buyicha og‘ir betonlar,
engil betonlar,
mayda zarrachali betonlar, maxsus betonlar uchun to‘ldiruvchilar
turkumini tashkil kiladi.
8) To‘ldiruvchilar asosiy vazifasiga ko‘ra: og‘ir, engil, maydazarrachali
betonlar uchun, maxsus betonlar uchun (olovgabardosh, kimyoviy chidamli,
manzarali, radiatsion-himoya, issiqizolyasion va b.).
Do'stlaringiz bilan baham: