70
Shag‘al fraksiyasining donadorlik tarkibi rasm-4.1 da ko‘rsatilgan chegarada
bo‘lishi kerak. Ba’zi holatlarda shag‘alga o‘ta muhim talab qo‘yiladi. Masalan,
shag‘al fraksiyasi tarkibida 5(3) mm eng kichik donalar miqdori 5% dan
oshmasligi kerak yoki yupqa devorli konstruksiyalar qo‘llaniladigan beton
tarkibida eng katta ruxsat etilgan shag‘al donalari
miqdori umumiy fraksiya
massasi bo‘yicha 5% dan oshmasligi kerak.
Standartga ko‘ra maydalanish ko‘rsatkichi bo‘yicha shag‘alning tog‘ jinslarini
siqilishdagi mustahkamligi intervaliga mos keluvchi (jadval-3.1) taxminiy
quyidagi markalari nazarda tutiladi.
SHag‘alning maydalanish bo‘yicha mustahkamligiga ko‘ra markasi
3.1-jadval
Ko‘rsatkichl
ar nomlanishi
SHag‘alning markasi
Dr- 8
Dr-12
Dr-16
Dr-24
Maydalanish
ko‘rsatkichi,%
Siqilishga
mustahkamlik
chegarasi, MPa
8 gacha
100dan ko‘p
8 – 12
80 - 100
12 – 16
60 - 80
16 – 24
40 - 60
SHag‘al tosh standart talabiga ko‘ra quyidagilarga javob berishi kerak: Dr8 -
siqilishdagi mustaxkamligi 40MPa va yuqori betonlarda ishlatiladi; Dr12 -
siqilishdagi mustaxkamligi 30 MPa dan 40MPa gacha betonlarda;
Dr16 - siqilishdagi mustaxkamligi 30MPa gacha betonlarda qullaniladi.
SHag‘al tarkibidagi bo‘sh jins donalari o‘rtacha namunani vizual baholash va
donalar mustahkamligini bolg‘a bilan engil urib yoki donalar qattiqligi po‘lat nina
(otqindi va metamorfik tog‘ jinslari) yoki alyumin (cho‘kindi karbonat jinslar) nina
yordamida tirnash orqali aniqlanadi. Nina bo‘sh donalar
sirtida chiziq qoldiradi,
mustahkamining sirtida esa chiziq qoldirmaydi.
71
SHag‘al namunasidan olingan bo‘sh jinslar donalari ajratiladi va umumiy
massadagi ulushi aniqlanadi (%):
X
bo‘sh
= (m
bo‘sh
/m )*100%
bu erda:
m
bo‘sh
- bo‘sh jinslar donalarining massasi, kg
m
- shag‘al namunasining umumiy massasi, kg
Yirik to‘ldiruvchi tarkibida bo‘sh jinslarni aniqlashda mexanik indikator
qo‘llash mumkin, u esa har bir dona bo‘lagi zo‘riqishini belgilab beradi. SHag‘alda
bo‘sh jins donalari miqdori Dr8, Dr12 va Dr16 markalar uchun 10%
gacha va
Dr24 markali shag‘al uchun 15% gacha ruxsat etiladi.
O‘zRST 8267-93 “Qurilish ishlari uchun zich tog‘ jinsli chaqiq tosh va
shag‘al” bo‘yicha shag‘alning markalari quyidagilardan kam bo‘lmasligi kerak:
Dr8-siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 40 MPa va undan yuqori betonlar uchun;
Dr12-siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 30 MPa dan 40 MPa gacha betonlar
uchun; Dr16-siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 30
MPa dan kichik betonlar
uchun qo‘llaniladi. Og‘ir beton uchun Dr12 markali shag‘alni qo‘llash tavsiya
etilmaydi.
Shag‘al tarkibida plastinkasimon va ninasimon shakldagi (qachonki donaning
bir o‘lchami ikkinchidan 3 marta va undan katta bo‘lsa) donalar miqdori 35% dan
oshmasligi kerak.
Shag‘al tarkibida yuviluvchi chang, loysimon va gilsimon bo‘laklar
miqdori
1% dan oshmasligi kerak. Ayniqsa shag‘al donasiga yopishgan gil miqdori 0,25%
dan oshmasligi kerak.
Shag‘al tarkibida kolorimetrik namuna bo‘yicha aniqlangan organik
qo‘shimchalar miqdori qumda keltirilgan singari chegaralanadi. Bu tarkibda
mavjud
ruda minerallari, sulfid bog‘lamalar, kremnezemning amorf turlariga xam
taaluqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: