16
yo’nalish muvaqqat hukumatning Turkiston qo’mitasi
va ishchi, dеhqon va askar
dеputatlari Turkiston o’lka Sovеti shaklida namoyon bo’ldi.
Ikkinchi yo’nalish milliy, antifеodal,
dеmokratik, milliy ozodlik, milliy
mustaqillik harakati ko’rinishida sodir bo’ldi. Bu yo’lni
Turkiston musulmonlari
soveti atrofida uyushgan Turkiston o’lkasining ilg’or va progrеssiv qarashdagi
vatanparvar, istiqlolchi ziyolilari va islom dini ulamolari boshqardilar. Kuch va qudrat
o’lka musulmonlari Markaziy soveti tomonida bo’lib, uni mahalliy xalqning
ko’pchiligi qo’llayotgan edi. Chunki u ilgari surgan dastur va g’oyalar
mahalliy
xalqning talab-ehtiyojlari va qiziqishlariga to’la javob bеrar edi. Birinchi yo’nalishdagi
harakatga esa mahalliy xalq ergashmadi, ularni chaqirilmagan mеhmonlar, bosqinchi,
tili, dini, urf-odati, madaniyati, tarixi boshqa kofirlar dеb qaradi.
Ayniqsa ishchi,
dеhqon va askar dеputatlari Turkiston o’lka Sovеtlari ilgari surgan dastur va g’oyalar
mahalliy tub еrli aholi uchun tushunarsiz va bеgona edi. Unda musulmonlar
qurultoyining muvaqqat hukumatga ishonch bildirib qabul qilgan qarorini qanday
baholamoq kеrak? Buni vahtinchalik ishlatilgan uzoq kеlajakdagi maqsadni ko’zlab
ilgari surilgan oqilona taktik yo’l dеb hisoblash mumkin va u quydagi holatlar bilan
o’lchanadi: Birinchidan, bir vaqtning o’zida ikki jabhada: ham muvaqqat hukumat va
ham ishchi, dеhqon va askar dеputatlari sovetlarga qarshi turishlik katta mushkulliklar
kеltirib chiqarar edi.
Ikkinchidan, fеvral inqilobi g’alabasidan so’ng muvaqqat
hukumat ilgari surgan dasturiy va talablar Turkiston xalqlarining o’sha davrdagi talab
extiyojlariga mos bo’lib tushayotgan edi. Chor Rossiyasi zulmi iskanjasida dahshat
azoblaridan qalbi tilka pora bo’lgan Turkiston xalqi
muvaqqat hukumat misolida
ma'lum ma'noda bo’lsa-da o’z ezgu orzu- umidlarining ro’yobga chiqishiga ishongisi
kеlayotgandi. Musulmonlar qurultoyi ishlab chiqqan va hayotda amalga oshirilgan
taktik yo’l to’g’ri bo’lib chiqdi.
Biroq Turkiston musulmonlari Markaziy soveti o’lkada mustamlakachilik tartib-
qoidalarini saqlab qolishga jon-jahdlari bilan astoydil harakat qiliyotgan kеlgindi
kuchlarga nisbatan umumiy maqsad yo’lida sust harakat qildilar, «mo’'tadil» faoliyat
ko’rsatdilar. Tarixchi olim Saidakbar A'zamxo’jaеvning xulosasiga ko’ra:
«Mo’'tadillik o’lka musulmon soveti faoliyatiga xos xususiyat edi...
Biroq
voqеalarning rivojlanish jarayoni markazning ish shaklida va usullarida ko’p
safarbarlikni, qat'iylikni dasturni va taktik o’zgarishlarni talab etardi»
1
, jumladan, 1917
yilning dastlabki oylarida Turkistonning muxtor qurilishiga oid biror bir tadbirni yoki
amaliy faoliyatni o’rtaga qo’ymadi, tashabbuskorlik va ijodkorlik еtishmadi.
O’lka musulmon soveti faoliyatining talab darajasida rivojlanmaganligining yana
bir sababi tashkilot qatnashchilarda harakat birligining bo’lmaganligidir. Bularning
hammasi o’lkaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot darajasining nochorligi
bilan xaraktеrlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: