O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/87
Sana30.12.2021
Hajmi1,2 Mb.
#91909
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87
Bog'liq
tabiatshunoslikni oqitish metodikasi

O’lkashunoslik burchagi 


 
 
 
9
9
9
7
7
7
 
 
 
1-sinfdan  boshlab  o’quvchilar o’z  o’lkalari,  o’z joylarini  o’rganadilar,  tabiat  ustida  kuzatishlar olib 
boradilar,  ekskursiyalar  o’tkazadilar.  Boshlang’ich  maktabda  o’qish  vaqtida  ularda  boy  faktik  material 
to’planadi,  bu  material  o’lkashunoslik  burchagida  joylashtiriladi.  Vaqt  o’tishi  bilan  o’lkashunoslik 
burchagida  boshlang’ich  maktabni  ilgarigi  bitiruvchilari  yiqqan  eng  qimmatli  materiallar  to’planib  boradi, 
undan tabiatshunoslikni o’qitishda sistemali ravishda foydalaniladi. 
O’lkashunoslik  burchagi  tabiatshunoslik  kabinetida  yoki  alohida sinfda  barpo  etiladi. Material  uch 
bo’limga ajratiladi: bizning o’lka, ob-havo kalendari va tabiat belgilari. 
«Bizning o’lka» stendida quyidagilar joylashtiriladi: 
1.  O’z  aholi  punktining  nomi  ko’rsatilgan  yoki  (agar  u  xaritada  bo’lmasa)    uning  to’rgan    joyi 
taxminan ifodalangan xaritasi. 
2.  O’z joyini nomi ko’rsatilgan O’zbekiston tabiiy xaritasi. 
3.  Maktab joylashgan joy ifodalangan o’z aholi punktining plani. 
4.  O’z joyining yuzasi shakllarining fotosuratlari. 
5.  O’z  o’lkasi  sanoat  ishlab  chiqarishini  yorituvchi  materiallar.  Mahalliy  sanoat  mahsulotlaridan 
namunalar. 
6.  O’lka  qishloq  xo’jaligini  aks  ettiruvchi  materiallar  (shu  joyda  o’stirilayotgan  qishloq  xo’jaligi 
o’simliklari har xil turlarining    fotorasmlari va gerbariylari). 
7.  Turgan  joyining  daryosi,  uning  quyilishi  hamda  boshlanishi  va  hokazolar  ko’rsatilgan  suv 
boyliklari to’g’risidagi ma‘lumotlar. 
8.  Joy tuprog’i to’g’risida ma‘lumotlar (shu rayonning tuproq tiplari ko’rsatiladi). 
9.  O’lkaning o’simliklari to’g’risida ma‘lumotlar (madaniy va yovvoyi o’simliklar gerbariylari va 
fotosuratlari). 
10.  Hayvonlar  to’g’risida  ma‘lumotlar.  Jonajon  o’lka  uchun  tipik  bo’lgan  hayvonlarning 
fotosuratlari va rasmlari joylashtiriladi.  
11.  Tabiatga  va  ishlab  chiqarishga  o’tkazilgan  ekskursiyalardan  olib  kelingan  materiallardan 
tayyorlangan kollektsiyalar. Kartondan kesilgan shartli belgilar bo’lgan o’lka xaritasida foydali 
qazilmalarning joyi ko’rsatiladi. 
12.  «Bu qiziq...» sarlavhasi ostida qiziqarli savollar, tabiat to’g’risidagi asarlardan parchalar, topish 
uchun  hayvonlar  organlarini  —  tumshug’i,  tirnog’i,  qanotlari  yoki  ularning  yon  ko’rinishlari 
(siluetlari)  tasvirlagan  rasmlar,  bolalarning  ekskursiyalardagi  kuzatishlari  vaqtida  chizilgan 
rasmlar joylashtiriladi. 
O’lkashunoslik  burchagiga  o’quvchilar  tayyorlagan,  shahar,  viloyat,  nohiya  tarixi  aks  ettirilgan 
albomlar  qo’yish,  unda  mahalliy  sanoat  mahsulotlarini  ko’rsatish  ham  mumkin.  Bu  bo’limda  tabiat 
muhofazasi masalalari (davlat muhofazasiga olingan o’simlik va hayvonlarning fotosuratlari yoki rasmlari va 
shu  kabilar)  aks  ettirilishi,  viloyat  yoki  o’lkada  joylashgan  qo’riqxona  va  zakazniklar  nomlari  ko’rsatilishi 
kerak. 
Ob-havo kalendari stenddan iborat bo’lib, uning markazida chislo va oyi ko’rsatilgan, shu kungi ob-
havo  to’g’risida  ma‘lumotlar  joylashtiriladi.  Pastrog’ida  termometr,  mehnat  darslarida  o’quvchilar 


 
 
 
9
9
9
8
8
8
 
 
 
tayyorlagan  flyuger  joylashadi.  Ob-havoni  ta‘riflash  uchun  kartondan  qirqilgan  shartli  belgilardan 
foydalaniladi.  Termometr  modelida  ko’chadagi  gradusnik  bo’yicha  havo  harorati  ko’rsatiladi.  Shu  yerda 
keyingi bir necha yillarning ob-havo kalendari va harorat o’zgarishlari grafigi ham joylashtiriladi. 
Stendning  uchinchi  bo’limida  shu  joyning  ob-havosi  va  uning  belgilari  to’g’risidagi  materiallar 
qo’yiladi. Bo’lim yorqin rasmlar bilan bezatiladi. 
O’lkashunoslik  burchagida  shuningdek  tabiatni  muhofaza  qilish  va  tiklashda,  joy  atroflarini 
ko’kalamzorlashtirishda  va  shu  kabilarda  qatnashuvchi  «Yashil  tabiat  soqchilari»ning  ish  rejasi  ham 
qo’yiladi. 
O’lkashunoslik burchagining materiallari tabiatshunoslik darslarida keng qo’llanilishi kerak, chunki 
ular  faqat  o’lka  tabiati  va  xo’jaligi  to’g’risidagi  bilimlarni  chuqurlashtiribgina  qolmasdan,  balki  ilgari 
o’rganilganlarni  mustahkamlashga  ham  yordam  beradi.  O’lkashunoslik    materiallarini  yig’ish  maktabning 
hayoti  bilan  bog’lanishini  mustahkamlaydi,  o’quvchilarning  tabiat  muhofazasi  bo’yicha  ishlarda  baholi-
qudrat qatnashishlariga imkon beradi. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish