9
9
9
6
6
6
kabi suv havzalarining vakillarini alohida shisha bankalarda saqlash kerak., chunki ularni baliqlar yeb
qo’yadilar. Shuningdeq yirtqich hisoblangan gambuziyani ham alohida saqlash zarur.
Tabiatshunoslikni o’qitish jarayonida akvarium katta rol o’ynaydi, o’quvchilar suv hayvonlarining
harakatlanishini kuzatadilar, ularning tana qismlarini ko’radilar, qanday ov qilishlarini kuzatadilar. Baliqlarni
harakatda ko’ra turib, bolalar ularning harakat organlariga e‘tibor beradilar, baliqlar hayotida rang qanday rol
o’ynashligini aniqlaydilar. Gambuziya va tangabaliqlarning ko’payishini kuzatishga alohida e‘tibor beriladi.
Kuzatishlar kundaliklarida tangabaliq lichinkalari va gambuziya chavoqlarining paydo bo’lishi va rivojlanish
muddatlari yozib boriladi. Akvariumda hayvonlardan tashqari o’simliklar (shoxbarg, urut, vodokras,
vallesneriya, elodeya, ryaska) ham saqlanadi, ular bilan o’quvchilar dasturni o’tish davomida tanishib
boradilar.
Dasturga muvofiq kichik yoshdagi maktab o’quvchilari baqa va qurbaqaning rivojlanishini (itbaliq,
dumli baqacha va yetuk baqaning vujudga kelishini) ham kuzatadilar. Jonli tabiat burchagida bolalar ularni
solishtirishlari, tana qismlarini qarab chiqishlari, ularning tuxumlari qanday farq qilishini, tuxumdan itbaliq
rivojlanishini ko’radilar. Terrariumda o’quvchilar, shuningdek kaltakesak va toshbaqalarning xulq-atvori,
harakatlanishi, tashqi xususiyatlarini kuzatishlari mumkin.
Tabiatshunoslik o’qituvchisi o’quvchilarning jonli tabiat burchagidagi o’simlik va hayvonlarni
sistemali ravishda parvarish qilib borishlariga, gullarni muntazam sug’orishlari, barglarni yuvishlari,
hayvonlarni boqishlari hamda toza joyda saqlashlariga erishish kerak. Buning uchun o’quvchilarning
navbatchiligi yo’lga qo’yiladi.
Jonli tabiat burchagidagi tajriba, kuzatish va amaliy ishlar o’qituvchining diqqat markazida bo’lishi
va u tomonidan nazorat qilib borilishi kerak. Barcha ishlar reja bo’yicha ko’rilishi zarur, reja tuzishda
mavsumiylik printsipiga amal qilish lozim. Burchakdagi ishlar yillik, yarim yillik va choraklik tuziladi. Reja
tuzishda o’quvchilarning qiziqishlari, umumiy taraqqiyoti, shuningdek ishning uddalay olinadigan bo’lishi
hisobga olinadi. Rejada maqsad va mavzuni belgilash, ishning mazmuni va shakllari ochib berilishi, amalga
oshirish metodlarini ko’rsatishi, o’quvchilar egallashi mo’ljallangan amaliy ko’nikmalar belgilangan bo’lishi
kerak. Ayrim mavzularni ham rejalashtirish mumkin. (Jonli tabiat burchagidagi ishlar rejasining taxminiy
shakliga qarang.)
Jonli tabiat burchagidagi ishlar rejasining taxminiy shakli
Mavzu va ishning mazmuni
Mavzu bo’yicha soatlar
Ishning boshlanishi va oxiri
Amaliy ko’nikmalar
Bajarilishi uchun mas‘uliyatli shaxs
Ish rejasining bajarilishini maxsus jurnalda qayd qilib borish zarur. Jurnal sifatida umumiy daftar
xizmat qilishi mumkin, unda o’qituvchi o’quvchilar bajargan ishning hajmi va olingan natijalar ko’rsatiladi.
O’quvchilarning kuzatishlar kundaliklari hisobga olishning shaklidir, unda kuzatishlar qisqacha yozib
boriladi, rasmlar chiziladi, quritilgan o’simliklar yopishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: