tamoyili
R E J A :
1. O’quv jarayonida o’quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligini oshirish yo’llari.
3
3
3
0
0
0
2. Bolalarga chuqur bilim berishda ko’rgazmalilik qoidasining roli.
3. Tabiatshunoslik darslarida bilimlarni puxta o’zlashtirish qoidasi.
4. O’quv ishlarini yakka tartibda olib borish qoidasi.
Tayanch iboralar: «onglilik qoidasi», «ijodiy faollik qoidasi», «ko’rgazmalilik qoidasi», «ko’rgazmali
vositalar», «bilimlarni puxta o’zlashtirish qoidasi», «yakka tartibda bilim berish
qoidasi».
O’quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi qoidasi - o’quvchilarning o’qishga ongli va ijodiy
munosabatda bo’lishlarini; o’rganilayotgan materialni tushunib olishlari va tushunganlarini ifodalay
olishlarini; o’qish mehnatini ijodiy xarakterda bo’lishini; bilimlardan amaliyotda ongli qo’llanilishi va ularni
ishonchga aylanishini o’z ichiga oladi. Bu tamoyil o’qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda
o’quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo’llash metodlarini ongli va faol egallab oladigan, ularda
ijodiy tashabbuskorlik va o’quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq rivojlanadi.
O’qitishda onglilik tamoyili o’quvchilarning o’z o’quv ishlarining aniq maqsadlarini aniq
tushunishlarini, o’rganilayotgan narsa, hodisa, jarayonlar va ular o’rtasidagi bog’lanishni tushungan holda
o’zlashtirib olishlarini, olingan bilimlarni amaliy faoliyatda qo’llay olishlarini bildiradi.
Onglilik tamoyilini amalga oshirishda bosh rol o’qituvchiga taalluqlidir, u o’quvchi oldida turgan
vazifalarni aniq qilib ifodalashi va ularni yaxshilab bajarishga qiziqish uyg’otishi kerak.
O’qitishda onglilikni namoyon bo’lishining oliy shakli o’quvchilarning ijodiy faolligidir, u gerbariy,
maket, model, mulyaj tayyorlash, o’tkazilgan kuzatishlarni ta‘riflash va o’qituvchi taklif qilgan mavzu
bo’yicha bajarilgan ishlar asosida kichik axborot tayyorlash bilan bog’liq bo’ladi.
O’qitishning ko’rgazmalilik qoidalari. Ko’rgazmalilik tamoyili o’qitish jarayonida turli sezgilardan:
ko’rish, eshitish, badan bilan sezish va boshqalardan foydalanishni talab etadi. O’quvchilar buyumni
qanchalik darajada idrok qilishsa, ularning shu buyum haqidagi bilimi ham shunchalik to’la va chuqur
bo’ladi. Ko’rgazmalilik tamoyili o’qitish maqsadlariga mos bo’lib, materialning mazmuni bilan belgilanadi.
Bu materialni o’rganish esa o’quvchilarni chinakam ilmiy va hayotiy muhim bilimlar bilan qurollantirishi
kerak. Mashg’ulotlarda turli xil ko’rgazmali qurollarni qo’llash o’quvchilarning fikrlash faoliyatini
faollashtiradi, ularning diqqatini safarbar etadi. Shuning uchun ko’rgazmali vositalar o’qitishning hamma
bosqichlarida: o’quvchilarning yangi materialni idrok qilishlarida, bilimlarni mustahkamlashda, tekshirish
hamda amaliy faoliyatda va ishda qo’llashlarida, mehnat ko’nikmalari va malakalarini hosil qilishda tadbiq
etiladi.
Ko’rgazmalilik qoidalaridan foydalanishning asosiy vazifasi o’quvchilarning bilish faoliyatlarini
faollashtirishdir. Bu printsip atrof olamni bevosita qabul qilib olish asosidagi o’qitishni nazarda tutadi.
Ko’rgazmalilik tamoyiliga rioya qilish tabiatni o’rganishning dastlabki bosqichlarida, ayniqsa muhimdir,
chunki kichik yoshdagi maktab o’quvchilari ko’rganlaridan hosil qilgan xususiy taassurotlari asosida to’g’ri
tushuncha va xulosalar hosil bo’lishiga yordam beruvchi qimmatli bilimlar olishlari kerak.
3
3
3
1
1
1
Tabiatshunoslik bo’yicha dasturning organizmlar hayotini tabiiy sharoitlarda o’rganishga, tirik tabiat
burchagida, maktab oldi uchastkasida kuzatishlar o’tkazish, tajribalar qo’yishga imkon beruvchi
metodlarning qo’llanilishini, ya‘ni o’quvchilarning bevosita ko’z bilan yoki bevosita ko’rib, atrof olamning
jism hamda hodisalari bilan yoki ularning tasvirlari bilan tanishishi deb tushuniladigan ko’rgazmali
tamoyildan foydalanishni nazarda tutishi tasodifiy emas.
Tabiatshunoslikni o’qitishdagi ko’rgazmalilikni mashg’ulotlar jarayonida faqat tabiiy jismlar (tirik
tabiat burchagidagi, zooparkdagi o’simliklar, hayvonlar, gerbariylar, kollektsiyalar), foydalaniladigan yoki
tajriba ko’rinishidagi hodisalarni eslatuvchi predmetli ko’rgazmalilikka va tabiat jismlari yoki hodisalarining
surat, tablitsa, doskadagi rasm, model, mulyaj, diapozitiv, kinofilm, xarita, sxema va boshqalardan
foydalaniladigan tasviriy ko’rgazmalilikka ajratish maqsadga muvofiqdir.
Predmetli va tasviriy ko’rgazmalilikni amalga oshirish asosida o’qitish, ayniqsa bolalar
taraqqiyotining ertangi bosqichlarida, tafakkurni, kuzatuvchanlikni faollashishiga yordam beradi,
o’rganilayotgan masalalarga o’quvchilar qiziqishini oshiradi. Ularni oddiy tadqiqotlar olib borishga
o’rgatadi, bilimlarni faol qabul qilishga yordamlashadi, ularni o’zlashtirib olish jarayonini osonlashtiradi,
bilimlarning mustahkamligini ta‘minlaydi.
Bilimlarni puxta o’zlashtirish qoidasi. Ilmiy bilimlarni egallash o’quvchilarning xotirasi, mantiqiy
tafakkuri, ijodiy faolligi va mustaqilligini rivojlantirishga yordam beradi. Lekin hosil qilingan bilim,
ko’nikma va malakalarning kelgusida ilmiy bilimlar tizimini o’zlashtirib olishda asos bo’lib xizmat qilishi
uchun ular puxta o’zlashtirilgan, yaxshi mustahkamlangan bo’lishi va o’quvchilarning xotirasida uzoq vaqt
saqlanishi kerak. Puxtalik tamoyilining talablari shulardan iborat bo’lib, bularga rioya qilmaslik
o’quvchilarning o’zlashtirmasligiga, o’qishda orqada qolishiga sabab bo’ladi.
Bu tamoyil olingan bilimlarni, shakllantirilgan uquv hamda ko’nikmalarni o’quvchilar xotirasida
uzoq saqlanishini nazarda tutadi. O’quvchilar bilimining puxta bo’lishi o’qituvchining ko’rsatib o’tilgan
tamoyillardan o’quvchilarning taraqqiyot saviyasi hamda qiziqishiga qanchalik muvofiq tarzda
foydalanishiga bog’liq.
Bilimlarni puxta bo’lishiga erishish uchun avvalo, o’quv yilit boshlanishida ilgari o’tilgan materialni
yangi bilimlarning o’zlashtirilishi ongli bo’lishi uchun tiklash zarur. Birinchi navbatda, dasturning yangi
material bilan ko’proq bog’liq bo’lgan bo’limlarini takrorlash lozim. Bunda o’qituvchi o’quvchilar yangi
mavzuni asosli ravishda tushunishlari va o’zlashtirib olishlari uchun uning barcha hajmini emas, balki asosiy
mazmunini berishi kerak.
O’qitishni yakka tartibda olib borish qoidalari. Har bir o’quvchi o’zining shaxsiy xususiyatlariga
egaki, ular uning o’quv faoliyatiga katta ta‘sir etadi. O’qituvchining bu xususiyatlarni o’rganishi va hisobga
olishi o’qitish sifatini oshirish va har bir o’quvchining ijobiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit
yaratadi. O’quvchining xususiyatlarini bunday o’rganish uzoq vaqt mobaynida olib boriladi. O’qituvchi
o’quvchilarning darslardagi faoliyatini uy vazifalarini bajarishini kuzatadi, yozma ishlarini tekshiradi,
darsdan tashqari vaqtlarda ular bilan suhbatlashadi. O’quvchining kuchli va ojiz tomonini bilib olishga, uning
qiziqishlari, tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, xayoliga xos bo’lgan xususiyatlarni o’rganishga uning fe‘l-
atvori va irodasini yaxshi bilib olishga harakat qiladi.
3
3
3
2
2
2
O’rta ta‘lim tizimini isloh qilish sharoitida bolalarning individual xususiyatlarini o’rganish tobora
katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Har bir maktab o’quvchchisi muayyan axborot va individual
xususiyatlarga ega, bu xususiyatlar ularning bilimlarni o’zlashtirish jarayonlariga ta‘sir ko’rsatadi. Biroq
o’qitish jarayonida bolalar guruhida bilimlarni o’zlashtirish darajasi bir xil bo’lishi mumkin.
Binobarin, bolalar taraqqiyotiga to’g’ri keladigan umumiylikni aniqlash mumkin. U rivojlanish
darajasi, bilim zaxirasi, fikrlash xarakteri, faoliyat va xulq-atvor, bahonalarining o’xshashligi bo’lishi
mumkin.
O’qituvchi sinfda ish olib bora turib, har bir o’quvchi Bilan yakka tarzda ishlash, ijobiy hislarni
rivojlantirish, salbiylarni bartaraf etish, sinfni jamoa ishiga tortish maqsadida har bir bolaning shaxsiy
qobiliyatini o’rganish va hisobga olish zarurligini unutmasligi kerak.
O’qituvchining o’z o’quvchilarini yaxshi bilishi ularda individual yondoshishning asosi hisoblanadi,
buning uchun u doim o’quvchilarni kuzatib, har xil faoliyat jarayonida o’rganib boradi. O’quvchilarning
qanday o’zlashtirayotganligidan qat‘iy nazar, ularning hammasiga individual yondoshish kerak. Darsni
o’zlashtirishga qiynalayotganlarga o’z vaqtida qo’shimcha yordam ko’rsatish zarur. O’qituvchi har bir
topshiriqni o’quvchining individual xususiyatlarini, shu topshiriqni uddalay olishini, o’rganilayotgan
ob‘ektga nisbatan qiziqishini hisobga olgan holda berishi kerak.
O’quvchilarga individual yondoshishga asoslangan o’qitish jarayoni o’quv materialining
muvaffaqiyatli o’zlashtirilishini,b bolaning aqliy rivojlanishini ta‘minlaydi, axloqiy me‘yorlarni singdiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |