O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/87
Sana30.12.2021
Hajmi1,2 Mb.
#91909
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87
Bog'liq
tabiatshunoslikni oqitish metodikasi

Tushunarli  bo’lish  tamoyili  o’rganilayotgan  materialning  mazmuni,  hajmi  va  o’qitish  metodlari 
o’quvchilarning  yoshiga,  tayyorgarlik  darajasiga  mos  bo’lishini  talab  etadi.  O’qitishni  tushunarli  qilish 
degani  uni  oson  qilish  lozimligini  bildirmaydi.  O’qitishning  tushunarliligi  o’quvchi  imkoniyatlarining  eng 
yuqori chegarasi va uni asta-sekin oshirib borish bilan belgilanadi. Ta‘lim jarayonining borishida o’quvchilar 
oldiga qo’yiladigan o’quv va mehnat topshiriqlarini izchillik bilan murakkablashtirib borish o’quvchilarning 
aqliy imkoniyatlari va jismoniy kuchlarini rivojlantiradi. O’quv materialining mazmuni shunday tanlanishi 
va tuzilishi kerakki, o’quvchilar uni o’zlarining oldingi bilimlari bilan bog’lay oladigan va uni tushunishda 
qiynalishmasin. 
Uzoq  vaqtlar  boshlang’ich  sinflarda  tabiatshunoslikni  mustaqil  o’quv  predmeti  sifatida  o’qitilishi 
yetarli  darajada  qadrlanmadi.  U  goho  tabiiyot  nomi  bilan  saqlanib  keldi,  goho  predmetli  darslar  va  izohli 
o’qish  bilan  almashtirildi.  60-yillardan  boshlab  tabiatshunoslik  mustaqil  predmet  sifatida  o’qitilmoqda. 
Hozirgi  vaqtda  maktab  tabiatshunoslik  kursining  mazmuni  zamonaviy  fan  taraqqiyoti  darajasiga  muvofiq 
keladi.  Tabiatshunoslik  dasturi  o’lkashunoslik  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  tuzilgan,  boshlang’ich 
maktabdagi tabiatshunoslik ta‘limining mazmuni esa botanika, zoologiya, ekologiya, odam anatomiyasi va 
fiziologiyasi, jug’rofiya fanlarining hozirgi taraqqiyotiga muvofiq keltirilgan. 


 
 
 
2
2
2
8
8
8
 
 
 
Tabiatshunoslikni  o’qitishda  ilmiylik  qoidasi:  hozirgi  zamon  fanida  qat‘iy  qaror  topgan  qoidalarni 
o’quvchilarga  o’zlashtirish  uchun  taklif  qilinishini  nazarda  tutadi.  Tabiatshunoslik  bo’yicha  ilmiy 
bilimlarning  egallab  olinishini  ta‘minlash  uchun  kichik  yoshdagi  maktab  o’quvchilarining  idrok  qila  olish 
imkoniyatlarini  hisobga  olgan  holda  eng  muhim  ilmiy  ma‘lumotlarni  tanlab  olish  kerak.  O’quvchilarning 
idrok qila olish imkoniyatlari jismoniy kuch va aqliy kuchlanish talab qiluvchi o’quv mavzulari va amaliy 
masalalarni izchillik bilan murakkablashib borishi jarayonida kengayib boradi. Qiyinchilik xarakterini to’g’ri 
aniqlash  o’quvchilarning  idrok  qilish  imkoniyatlarini  kengayib  borishiga,  o’quv  materialini  izchillik  bilan 
murakkablashib  borishiga  yordam  beruvchi  metodik  variantni  tanlab  olishga  imkon  beradi.  Bu 
o’quvchilarning  aqliy  taraqqiyotini  asta-sekin  ko’tarilishiga  va  ilmiy  bilimlarni  chuqurroq  o’zlashtirib 
olinishiga imkon beradi. 
O’quv  materialining  ilmiyliligi  tushunarli  bo’lish  bilan  uyg’unlashishi  kerak.  Bunga  uni 
o’quvchilarning  akliy  va  ruhiy  rivojlanishiga,  shuningdek  ularning  tayyorgarligiga  moslashtirish  bilan 
erishiladi. Tabiiyotshunoslik materiallari mazmunining tushunarliligi kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida 
o’qishga  qiziqish  uyg’otadi,  aqlga  ozuqa  beradi,  mantiqiy  fikrlashga,  taqqoslash  va  xulosalar  chiqarish, 
amaliy masalalarni yechishga majbur qiladi. 
Nazariyani amaliyot bilan bog’lash 
 
Ilmiy  bilimlar  kishilarning  ishlab  chiqarish  faoliyati  ehtiyojlari  asosida  paydo  bo’lib,  ana  shu 
faoliyatga  xizmat  qilganligi  va  hayot  bilan  bog’langanligi  sababli,  bu  bilimlarni  egallash  uchun  ularning 
mazmunini o’zlashtirib olishgina emas, balki bilimlarni amalda qo’llay bilish ham zarur. 
O’quvchilarni  amaliy  faoliyatga  tayyorlash  nazariy  bilimlar  berish  jarayonida  boshlanadi. 
Keyinchalik  u  tajriba  va  mamaliy  mashg’ulotlarda  davom  ettiriladi.  Bu  mashg’ulotlarda  o’quvchilar 
o’qituvchi  rahbarligida  tajriba  sharoitida  olingan  bilimlarning  ishonarli  ekanligini  tekshiradilar,  ularni 
mustahkamlaydilar va chuqurlashtiradilar hamda ularda anna shu bilimlarni amalda qo’llash ko’nikmalari va 
malakalari hosil bo’ladi.  
Nazariyani  amaliyot  bilan  bog’lash  o’quvchilarni  amaliy  masalalarni  hal  qilishda  nazariyaning 
ahamiyatini  tushunishga  olib  keladi,  bu  uning  o’zlashtirish  sifatini  ko’taradi.  Bu  qoida  mehnat  ta‘limi  va 
o’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash vazifalarini hal qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. 
O’qitishda  nazariya  bilan  amaliyotning  bog’lanish  xarakteri  o’quv  predmetining  mazmuni  bilan 
taqozo qilinadi. Tabiatshunoslikda nazariy bilimlar o’quvchilarni tabiatning u yoki bu hodisalari bilan amaliy 
tanishtirish jarayonida puxtaroq o’zlashtirib olinadi. Bunda amaliyot o’quvchilarni nazariyani o’zlashtirishga 
qiziqtirish  uchun  undan  oldinroq  kelishi  mumkin.  Chunonchi,  «Tabiatda  bahor»  mavzusida  (3-sinf)  uni 
o’rganish  bo’yicha  amaliy  ishlar  ekish  (ildiz  mevalarning  hosiliga  ekinlar  zichligining  ta‘sirini  aniqlash 
uchun urug’lar ekish), keyin esa mavzuni o’rganishda amaliy ish natijalarini tahlil qilish ma‘qul bo’ladi. 
Tabiatshunoslik darslarida nazariyani amaliyot bilan bog’lanishini amalga oshirishga  maktab  yoki 
jamoa xo’jaligi qurtxonasida ipak qurti ustidan kuzatishlar va shuningdek «G’o’za», «Poliz ekinlari», «G’alla 
ekinlari», «Sezgi organlari», «Yurak va qon» mavzulari (3-sinf) bo’yicha amaliy ishlar o’tkazilishi yordam 
berishi mumkin. 


 
 
 
2
2
2
9
9
9
 
 
 
O’quvchilarning  tirik  tabiat  burchagidagi  (o’simliklarni  ekish  va  ko’paytirish),  shuningdek 
o’simliklarning suvga, issiqlikka, yorug’likka ehtiyojini  (piyoz va balzaminni o’stirish misolida — 2-sinf), 
gul  manzarali  o’simliklarining  o’sishi  va  rivojlanishiga  organik  va  mineral  o’g’itlarning  ta‘sirini  (3-sinf); 
pomidorning  pishishi  va  hosildorligiga  bachkilarning  ko’chirib  o’tqazilishining  ta‘sirini  aniqlash  bo’yicha 
tajribalar  (4-sinf)  o’tkazish  bilan  bog’liq  bo’lgan  o’quv-tajriba  uchastkasidagi  mehnat  jarayonida  nazariya 
bilan amaliyot bog’lanishi yaxshi amalga oshadi. 
Tabiatshunoslik darslarida nazariyaning amaliyot bilan bog’lanishini amalga oshirib borishda shuni 
esda tutish kerakki, o’quvchilarning amaliy faoliyati ularning nazariy bilimlarni o’zlashtirib olishga bo’lgan 
intilishlarini bo’shashtirmasligi lozim. Amaliy ishlar uchun shunday ob‘ekt va tajribalarni tanlash kerakki, 
ular nazariy qoidalarni tasdiqlash va bilimlarni chuqurlashtirish uchun xizmat qilsin. 
Tabiatshunoslikni  o’qitishda  nazariyani  amaliyot  bilan  bog’lanishi  uning  barcha  bosqichlarida 
amalga  oshirilmog’i  va  nazariy  bilimlarning  chuqurlashishiga  va  amaliy  faoliyatga  tayyorlashga  yordam 
berishi  kerak.  O’rganiladigan  nazariy  bilimlarning  mazmuniga  qarab,  dars  va  darsdan  tashqari 
mashg’ulotlarning  har  xil  shakllari,  masalan,  laboratoriya  ishlari,  ekskursiyalar,  amaliy  mashg’ulotlar, 
ijtimoiy-foydali  mehnatdan  foydalanilishi  mumkin.  Tajriba  va  laboratoriyalar  o’quvchilar  amaliy 
faoliyatining  muhim bosqichi bo’lib, ular egallab olgan nazariy bilimlari asosida ko’nikmalar  va  malaklar 
hosil qiladilar. Shu bilan birga nazariy bilim to’ldirilib va aniqlashtirilib boriladi. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish