NERV SISTEMASIGA TA’SIR ETADIGAN
(NEYROTROP) VOSITALAR
Ma’lumki, nerv sistemasi odam va hayvon organizmi
uchun zarur va ahamiyati kattadir. Zero, u deyarli hamma
to‘qimalar, a’zolar va butun organizmning turli faoliyatini
nazorat qiladi, boshqaradi va unda qatnashadi.
Umumiy nerv sistemasi asosan: markaziy va periferik
tizimlardan tashkil topgan. Ularga tanlab ta’sir etadigan dori
vositalari neyrotrop dori vositalari deyiladi va ular tibbiyot
amaliyotida turli kasalliklarni bartaraf etishda va oldini olishda
bemorlarga davo ko‘rsatish uchun keng miqyosda ishla-
tiladi. Chunki ularning ko‘pchiligi ancha samarali va
ishonchli hisoblanib, tibbiyotning deyarli barcha sohalari
(xirurgiya, psixiatriya, terapiya, nevrologiya va boshqalar)da
qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |