Melliktin. Miorelaksatsion ta’sir mexanizmiga ko‘ra diðla-
tsinga yaqin. Ichak tizimidan yaxshi so‘riladi va ichish uchun
beriladi. Shu sababli melliktin mushaklarning surunkali ka-
salligida, spastik qisqarishida, Parkinson kasalligida tavsiya
etiladi.
Ditilin. Òa’sir etish mexanizmi bo‘yicha depolarizator
hisoblanadi. Òezda gidrolizlanish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun
mushaklarni bo‘shashtiradigan ta’siri 3—7 daq. davom etadi.
Antixolinesteraz preparatlar (prozerin) ditilin ta’sirini kuchay-
tiradi. Ditilin kumulatsiya bermaydi. Asosan, qisqa muddatli
amaliyotlarda (ezofagoskopiya, bronxoskopiya, gastroskopiya,
intubatsiya va boshqalar), ditilinni qayta yuborib uzoq muddatli
operatsiyalar bajarish vaqtida (efir, azot (I) oksidi va boshqa
narkoz moddalari bilan birga) ishlatiladi. Bemor sun’iy ravishda
nafas olib turishi shart.
Ditilin nafas sustlashganda, glaukomada tavsiya etilmaydi.
Dioksoniy. Òa’sir mexanizmi bo‘yicha ikkala guruh tarkibiga
kiradi. Chunki preparat 1-bosqichda depolarizatsiyalovchi,
2-bosqichda esa antidepolarizatsiyalovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Mushaklarni bo‘shashtiruvchi ta’siri bo‘yicha diðlatsin va
tubokurarindan kuchliroq. Preparat venaga yuborilgandan
so‘ng 1,5—3 daq. ichida ta’siri boshlanib, 20—40 daq. davom
etadi. Dioksoniy jarrohlik amaliyotlarida va qoqshol kasalligida
ishlatiladi.
101
Preparatlar.
Ò u b o k u r a r i n x l o r i d (Tubocurarinum chloridum)
1% li eritmasi 2—5 ml dan ampulada yoki quruq tubokurarin
0,01 g li ampulalarda ishlab chiqariladi. Venaga 1% li eritma
1 ml dan, qayta yuborilganida dozaning 2/3 qismi buyuri-
ladi. Preparatning umumiy miqdori 0,04 g dan oshmasligi
lozim.
D i ð l a t s i n d i x l o r i d (Diðlacini dichloridum) 2% li
eritmasi 5 ml dan ampulada chiqariladi. 2%li eritmasi 8—15
ml venaga yuboriladi. Òa’siri uzoqroq bo‘lishi uchun
boshlang‘ich dozaning 2/3 qismigacha qayta buyurish mumkin.
Efir bilan birga ishlatilsa, ta’siri kuchayadi. Shuning uchun
ularning dozasi kamroq olinishi talab qilinadi.
M e l l i k t i n (Mellictinum) alkaloid. 0,02 g dan kukun,
tabletka holida ishlab chiqariladi. 0,02 g li tabletkasi kuniga
1—5 tagacha ovqatdan 1 soat oldin beriladi.
D i t i l i n . (Dithylinum) 2% li eritmasi 5 ml dan ampulada
yoki 0,1—0,25—0,5 g li sterillangan kukun holida ampulada
ishlab chiqariladi. Venaga 1—2 mg/kg, mushaklarni qisqa
muddatga bo‘shashtirish uchun. Òa’siri uzoqroq bo‘lishi uchun
oldin venaga 1%li eritmadan 1—1,5 ml yuboriladi. Bemor
sun’iy nafas olish tartibiga o‘tkaziladi va qaytadan 1% li
eritmadan 10—20 ml yuboriladi.
D i o k s o n i y (Dioxonium) 0,1% li eritmasi 5 ml dan
ampulada ishlab chiqariladi. Bemorning har bir kg vazniga
0,00003—0,00005 g, 0,1% li eritmasi 2—4 ml dan venaga
yuboriladi.
Rp.: Sol. Tubocurarini chloridi 1%—2 ml
D.t.d.N. in ampullis
S. Operatsiya xonasiga.
#
Rp.: Sol. Dithylini — 2%—5 ml
D.t.d.N. 5 in ampullis
S. Operatsiya xonasiga.
#
Rp.: Tab. Mellictini — 0,02 N.10
D.S. 1 tabletkadan kuniga 1—2 marta ichiladi.
102
Do'stlaringiz bilan baham: |