Farmakologiya


Nitrofuran, oksixinolin va naftiridin unumlari



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet322/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Nitrofuran, oksixinolin va naftiridin unumlari
Nitrofuranlar. Ular 5- nitrofuranning unumlari bo‘lib,
nitroguruh hisobiga bir qator mikroorganizmlarga bakteriostatik
ta’sir etadi va o‘z farmakologik ta’siri va ishlatilishi bo‘yicha
sulfanilamidlarga yaqin turadi. Kimyoterapevtik ta’siri bo‘yicha
ular grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga (stafilo-
kokk, streptokokk, enterokokk, ichak tayoqchasi, qorin tifi
tayoqchasi, salmonellalar, shigellalar, paratif va dizenteriya bak-
teriyalari, zamburug‘lar, viruslar) teng bo‘lib, sulfanilamid-
lardan ustun turadi. Nitrofuran katta konsentratsiyada bakte-
ritsid ta’sir ko‘rsatadi. Ularning mikroorganizmlarga bo‘lgan
bu xil ta’siri degidrogenaza fermentining tormozlanishi va
oksidlanish-qaytarilish jarayonida qatnashishining chegarala-
nishi bilan izohlanadi. Natijada mikro-organizmlarning ener-
getik balansi, hujayra hayoti izdan chiqadi.
Nitrofuranlar sulfanilamid va antibiotiklarga chidamli
bo‘lgan yuqumli kasalliklarda kam naf ko‘rsatadi. Allergiya
holatini deyarli keltirib chiqarmaydi. Nitrofuranlar ta’siriga
mikroorganizmlarning o‘rganib qolishi sekin-asta yuzaga chiqishi
mumkin. Ko‘pchilik preparatlar mahalliy ta’sir ko‘rsatib,
yaraning bitishini tezlashtiradi. Ayrim nitrofuran preparatlari
tanada metabolizmga uchramagani uchun buyrak orqali
chiqayotganida o‘z antibakterial xususiyatini saqlaydi. Shuning
uchun ham ular uroantiseptik sifatida peshob yo‘llarining
yallig‘lanishi bilan bog‘liq xastaliklarda keng ishlatiladi. Bundan
tashqari, ular jarrohlik, ginekologiya, gastroenterologiyada
kimyoterapevtik va antiseptik preparatlar kabi beriladi. Masalan,
yiringli va anaerob infeksiyada, teri yiringli kasalliklari, angina,
konyunktivit, dizenteriya, ovqat toksikoinfeksiyasi, enteroko-
lit, osteomiyelit, peritonit, sepsis, lamblioz, trixomonoz va
boshqalarda ham qo‘llaniladi.
Nitrofuranlarni uzoq muddat davomida qo‘llash tavsiya
etilmaydi. Chunki ular noxush holatlarga (ko‘ngil aynishi, qayt
qilish, ishtahaning yo‘qolishi, qorinda og‘riq sezish va hokazo-
lar) sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun nitrofuranlarni
7—14 kun davomida berish maqsadga muvofiq.
Furatsilin nitrofuran preparatlari orasida keng ishlatiladigan
antiseptik preparat hisoblanib, 0,02% li eritmasi og‘izni


331
chayish, yaralarni yuvish uchun qo‘llaniladi. O‘tkir dizente-
riyada 0,1 g dan ichish uchun ham tavsiya etiladi.
Furadonin va furagin, asosan, peshob yo‘llari infek-
siyasida, furazolidon esa trixomonadoz, lambliozda ham keng
qo‘llaniladi. Keltirilgan preparatlar antibiotiklar (penitsillin,
streptomitsin, levomitsetin va boshqalar) bilan qo‘shib berilsa,
ta’sir samarasi ancha yuqori bo‘ladi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish