Farmakologiya


C vitamini (askorbin kislota)



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

C vitamini (askorbin kislota). Ushbu kislota ko‘katlarda,
sabzavotlarda, sitrusli va boshqa mevalarda ko‘p uchraydi.
Masalan, 1 ml limon sharbatida 0,5 mg C vitamini bor.
Askorbin kislota va uning oksidlangan mahsuloti degidroaskorbin
kislota uglevodlar almashinuvini idora etadi, oksidlanish va
qaytarilish  reaksiyasi bilan kechadigan biologik jarayonlarda
qatnashadi. U fermentlar — sulfgidril guruhning funksional
faolligi, kollagen va hujayraning ichki tuzilishi uchun zarur.
Askorbin kislota yana qonning ivuvchanligini kuchaytiradi,
gemoglobin va eritrotsitlarning ishlab chiqarilishiga, immu-
nobiologik tizimlarga, folat kislotaning tetragidrofolatga o‘tish
jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Yaralar bitishini hamda buyrakusti
bezlaridan gormonlar ishlab chiqarilishini tezlashtiradi, suyak,
tog‘ay va tish to‘qimasini mustahkamlaydi, qon tomirlar devori
o‘tkazuvchanligini kamaytiradi.
Askorbin kislota yetishmasligi singa kasalligiga olib keladi. Bu
xil avitaminoz milklardan qon ketishi, teriosti, mushaklar
orasida, bo‘g‘imlarga qon yig‘ilishi bilan kechadi. Bunda nor-
motsitar kamqonlik, umumiy nimjonlik, kasalliklarga beriluv-
chanlik, quvvatsizlik alomatlari namoyon bo‘ladi.
Askorbin kislota tanada hosil bo‘lmaydi va to‘planmaydi,
shuning uchun tanaga ovqat moddalari bilan tushib turishi
zarur. Katta yoshli odamning askorbin kislotaga sutkalik ehtiyoji
70—120  mg gacha. Ayrim hollarda (og‘ir kuyish, me’da yarasi
va boshqa xil xastaliklar sababli) kam ovqatlanish natijasida
ham avitaminoz holati ro‘y berishi mumkin. C vitamini
termolabil, ya’ni yuqori haroratga chidamsizdir. Shuning uchun
qaynatilgan yoki qovurilgan taomda parchalanib ketadi.
Askorbin kislota tibbiyot amaliyotida ko‘pgina kasalliklarning
oldini olish va davo qilish maqsadida beriladi. Òananing yuqumli
kasalliklarga nisbatan chidamliligini oshirish, uni baquvvat
qilish askorbin kislota miqdorining yetarli bo‘lishiga bog‘liq.
P vitamini. Flavonoidlar tarkibiga kiruvchi ayrim moddalar
P vitamini nomi bilan ataladi. Ular, asosan, choy bargi, sitrus
o‘simliklari, na’matak tarkibida ko‘plab uchraydi. Ushbu vitamin
askorbin kislota bilan birgalikda oksidlanish va qaytarilish


307
reaksiyalarida qatnashib, gialuronidaza fermenti faolligini susay-
tiradi, kapillar qon tomirlari devorining o‘tkazuvchanligini va
mo‘rtligini kamaytiradi. Rutin preparati gemorragik diatezlar,
kapillarotoksikozlar,
revmatizm, allergik kasalliklarda keng
qo‘llaniladi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish