Farmakologiya


Buyrakusti bezi gormonal va antigormonal



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Buyrakusti bezi gormonal va antigormonal
 preparatlari
Ma’lumki, buyrakusti bezlari ikki qavatdan iborat: ichki
— miya qismi va tashqi — po‘stloq qavati. Miya qismidan
adrenalin, bezning po‘stloq qismidan esa 40 dan ortiq steroid
tuzilishli gormonlar ishlab chiqariladi. Ular uchta guruhga
ajratiladi:
1. Glukokortikoidlar: gidrokortizon, kortizon, degidrokorti-
kosteron, kortikosteron.
2. Mineralokortikoidlar: aldosteron, 11-dezoksikortikosteron,
11- dezoksi-17- oksikortikosteron.
3. Jinsiy gormonlar: androsteron, androstendion, estron,
progesteron.
Kortikosteroidlar xolesterin va asetilkoenzim A dan hosil
bo‘ladi. Glukokortikoidlarning ishlab chiqarilishi giðofizning
AKÒG gormoni ta’sirida kuchayadi. Mineralokortikoidlarning
ishlanishi ekstrasellular suyuqlik hajmi hamda plazmadagi
natriy va kaliy ionlari miqdoriga bog‘liq.
Gidrokortizon va uning efirlari (asetat, suksinat) tibbiyot
amaliyotida keng ishlatiladi. Gidrokortizon modda almashinuviga
(uglevod almashinuviga ham) ta’sir etadi. Jigarda glikogenning
glukozaga o‘tishini kuchaytirib, qondagi qand miqdorini ko‘-
paytiradi. Glukozuriya (qandning siydik bilan chiqishi)
kuzatilishi mumkin.
Gidrokortizon yog‘ almashinuviga ta’sir etib, yuzda, bo‘-
yin, yelkada yog‘ yig‘ilishiga olib keladi. Suv-tuz almashinuviga
mineralokortikoidlar singari ta’sir etadi, tanada natriy ionlari
(reabsorbsiyaning ortishi hisobiga) ushlanib qolib, kaliy
ionlarining chiqarilishi (sekretsiyasi) ortadi. Natijada plazmaning
hajmi ortadi va arterial bosim ko‘tariladi. Kalsiy ionlari chiqib
ketishi tufayli osteoporoz — suyaklar tarkibidagi kalsiyning
kamayishi tufayli suyaklar mo‘rt bo‘lib qolishi kuzatiladi. Gid-
rokortizon yallig‘lanishga qarshi va immunodepressiv (immun
sistemaning pasayishi) ta’sirga ega.
Glukortikoidlarning amaliy tomondan ahamiyatli xossasi
allergiyaga va yallig‘lanishga qarshi ta’siridir. Ular biriktiruvchi
to‘qima rivojlanishini kamaytiradi. Antitoksik va shokka qarshi
ta’sirga ham ega.


293
Gidrokortizon giðotalamo-giðofizar-buyrakusti bezi tizi-
miga susaytiruvchi ta’sir etib, AKÒG ishlanishini kamayti-
radi. Shu sababli gidrokortizonni qabul qilish birdan to‘xtatilsa
buyrakusti bezi yetishmovchiligi kelib chiqadi. Bunday holda
tezda gidrokortizon gemisuksinat venaga yuborilishi talab qilinadi.
Gidrokortizon parenteral va mahalliy ravishda qo‘llanadi.
Kortizon faqat faolligi jihatidan gidrokortizondan farq qiladi
(taxminan 1,5 marta kuchsizroq), qolgan barcha xususiyatlari
o‘xshash. Uning analogi kortizon asetat preparati ichga va
mushak orasiga yuboriladi.
Qolgan glukokortikoid preparatlar ham farmakologik xusu-
siyatlariga ko‘ra gidrokortizonga yaqin turadi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish