Farmakologiya


Me’daosti bezi gormoni va diabetga qarshi



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Me’daosti bezi gormoni va diabetga qarshi
sintetik preparatlar
Ma’lumki, me’daosti bezi ekskritor va inkritor faoliyatga
ega. Ekskritor funksiyasi ovqatning hazm bo‘lishida qatnasha-
digan fermentlar ishlab chiqarish bilan ta’riflansa, inkritor
funksiyasi esa bezda joylashgan Langergans orolchalari  va -
hujayralarining gormonlar ishlab chiqarishi bilan bog‘liq.
Insulin gormoni -hujayradan, glukogan esa -hujayralardan


288
ishlab chiqariladi. Bulardan ahamiyatlisi insulin gormoni
hisoblanadi. Uning ishlab chiqarilishi birinchi galda uglevod va
yog‘ almashinuvini izdan chiqaradi va qandli diabet kasalligi
rivoj topadi.
Insulinning asosiy ta’siri uglevod almashinuviga qaratilgan
bo‘lib, uni boshqaradi. Bundan tashqari, u boshqa modda
almashinuviga ham bilvosita ta’sir etadi.
Insulinning farmakologik ta’siri natijasida:
— to‘qimalarda (asosan, jigarda) glikogen shaklida yig‘ilishi
hisobiga qondagi qand (glukoza) miqdori kamayadi. Yog‘ va
oqsillardan glukoza hosil bo‘lishi tormozlanadi;
— qondagi glukozaning to‘qima hujayralariga kirishi va
uning sarflanishi ta’minlanadi;
— modda almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan chala
oksidlangan moddalar (keton tanalar) hosil bo‘lishi kamayadi
va oksidlanishi tezlashadi;
— oqsil va yog‘ sintezi ortadi.
Insulinning ta’sir mexanizmida uning to‘qima hujayralari
pardasidan glukozaning o‘tishini ta’minlashi va sarflanishi katta
ahamiyatga ega deb qaraladi.
 Òurli sabablarga ko‘ra (irsiy faktor, alimentar — ovqat
faktori, giðodinamiya — kamharakatlik, asab faktori va
boshqalar) insulinni yetarli miqdorda ishlab chiqarilmasligi
natijasida modda almashinuvlari, ayniqsa, uglevod almashinuvi
buziladi. Glukozaning to‘qima hujayralariga kirishi va sarflanishi
hamda glukozaning glikogenga o‘tishi kamayadi. Qonda qand
miqdori oshadi (giðerlikemiya), oqsil va yog‘lardan glukoza hosil
bo‘lishi ortadi. Glukozaning ma’lum miqdorda qonda ko‘payishi
uning siydik bilan chiqishiga (glukozuriya) olib keladi.
Insulin garchand sintez qilingan bo‘lsa-da, tibbiyotda uni
ancha arzon usul bilan so‘yilgan molning (cho‘chqaning ham)
me’daosti bezidan ajratib olinadi. Keyingi paytda gen muhan-
dislik usuli bilan odam insulini ham olingan.
Qandli diabetga duchor bo‘lgan bemorlarga davo ko‘rsa-
tishda parhezning ahamiyati kattadir. Kasallikning yengil
shaklida parhez tutishning o‘zi yetarlidir. O‘rtacha va og‘ir
holatlarda insulin va uning ta’sir etish muddati uzaytirilgan
preparatlari ishlatiladi. Ularga protamin — rux insulin suspen-


289
ziyasi, kristallsimon suspenziya, rux insulinlar va boshqalar kiradi.
Ularning ta’siri 24—40 soatgacha bo‘lishi mumkin (33-rasm).
Bular bir kunda 1 marta yoki ikki kunda 1 marta yuboriladi.
Ushbu preparatlar giðerglikemik koma holatida ishlatilmaydi.
Qandli diabet kasalligida insulin o‘rinbosar preparatlari sifatida
ishlatiladi. Lekin, ayniqsa, diabetning insulinga qaramsiz shaklida
sintetik preparatlar ham qo‘llaniladi. Ular, asosan, sulfonilmo-
chevina unumlari va biguanid guruh preparatlari hisoblanadi va
og‘iz orqali qabul qilishga mo‘ljallangan.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish