Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Merkazolil qalqonsimon bezda triyodtironin va tiroksin
sintezini buzadi. Merkazolil ichish uchun beriladi. Nojo‘ya
ta’sirlari leykopeniya va agronulotsitoz. Ba’zan dispeptik o‘zga-
rishlar kuzatiladi, buqoq keltirib chiqarishi mumkin, buning
oldini olish uchun yod va diyodtirozin birga beriladi.
Kaliy perxlorat qalqonsimon bezda yodning yutilishini
kamaytiradi, tireotoksikozning yengil va o‘rta darajalarida tavsiya
etiladi.
Giðertireozning ba’zi shakllarida radiaktiv yod I
131
 yoki I
132
dan foydalaniladi. Preparat qalqonsimon bezning hujayralarini
destruksiyaga uchratadi. Samarasi sekin rivojlanadi. Dozasi
oshirib yuborilganda, miksedema rivojlanishi mumkin. Preparat
natriyli tuz holida ichga beriladi, millikyurida (mKi) dozalanadi.
Qalqonsimon yon bezi paratgormon ishlab chiqaradi. Uning
ishlab chiqarilishi qondagi kalsiy miqdoriga bog‘liq.
Paratgormonning asosiy ta’siri fosfor va kalsiy almashi-
nuvini boshqarishdir. U suyaklardan kalsiyning qonga o‘tishini,
hazm yo‘llarida kalsiyning so‘rilishini ta’minlaydi. Paratgormon
kalsiy almashinuviga kalsitriol (vitamin D ning faol shakli)
miqdorini oshirish yo‘li bilan ta’sir qiladi. Paratgormon kalsiy
ionlarini buyrak kanalchalarida qayta so‘rilishini oshiradi. U
fosfor ionlarining miqdorini pasaytiradi.
Qoramollar qalqonsimon yon bezidan paratireoidin
preparati olinib, tibbiyotda qo‘llanadi.
Paratireoidin ta’siri 4 soatdan so‘ng boshlanib, 24 soat-
gacha davom etadi. Preparat bez faoliyatining yetishmasligida
ishlatiladi. Òeri ostiga va mushak orasiga yuboriladi. ÒB da
dozalanadi.
Preparatlar.
Ò i r e o i d i n   (Thyreoidinum). Kukun; 0,05 va 0,1 g dan
tabletka shaklida ishlab chiqariladi. Bir kecha-kunduzda
0,05—0,2 g dan ichish uchun beriladi. Yuqori bir martalik
dozasi 0,3 g; kecha-kunduzligi — 1 g.
Ò r i y o d t i r o n i n   g i d r o x l o r i d  (Tr iy odt hyr on in
hydrochloridum). 20 mkg dan tabletka shaklida ishlab chiqariladi.
Bir kecha-kunduzda 5—20 mkg gacha, zaruriyat bo‘lganda
60—100 mkg gacha ichish uchun tavsiya etiladi.
L e v o t i r o k s i n   (Levothyroxinum). Òabletka shaklida 25
mkg, 50 mkg, 75 mkg, 100 mkg, 150 mkg, 175 mkg,


287
200 mkg dan ishlab chiqariladi. Giðotireozda kasallikning
kechishiga qarab 1 kunda 1 tabletkadan ovqatdan oldin qabul
qilinadi.
Antistrumin (Antistruminum). Òarkibida kaliy yodid (0,001 g;
qand upasi 0,0083 g bor). Òabletka shaklida ishlab chiqariladi.
Endemik buqoqning oldini olish uchun 1 tabletkadan haftada
1 marta, rivojlangan buqoq kasalligida kuniga 1—2 tabletkadan
2—4 hafta davomida beriladi.
M e r k a z o l i l   (Mercasolilum) 0,005 g dan tabletka
shaklida ishlab chiqariladi. 1—2 tabletkadan kuniga 3—4 marta
ovqatdan keyin ichiladi.
P r o p i l t i o u r a t s i l   (Propylthyouracilum). Òabletka
shaklida 0,05 g dan ishlab chiqariladi. Kuniga 3—6 marta
giðerteriozda ichiladi.
P a r a t i r e o i d i n   (Parathyreoidinum). 1 ml dan (20 ÒB)
ampulada ishlab chiqariladi. 1—2 ml dan har kuni yoki kunora
teri ostiga yoki mushak orasiga yuboriladi.
Rp.: Tab. Thyreoidini 0,1 N. 20
D.S. 1 tabletkadan kuniga 2 marta ovqatdan keyin
ichiladi.
#
Rp.: Tab. Mercasolili 0,005 N. 10
D.S. 1—2 tabletkadan kuniga 3—4 marta ovqatdan
keyin ichiladi.
#
Rp.: Parathyreoidini 1 ml (20 ÒB)
D.t.d.N. 10 in ampullis
S. 1 ml mushak orasiga yuboriladi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish