Preparatlar. Achchiq moddalar: I s h t a h a n i o c h a d i g a n y i g ‘ m a (Species amarae).
Òarkibi: ermon o‘ti (8 qism) va bo‘ymodaron o‘ti (qog‘oz
xaltalarda 100 g dan ishlab chiqariladi). Damlama shaklida
(1 osh qoshiq o‘tni 1 stakan qaynayotgan suvga) 1 osh
qoshiqdan ovqatdan 30 daqiqa oldin, kuniga 3—4 marta ichiladi.
Anoreksigenlar: F e p r a n o n (Phepranonum). 0,025 g dan draje shaklida
ishlab chiqariladi. Ovqatdan 30 daqiqa oldin, 1 drajedan kuniga
2—3 marta, 1,5—2,3 oy davomida ichiladi.
255
M a z i n d o l (Mazindolum), 0,001 g dan tabletka ko‘rini-
shida ishlab chiqariladi. Yarim tabletkadan kuniga 1 marta
(4—5 kun), keyin 1 tabletkadan 1 yoki 2 marta ichiladi.