Seminarlar:
4-Mavzu. Yengil atletika bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish,
musobaqalardagi hujjatlar va hakamlik ishi.
Seminar rejasi:
4.1.
Yengil atletika bo‟yicha musobaqalarning turlari va ularning tavsifi.
4.2.
Hakamlar xayati tarkibi va ularning vazifalari.
4.3.
Musobaqa nizomi va uning bandlari.
4.4.
Musobaqa xujjatlari.
4.1.Yengil atletika bo’yicha musobaqalarning turlari va ularning tavsifi.
Yengil atletika bo‟yicha musobaqalar ochiq hovoda (stadion, katta yo‟l trassalarida,
shahar xiyobonlarida) va yopiq inshoatlarida (sport manejlarida, zallarida) o‟tkaziladi.
Stadionda o‟tkaziladigan musobaqa dasturidan yengil atletikaning barcha turlari o‟rin
olishi
mumkin; katta yo‟l trassalarida esa 10 km va undan ortiq masofalarga sportcha yurish va
yugurish turlari bo‟yicha musobaqalar o‟tkaziladi; shahar xiyoobonlarida
va axoli yashash
joylari bilan kesishkan yularda kross yugurishlari o‟tkaziladi.Yopiq inshaktlarda esa sharoitiga
qarab yengil atletikaning ayrim turlari o‟tkaziladi.
Yengil atletika bo‟yicha musobaqalar quyidagi guruhlarga bo‟linadi.
1.Shaxsiy birinchiliklar. 2.Jamoaviy. 3.Shaxsiy va jamoaviy.
Shaxsiy birinchilik musobaqalarida g‟oliblar olgan o‟rinlari bo‟yicha aniqlanadi Jamoaviy
musobaqalarda esa jamoalar o‟rtasida o‟rni aniqlanadi. Shaxsiy va jamoaviy musobaqalarda esa
ham shaxsiy o‟rinlar xam jamoaviy o‟rinlar aniqlanadi.
Musobaqalar quydagi turlarga bo‟linadi
kubok musobaqalari, birinchiliklar va
chepionatlarga. Kubok musobaqalarida g‟oliblarga ko‟chma kubok topshiriladi bu musobaqalar
xar yili yoki ikki yilda bir marotaba o‟tkaziladi. Birinchiliklar esa xar yili 1-2-3 chi va xakozo
o‟rinlarni aniqlash uchun o‟tkaziladi. Chempionatlarda esa faqatgina g‟oliblar aniqlanmay
chempion unvoni berish uchun xar yili yoki ikki yilda bir marotaba musobaqalar o‟tkaziladi.
Chempion unvonini har bir sport turida olish uchun taqvim rejaga
kiritilgan musobaqlarda
ishtirok etish kerak.Yengil atletika musobaqa maqomlarini 4 darajaga ajratish mumkin: Oliy,
birinchi, ikkinchi va uchinchi.
Oliy darajadagi musobaqalarga: jahon va qitalararo musobaqalar, Olimpiada o‟yinlari,
Jahon
chempianati va kubogi, Osiyo kubogi va chempionatlari, Osiyo o‟yinlari hamda qit‟a
birinchiliklari.
Birinchi darajali musobaqalarga: davlat miqyosidaga musobaqalar kiradi.
Bular
O‟zbekiston Respublikasi yengil atletika federatsiyasi tomonidan o‟tkaziladi. Unda Respublika
kubogi va chempionatlari. Universiada, Barkamol avlod, umid nihollari sport musobaqalarining
final bosqichlari kiradi.
Ikkinchi darajali musobaqalarga: shaharlar va Qoraqalpog‟iston
Respublikasi miqyosidagi
musobaqalar.
Uchinchi darajali musobaqalarga: bular viloyat, tuman chempionatlari.