www.ziyouz.com
kutubxonasi
98
chiqib, mana, yana g‘oyibga ketdik.
Endi, fanodan baqoga rixlat etamiz. Endi, ruhimiz tanamizdan ajraladi. Foniy duneda
poklanmish ruhimiz farishtalar hamrohligida Olloh taolo makoniga safar etadi. Ruhimiz
noklana olmasa — farishtalar tazyiqida azob chekamiz.
Mana, men poklana olmadim. Boisi, qanday poklanishni bilmadim. Shu bois, farishtalar
iskanjasida azobdaman!
Hayot misol bir bog‘ bo‘ladi. Bog‘da daraxt mo‘l bo‘ladi. Gul mo‘l bo‘ladi. Ana shu bog‘ni
sara muattar guli — odamzot bo‘ladi. Serhosil daraxti — odamzot bo‘ladi. Odamzotda
daraxt misol urug‘dan unadi. Niholdan o‘sadi. Daraxt bo‘lib yetiladi. Meva tugadi. El-
yurtga meva pishirib beradi. Nihoyat, kuni bitadi. Oyog‘i yerdan uziladi. Boqiylik sari
ravona bo‘ladi.
Yaratganni o‘zi odamzotga jon ato etadi. Jon odamzotni oldin halqumiga kiradi. Keyin,
ko‘zlariga kiradi. Undan keyin, tanani boshqa joylariga kiradi. Jon eng oxirida
odamzotni... oyoqlariga kiradi. Shu boisdan-da, odamzotni joni eng oldin... oyoqdan
uziladi. Keyin, tanani boshqa joylaridan jon uziladi.
Odamzot qachon jon byoradi? Qachon ko‘z yumadi? Odamzot ayni kuch-quvvatga to‘lib,
jon bermaydi. Odamzot ayni pishib, yetilib ko‘z yummaydi.
Odamzot... jisman ishlab bo‘lib jon beradi. Odamzot... ruhan mehnat qilib bo‘lib ko‘z
yumadi. Odamzot... qalban ham jisman horib-tolib jon taslim etadi.
Mana, men qalban qaridim. Men jisman tolidim. Safarim qaridi, safarim qaridi!
Biz... o‘lishdan qo‘rqamiz! O’lik so‘zidan qo‘rqamiz. Tobut so‘zidan qo‘rqamiz. Marhum
so‘zidan qo‘rqamiz. Qalbimiz muzlab qoladi. Tilimiz aylanmay qoladi. Boshimiz egilib,
yelkalarimiz cho‘kib qoladi. Bir kun emas, bir kun... o‘laman, deya qo‘rqamiz.
Biz... o‘lishni bilmaymiz, o‘lishni bilmaymiz!
Shu bois, ko‘p odam... o‘lishdan qo‘rqqanidan... o‘lib qoladi! Shunday, o‘lishdan
qo‘rqqanidan o‘lib qoladi. Uh, ana o‘ldim-mana o‘ldim, deya o‘z o‘limini o‘zi tezlatadi.
O’lim dahshatidan qo‘rqib — o‘z jonini apil-tapil topshirib qo‘yadi.
Aslida, tabiiy o‘lim... tong vaqti keladi, tong vaqti! Boisi, odamzot tuni bilan tiniqadi.
Tuni bilan huzur oladi. Tuni bilan rohatlanadi.
Nihoyat, tong vaqti so‘nggi bor... iroda bilan entikadi. So‘nggi bor... ozod ham og‘ir
entikadi.
Shunday, o‘lim haq, shunday... Shunday ekan, xudo men bechoraga-da rahm etsa edi.
Xudo men bandasini-da o‘z rahmatiga olsa edi!
Olmaydi, xudo meni o‘z rahmatiga olmaydi! Xudo meni gapimga... quloq-da solmaydi!
Boisi, men umrimda xudoni otini atamay yashadim. Men umrim mobaynida xudoga tosh
otib yashadim. Men umrim davomida xudoga shak keltirib yashadim!
Shunday ekan, xudo meni... itmisan-eshakmisan, demaydi!»
72
Marhumlar shahri... jimjit bo‘ldi. Jon alomati bo‘lmadi. Hayot nafasi bo‘lmadi.
Marhumlar shahridan... motam nafasi ufurdi.
Tiriklar shahri... hayqirib turdi! Ashula aytib turdi. Xanda otib turdi.
Tiriklar shahridan... palov hidi anqidi. Kabob hidi anqidi.
O’rtada... Botir firqa bo‘ldi. Kommunist Esonov bo‘ldi.
Osmon yiroq, yer qattiq bo‘ldi!
U tiriklar shahriga qarab o‘yladi. U marhumlar shahriga qarab o‘yladi. U osmonga qarab
o‘yladi.
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod
Do'stlaringiz bilan baham: |