www.ziyouz.com
kutubxonasi
96
Boisi, soya tor-tor qadam bosdi. Ohista-ohista qadami bosdi. Oqibat, oyoqlari
ko‘rinmadi. Qadamlari bilinmadi.
Shu bois, soya yuryaptimi yo siljiyaptimi, bilinmadi. Yuryaptimi yo qimirlayaptimi,
bilinmadi.
Soya quloch otmadi. Soya qo‘l kimirlatmadi. Qo‘llarini yonlariga bosdi.
Soya bosh ko‘tarmadi. Yuzlarini ko‘ksiga egdi. Iyaklarini yoqasiga bosdi. Ko‘zlarini
tuflisiga tiqdi.
Soya birdan... siljimay qoldi. Joyida turdi-turdi — yo‘l cheti skameykaga cho‘kdi.
Soya — Botir firqa bo‘ldi. Kommunist Esonov bo‘ldi.
U ohista chapiga — marhumlar shahriga qaradi. O’ngiga — tiriklar shahriga qaradi.
U marhumlar shahri bilan tiriklar shahri o‘rtasida o‘tirdi. Muztar bo‘lib qoldi. Mushtipar
ham notavon bo‘lib o‘tirdi.
O’tirdi-o‘tirdi... unsiz-unsiz yig‘ladi. Peshonasini ushlab-ushlab yig‘ladi.
«Nima kunlarga qoldim-a? — deya yig‘ladi. — Bu qanday zamon bo‘ldi? Qariyb bir asr
mehnat qildim. Bir umr ter to‘kdim. Bir umr el-yurt xizmatini qildim. Men uchun mehnat
shon-sharaf bo‘ldi. Men uchun mehnat g‘urur ham faxr bo‘ldi. Men hayotni mehnat deb
bildim. Men yashashni mehnat deb bildim. Men yaratdim, men bino etdim. Mana shu XX
asrni... men yaratdim, men!
Ana shunday zot ketsa — men o‘lsam, meni... yuvmaydilar, yuvmaydilar! Harom o‘lgan
mol misol ko‘mib tashlaydilar! Sassiq masliq misol ko‘mib tashlaydilar!
Menday bir zot o‘lsa... Menga... janoza o‘qimaydilar, janoza o‘qimaydilar! Oyog‘imdan
sudrab... ko‘mib tashlaydilar! Nom-nishonsiz ko‘mib tashlaydilar. Oting nima demay,
ko‘mib tashlaydilar. Itmisan-eshakmisan demay... ko‘mib tashlaydilar!
Demak, shariat bo‘yicha... o‘lib bo‘lmaydi! Urf-odatlar bilan o‘lib bo‘lmaydi. Eskichasiga
o‘lib bo‘lmaydi.
Men chin kommunistman. Leninchi kommunistman. Men el-yurtga partiyaviy nazar bilan
mehnat qildim. Men el-yurtga marksizm-leninizm g‘oyalari bilan xizmat qildim. Bir so‘z
bilan aytsak, men mehnat qildim, mehnat!
Men bola-baqram demadim — jamiyatim, dedim. Men bola-baqram uchun mehnat
qilmadim — jamiyatim uchun mehnat qildim. Bir so‘z bilan aytsak, sovet jamiyati bor
bo‘lsin, dedim. Kommunistik jamiyat bor bo‘lsin, dedim.
Shunday bir otashin kommunist hayotdan ko‘z yumsa... Shunday bir sodiq leninchini
yuragi urishdan to‘xtasa...
Tobutim tepasida... harbiy orkestr motam marshi chalmaydi! Komsomollar orden-
medallarim to‘la baxmal yostiqchalarni ko‘z-ko‘z etib o‘tmaydi. Kommunistlar tobutim
ketidan gulchambarlar ko‘tarib yurmaydi. Partiya-sovet arboblari bilaklariga qora
lentalar taqib, tobutim boshida faxriy qorovulliqda turmaydi.
Yemondan-yomoni... partiya-sovet arboblari qabrim boshida: «U asl kommunist edi»,
deya otashin nutqlar so‘zlamaydi!
Demak, kommunistchasiga-da... o‘lib bo‘lmaydi! Partiyaviy o‘lib bo‘lmaydi.
Bir so‘z bilan aytsak, eskichasiga-da o‘lib bo‘lmay-di, yangichasiga-da o‘lib bo‘lmaydi!»
Botir firqa unsiz-unsiz yig‘ladi. Og‘iz-burnini kafti bilan artib-artib yig‘ladi. Kaftiga
yo‘talib-yo‘talib yig‘ladi. Kaftiga o‘ksib-o‘ksib yig‘ladi.
«Chin, men kommunistman, kommunist. Ammo-lekin men ham odamman, odam. Men
jannat bilan do‘zaxga ishonaman. Ko‘plar hamma go‘r — bir go‘r, deydi. Yo‘q, hamma
go‘r — bir go‘r emas, yo‘q! Go‘r bilan go‘rni farqi bor. Aytaylik, bir inson dunyodan ko‘z
yumadi. Uni olib borib qabrga ko‘madilar. Bo‘ldi, shu bilan u zotni unutadilar, otini
atamaydilar. Boisi, u zot bu dunyosida birorta ezgulik yaratmagan bo‘ladi. Biror nima
qurmagan bo‘ladi. Birorta bog‘ yaratmagan bo‘ladi. Shu bois, u zotni nomi zim-ziyo
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod
Do'stlaringiz bilan baham: |