www.ziyouz.com
kutubxonasi
78
«Orden olasan-a, orden olasan! — dedi Botir firqa. — Olib bo‘psan! Senlardan orden
qarzim bormi? Senlar qachon menga orden berib eding? Bu ordenlarni menga Yo‘ldosh
Oxunboboev bergan, Sharof Rashidov bergan. Orden olganlaringniyam ko‘raman!»
Botir firqa ko‘ksi — ordenidan qo‘lini oldi. Quloch otib-quloch otib qadam bosdi.
«Shartaki bo‘l, sanamarasta bo‘l, evi bilan bo‘l-da! Nonko‘r bo‘l, evi bilan bo‘l-da! —
dedi. — Senlar, o‘zi, qaerdansan? Senlar, o‘zi, qaerda o‘sding? Senlar, o‘zi, kimni
bolasisan? Osmondan tush-a, nonko‘rlar, osmondan shaloplab tush-a, nonko‘rlar! Senlar
sovet tuzumi tug‘ruqxonasida tug‘ilding, sovet tuzumi bog‘chasida katta bo‘lding. Senlar
sovet tuzumi maktabida o‘qiding, sovet tuzumi institutida o‘qiding. Bir yumalab...
jurnalni oynoma, deb atading, gazetani ro‘znoma, deb atading, redaktorni muharrir, deb
atading. Ismi-familiyangni... Mirzaxo‘ja qizi, deb atading. Bir yangilik shu, bor o‘sish
shu, bor farq shu! Bu qadar nonko‘r bo‘lma-da, qayta quruvchi demokrat! Senlar, o‘zi,
sotsializmdan chiqding. Senlar, o‘zi, porloq kommunizm sari olg‘a borayotib eding.
Senlar pioner eding, komsomol eding. Senlar kommunist eding, kommunist! Ana
shunday bir vaqtda Moskvadan... shunday, Moskvadan... bir baxt qushi uchib keldi. Baxt
qushi boshing uzra aylandi-aylandi... Oxir-oqibat — boshingga kelib qo‘ndi. Bu baxt
qushini oti mustaqillik bo‘ldi, mustaqillik! Bu baxt qushini oti — ozodlik bo‘ldi, ozodlik! Bu
baxt qushini... oshkoralik shamoli uchirib keldi, demokratiya shamoli uchirib keldi, qayta
qurish shamoli uchirib keldi! Bunday baxt qushiga erishish uchun xalqlar... ariq-ariq qon
to‘kadi, ariq-ariq qon! Bunday baxt qushiga erishish uchun vatanlari kunpayakun bo‘ladi,
kunpayakun! Senlar esa... tayyor oshga ega bo‘lding, tayyor oshga! Shunday ekan,
tayyor oshni ye endi. Og‘zingdagi oshni yut endi».
60
Bo‘sag‘ada kampiri kutib oldi.
Kampiri boshidan shlyapasini oldi. Yelkasidan kostyumini oldi.
— Qalay o‘tdi, rais bova? — dedi.
— Buzuqi qarisa-da, g‘amzasi qarimas, deydilar! — dedi Botir firqa. — Gap ko‘p. Bari
maza-matrasiz gaplar.
— O’zi, maylis shunday bo‘ladi-da, rais bova.
— Bu qayta quruvchilar hali besh-olti ko‘ylak yirtishi kerak. Qayta quruvchilarda
o‘sha... ko‘ylakni o‘zi yo‘q! Qayta quruvchilar hali... ko‘ylak ko‘rmagan! Qayta quruvchi
demokrat — yalang‘och qirol! Shunday, qayta quruvchi demokratlar yalang‘och qirol!
— Gap desang, qop-qop deng?
— Yana-tag‘in, qayta quruvchi demokrat zoti bor — faqat... xudoni nomidan gapiradi!
O’sha xudo — Yaratganni o‘zi har bandasiga bir arava beradi. Demak, har bandani o‘z
aravasi bo‘ladi. Ana shu aravasini yo‘lda qoldirgan banda — odam bo‘lmaydi! Biri ikki
bo‘lmaydi. Shu bois, har banda o‘z aravasini o‘zi tortishi kerak. Dehqon ekinini ekishi
kerak. Quruvchi imoratini qurishi kerak. Olim fanini yaratishi kerak. Ashulachi ashulasini
aytishi kerak. Shoir... she’rini yozishi ke-rak! Ana o‘sha demokratlar — shoir. Demak,
ular she’r yozishi kerak, she’r! Bir so‘z bilan aytsak, har banda o‘z kasbiy aravasini
tortishi kerak. Ana o‘shanda... qayta qurish bo‘ladi! Ana o‘shanda... el-yurt obod bo‘ladi.
Bular bir og‘izdan Orol-Orol, deydi. Nima, qayta qurish demak — Orol dengizi,
demakmi? Qayta qurish demak — Orolni to‘ldirish, demakmi? Yaxshilab eshitsam, qayta
quruvchi demokratlarni dardi boshqa, kampir.
— Nima ekan, bildingizmi?
— Hali aytib beraman.
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod
Do'stlaringiz bilan baham: |