Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot


 Krouz teoremasi. Tashqi samara



Download 3,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/202
Sana11.03.2023
Hajmi3,91 Mb.
#918219
TuriУчебное пособие
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   202
17.2. Krouz teoremasi. Tashqi samara. 
Tashqi samaralar yoki eksternalilar (externalities)— bozordagi oldi-sottidan 
olinadigan, lekin narxda o‗z ifodasini topmagan harajat yoki foyda. Ular muayyan 
operatsiyada qatnashadigan bozor sub‘ektlari bilan bir qatorda uchinchi tomon 
bilan bog‗lik bo‗lgani uchun ham ―tashqi‖ deb qabul qilinadi. Ushbu harajatlar 
yoki yutuqlar (foyda) tovarlar va xizmatlarni ham ishlab chiqarishda, ham iste‘mol 
qilishda vujudga keladi. 
Tashqi samara musbat (ijobiy) va manfiy (salbiy) samaralarga bo‗linadi. 
Manfiy samara harajatlar bilan bog‗liq bo‗lsa, musbat samara uchinchi tomonning 
yutug‗i bilan bog‗likdir. Shunday qilib, tashqi samara ijtimoiy harajatlar (yutuqlar) 
va xususiy harajatlar (yutuqlar) o‗rtasidagi farqni ko‗rsatadi. 
MSC=MPC+MEC, 


364 
17.1 – rasm. Manfiy (salbiy) tashqi samara 
bu yerda MSC - ijtimoiy chekli harajat; 
MRS- xususiy chekli harajat; 
MES- tashqi chekli harajat (Marginal External Cost). 
Agar bir iqtisodiy sub‘ektning faoliyati boshqa iqtisodiy sub‘ektlar faoliyatida 
harajatlarga olib kelsa, salbiy tashqi samara vujudga keladi. Masalan, ximiya 
zavodi foydalanilgan suvni etarli darajada tozalamasdan daryoga oqizmoqda
deylik. Chiqindi suv hajmi zavod ishlab chiqarish hajmiga proporsional bo‗lsa, 
zavod qancha ko‗p mahsulot ishlab chiqarsa, u atrof muhitni shuncha ko‗p 
ifloslantiradi. Ximiya zavodi maxsus suv tozalash inshooti qurmaganligi uchun, 
chiqindi suv tuliq tozalanmaydi, demak zavodning xususiy chekli harajati ijtimoiy 
chekli harajatidan past bo‗ladi, nima uchun deganda uning harajati suvni tozalash 
bilan bog‗liq harajatdan xoli. Zavod harajatlarni tejash asosida ko‗proq mahsulot 
ishlab chiqaradi. Ishlab chiqargan mahsulot hajmi samarali hajmdan ko‗p bo‗ladi 
(17.1-rasm). 
Suvni tozalashga harajat qilmaganda zavodning ishlab chiqarish hajmi Q
1
ga, 
uning narxi R
1
ga teng va E
1
nuqtada bozor muvozanati o‗rnatiladi. E
1
nuqtada 
kesishadigan talab chizig‗i chekli ijtimoiy yutuq MSBni ifodalasa, taklif chizig‗i 
xususiy chekli harajat MRS ni ifodalaydi. E
1
nuqtada bozor muvozanati 
o‗rnatilganda chekli xususiy harajat chekli ijtimoiy yutuqga teng bo‗ladi: 
MRS = MSB. 
Lekin, chekli ijtimoiy harajat chekli xususiy harajat bilan chekli tashqi harajat 
yig‗indisiga teng: 


365 
MSC= MRS+ MES 
Agar tashqi harajat zavodning ichki harajatiga aylantirilsa, samarali ishlab 
chiqarish hajmi Q
1
dan Q
2
ga qisqargan bo‗ladi. Mahsulot narxi P
1
dan R
2
ga 
ko‗tariladi va E
2
nuqtada chekli ijtimoiy yutuq chekli ijtimoiy harajat bilan 
tenglashardi, ya‘ni 
MSB= MSC 
Shuni e‘tiborga olish kerakki, E
2
nuqtada tashqi muhitni ifloslantirishning 
oqibatlari to‗liq yo‗qotilmaydi, nima uchun deganda, ximiya zavod Q
2
miqdorda 
mahsulot ishlab chiqarishni davom ettiradi va shu ishlab chiqarish hajmiga 
proporsional chiqindiniham atrof-muhitga chiqaradi. Lekin, atrof-muhitni 
ifloslantirishdan bo‗ladigan zarar ancha kamayadi. 17.1-rasmdagi E
1
E
2

uchburchakning yuzi hususiy chekli harajatni ijtimoiy chekli harajatdan past 
bo‗lishi bilan bog‗liq, bo‗lgandagi yo‗qotilgan samarani ko‗rsatadi. 
Shunday qilib, salbiy tashqi samara mavjud bo‗lganda iqtisodiy ne‘mat 
samarali hajmdan ko‗proq, hajmda sotiladi va sotib olinadi, aniqroq, qilib 
aytadigan bo‗lsak salbiy tashqi samaraga ega bo‗lgan tovarlar va xizmatlar 
keragidan ortiqcha ishlab chiqariladi. 
Musbat (ijobiy) tashqi samara biror iqtisodiy sub‘ektning faoliyati boshqa 
sub‘ektlarga yutuq keltirganda vujudga keladi. 
MSB= MRV+MEV 
Bu yerda MSB — ijtimoiy chekli yutuq; 
MRV — xususiy chekli yutuq; 
MEV — tashqi chekli yutuq. 
Ijobiy tashqi samaraga maorifni va ilmiy izlanishlarni keltirish mumkin. Maorif 
yaxshi yo‗lga qo‗yilsa, bundan jamiyatning har bir a‘zosi yutadi. Xuddi shunday 
ilmiy izlanishlardagi kashfiyotlardan ham jamiyat va uning a‘zolari yutadi. Har bir 
shaxs ta‘lim olayotganda o‗zi oladigan yutuqni o‗ylashi mumkin, lekin, bundan 
jamiyat qanday yutuq olish mumkinligini o‗ylamaydi, ya‘ni o‗zi oladigan yutuqni 
hisobga oladi, xolos. Shaxs ta‘lim olishga qaror kilishidan oldin ta‘limga ketadigan 
harajat bilan ta‘limdan oladigan yutuqni bir-biri bilan taqqoslab kuradi. Inson 


366 
kapitaliga qilingan investitsiyalar jamiyat uchun optimal bo‗lgan miqdordan past 
bo‗ladi (17.2-rasm). 
Bozor muvozanati E
1
xususiy chekli yutuq bilan ijtimoiy chekli harajat 
chiziqlari kesishgan nuqtada o‗rnatiladi. 
MRV= MSC 
Ya‘ni tenglikda jamiyat oladigan chekli yutuqhisobga olinmagan. Umuman 
olganda ijtimoiy chekli yutuq xususiy chekli yutuqdan tashqi chekli yutuq 
miqdoriga katta. 
Shuning uchun ham, ishlab chiqarish hajmini umumiy chekli yutuq, ya‘ni 
ijtimoiy chekli yutuq ijtimoiy chekli harajatga teng bo‗lgunga qadar oshirish mum-
kin. Demak, jamiyat uchun samarali bo‗lgan muvozanat, ijtimoiy chekli yutuq 
chizigi bilan ijtimoiy chekli harajat chizig‗i kesishgan E
2
nuqtada erishilishi mum-
kin. Natijada, samaradorlik FE
2
E

yuziga teng miqdorga oshadi.
Q
1
—► Q


Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish