45
Muloyimlashmoq, muloyimlik kabi yasama so`zlar ham yuqoridagi
xarakter sifati orqali hosil bo`lgan.
Muloyim
so`zi o`z ma’nosida holat sifati bo`lib, ko`chma ma’nosi bilangina
xarakter-xususiyat sifati bo`lib keladi.
Abjir, chapdast, chaqqon,epchil
sifatlari bir umumiy ma’no ostida
birlashadi. Biroq xususiy tomonlari, alohida ma’no nozikliklari bilan farqlanadi.
Abjir
sifati “oyoq-qo`li tez, tez harakat qila oladigan” ma’no ifodasiga ega:
Yo`lchiboy barvastaligiga qaramasdan abjirgina yigit.
(Oybek)
Chapdast sifati asl ma’nosiga ko`ra “chapaqay, ya’nichap qo`li bilan asosiy
yumushlarni qiluvchi kimsa” kabi ma’no anglatadi. Biroq bu so`z hozirgi o`zbek
adabiy tilida,
odatda, chaqqon, epchil, uddaburon, usta, mohir
tarzidagi ma’no
ifodalariga ega. Misollarni kuzatamiz:
1. G
`ayrat Hakimdan ko`z uzmas, uning epchil chapdast harakatlarini
havas bilan kuzatardi
. (M.Hazratqulov)
2.
Uning ota-bobosi novvoy o`tgani uchun o`zi non yopishga chapdast edi
.
(Sh.Xolmirzaev)
Birinchi gapda qo`llangan chapdast so`zi “chaqqon, epchil” ma’no
ifodasiga ega bo`lsa, ikkinchi gapda kelgan bu so`z “o`z ishining ustasi, mohir”
kabi ma’no ifodalanishi bilan xarakterlanadi.
Ziyrak
so`zi asl ma’noda, ya’nifors-tojik tilida chaqqon, epchil, oqil, dono
kabi ma’nolarda qo`llanishi aytiladi [40, 139].
O`zbek adabiy tilida “
tez fahmlaydigan, fahmi tez, sezgir
” ma’nosi
birlamchi mavqega ega.
Ziyrak
so`zi sezgir, tuyg`un sifatlari bilan sinonimlik hosil qiladi. Bular
orasida sezgir so`zi bosh so`z sanaladi. Ular ishlatilish doirasi, uslubiga ko`ra
farqlanadi.
Tuyg`un
so`zi “
tez sezib, fahmlab, payqab oladigan
” tarzidagi izohga ega
[41,18]. Shu bilan birga, mazkur so`z omonimlikka ham ega. Tuyg`un so`zining
omonimligi sinonimlar lug`atida [41] keltirilmagan bo`lsa-da, “O`zbek tilining
izohli lug`ati” da bu so`zning rim raqamidagi ikkinchi shakli borligi
kuzatildi,
46
ya’niot so`z turkumiga oid ushbu so`z qirg`iy yoki qarchig`ayning erkagiga
nisbatan ham qo`llanilar ekan [40, 185].
Sipo
so`zi asl forsiy tilda qo`shin, askar kabi ma’noga ega bo`lib, bizning
lug`at qatlamimizga o`tgach, boshqa xil ma’no ifoda
etishga ixtisoslashganligi
kuzatiladi. Hozirgi o`zbek adabiy tilida bu so`z “
kamgap, kamsuqum, oddiy
”
kabi ma’no ifodalariga ega [40, 518].
Komila beqasam kiyib, so`rida sipogina
o`tirgan Azimjonga ko`z qirini tashlab qo`ydi
. (A.Muxtor)
Bu so`zning sipoh shakligina “podshoh, xon,
amir saroyida uzoq xizmat
qilgan lavozimli kishi, amaldor” ma’nosiga ega. Sipo so`zining birinchi ma’nosi
“kamtar, oddiy” bo`lsa, ikkinchi ma’nosi “og`ir, vazmin, bosiq” bo`lib
hisoblanadi. Misol:
Endi sho`xlik qayoqda deysiz,
Yurishlarim sipo va o`ychan.
(A.Oripov)
Asil sifati “a`lo sifatli, eng yaxshi, toza, sof” ma’nolariga ega: asl mol, asil
shoyi. Bu so`z ko`chma ma’noda “yaxshi xislatlarga, fazilatlarga ega bo`lgan,
olijanob, bebaho, sof, pok” kabi ma’no ifodalariga egaligi e’tirof etiladi
[40,105].
Yuqorida eslatib o`tganimizdek, kishilarga
xos salbiy xususiyatlarni
bildiruvchi sifatlar ko`pincha ijobiy ma’nodagi sifatlarga antonim sifatida
qo`llanadi. Shulardan ayrim birlarini tahlilga tortamiz. Mantdagi imkoniyatlarni
kuzatamiz.
Zolim
xarakter-xususiyat sifati “zulm qiluvchi, zulmkor, jabr qiluvchi”
ma’no ifodaga ega. Bu so`z, asosan, badiiy uslubda qo`llanishi
bilan
xarakterlanadi: Akram savolida davom etdi: - Hokimimiz juda zolim emish, bu
to`g`ri so`zmi? (A.Qodiriy)
Bu so`z “jabr-zulm bilan to`lib-toshgan” ma’nosida zolim falak,
zolim
dunyo tarzida ham qo`llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: