54
Ushbu suvosti tizmasi rus tabiatshunos olimi, rus adabiy tilining asoschisi,
shoir, rassom, tarixchi
Mixail Vasilyevich Lomonosov
(1711 – 1765)
sharafiga nomlangan.
M.V.Lomonosov dastlab Moskvada,
Kiyevda
(1734), so‘ngra Peterburg universitetida(1735), Germaniyaning Merburg
va Frayburg universitetlarida (1736- yildan) o‘qigan. U Peterburg Fanlar
Akademiyasining birinchi akademigi (1745) bo‘lgan. 1748- yilda Rossiya
Fanlar Akademiyasi qoshida 1- kimyoviy laboratoriyaga asos solgan.
1755- yilda Lomonosovning tashabbusi bilan Moskva davlat universiteti
tashkil etilgan (keyinchalik unga Lomonosov nomi berilgan). U qator
dostonlar, she’riy nomalar,
tragediyalar va hajviy asarlar, fundamental
filologik tadqiqotlar hamda rus tilining ilmiy grammatikasi muallifi. Bir
qancha optik asboblar yasagan. U shuningdek, Shvetsiya FA (1760),
Bolonya FA (1764) faxriy a’zosi. Lomonosovning ilmiy ishlari ko‘plab
fanlar – kimyo, fizika, geologya, geografiya,
filologiya, tasviriy san’at
fanlarining muhim rol o‘ynagan. Olim sharafiga yarimorol, mineral
(lomonosovit), bir qator kosmik obyekt (Oy va Marsdagi krater)lar, shahar
va rayonlar, juda ko‘plab ko‘chalar nomlangan, o‘nga
yaqin shaharlarda
haykal va byustlari o‘rnatilgan.
Magellan
– Janubiy Amerika materigi bilan Olovli Yer
arxipelagi orasidagi bo‘g‘iz. Atlantika okeanini Tinch okean bilan
bog‘laydi. Uzunligi 575 km, eng tor joyi 2,2 km. Bo‘g‘iz ilk bor (1520)
uni kesib o‘tgan portugaliyalik dengizchi sayyoh
Fernan Magellan
(1470
– 1521) nomi bilan atalgan. F.Magellan ekspeditsiyasi birinchi dunyo
aylana suzishni amalga oshirdi. 1505 – 1512-
yillarda portugallar
ekspeditsiyasida qatnashib ikki marta (1509 – 1511) Malakka
yarimoroligacha borgan. Magellan Lissabonga qaytgach, 1517- yil
55
Ispaniyaga o‘tib, Molukka orollariga g‘arbiy yo‘l bilan suzib borish
to‘g‘risidagi o‘zi ishlab chiqqan loyihani Ispaniya qiroliga taqdim qildi.
1519 – 1521- yillarda 5 kemadan iborat Ispaniya ekspeditsiyasi (265
odam)ga boshliq etib tayinlangach, 1519- yil 20-
sentabrda Sanlukarde
Barrameda bandargohi (Ispaniya)dan yo‘lga chiqadi va 1520- yil
yanvarda La-Plataning dengizga quyilish yeriga yetib boradi. Fevralda
janubga suzishni davom ettirib noma’lum yerning 2000 km dan ziyod
sohilini (Magellan u joylarni Patagoniya deb atagan) ko‘zdan kechirdi.
Magellan 1520- yil mart oyida San-Xulian
buxtasida 3- kemada ko‘tarilgan isyonni
bostirdi va o‘sha yerda qishlab, 1520- yil
avgustda 4- kemada suzishda davom etdi.
Kemalar Olovli
Yer oroli bilan materik
oralig‘idagi (keyinchalik Magellan nomiga
qo‘yilgan) bo‘g‘iz orqali o‘tib noma’lum
okeanga chiqdi. Magellan hamrohlari
keyinroq uni Tinch okean deb atagan.
To‘xtovsiz qariyb 17 ming km
masofani o‘tib, avval Mariana orollariga,
so‘ngra Filippin orollariga yetib borishdi. Magellan Maktan orolida
mahalliy xalq bilan to‘qnashuvda o‘ldirildi.
Magellan hamrohlari Tinch
okean orqali g‘arbga suzib, Afrikaning janub orqali faqat bitta „Viktoriya―
kemasida (X.S.Elkano qo‘mondonligida) 1522- yil Ispaniyaga qaytib,
dunyo
aylana
suzishni
yakunladilar.
Bu
ekspeditsiya
Yerning
sharsimonligini amalda isbotladi, yagona Dunyo okeani mavjudligini, Yer
yuzasining ko‘p qismi suv bilan qoplanganligini ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: