Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

68-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan 
guruhi faoliyatini tugatish 
(1-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi quyidagi holatlardan hech 
boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlgan taqdirda faoliyatini tugatadi: 
1) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomaning amal qilish muddati tugaganda; 
2) taraflarning kelishuviga koʻra soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini 
tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma bekor qilinganda; 
3) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomani haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi sudning qarori qonuniy kuchga kirganda; 


4) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomani uning ishtirokchilari tarkibi oʻzgarishi munosabati bilan oʻzgartirish toʻgʻrisidagi 
bitim belgilangan muddatlarda soliq organiga taqdim etilmaganda
5) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi qayta tashkil 
etilganda (bundan qayta oʻzgartirish mustasno) yoki tugatilganda; 
6) qonunchilikka muvofiq soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul 
ishtirokchisiga nisbatan nochorlik (bankrotlik) toʻgʻrisida ish yuritish qoʻzgʻatilganda; 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
7) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi ushbu 
Kodeksning 62-moddasida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq kelmaganda; 
8) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomaga majburiy oʻzgartishlarni kiritishdan boʻyin tovlaganda. 
(2-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi boʻlgan yuridik 
shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) ushbu Kodeks 62-
moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan shartlarning buzilishiga olib kelmaydigan xarid 
qilish yoki sotish soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi faoliyatini tugatishga sabab 
boʻlmaydi. 
(3-q.)
Ushbu modda birinchi qismining 2-bandida koʻrsatilgan holat mavjud boʻlganda, soliq 
toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi ushbu guruhni tuzish 
toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazgan soliq organiga uning faoliyatini tugatish 
toʻgʻrisidagi, konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilari boʻlgan barcha yuridik shaxslarning 
vakolatli vakillari tomonidan imzolangan qarorni yuborishi shart. Bunday qaror koʻrsatilgan soliq 
organiga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay yuboriladi. 
(4-q.)
Ushbu modda birinchi qismining 1, 3-7-bandlarida koʻrsatilgan holatlar mavjud 
boʻlganda, soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi ushbu guruhni 
tuzish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazgan soliq organiga bunday holatlar yuzaga 
kelgan sanani koʻrsatgan holda bildirish xati yuborishi shart. Bunday bildirish ixtiyoriy shaklda 
tuziladi va mazkur soliq organiga tegishli holat yuzaga kelgan kundan eʼtiboran besh kundan 
kechiktirmay yuboriladi. 
(5-q.)
Soliq organi ushbu moddaning uchinchi yoki toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan 
hujjatlar olingan sanadan eʼtiboran besh kun ichida soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan 
guruhi faoliyati tugatilganligi haqidagi axborotni soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan 
guruhi ishtirokchilari boʻlgan yuridik shaxslar joylashgan yerdagi soliq organlariga yuboradi. 
(6-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi, agar ushbu Kodeksda boshqacha 
qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar yuzaga 
kelgan yildan keyingi kalendar yilning birinchi kunidan eʼtiboran faoliyatini tugatadi. 
(7-q.)
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan 
taqdirda, soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi foyda soligʻi boʻyicha sudning 
koʻrsatilgan qarori qonuniy kuchga kirgan soliq davrining birinchi kunidan eʼtiboran faoliyatini 
tugatadi. 
(8-q.)
Ushbu modda birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan 
taqdirda, soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi foyda soligʻi boʻyicha ushbu 
Kodeksning 65-moddasida belgilangan shart qaysi soliq davrida buzilgan boʻlsa, oʻsha soliq 
davrining birinchi kunidan eʼtiboran faoliyatini tugatadi. 


(9-q.)
Ushbu modda birinchi qismining 5, 6 yoki 7-bandlarida nazarda tutilgan asos mavjud 
boʻlgan taqdirda, soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tegishli holat yuzaga kelgan 
kalendar yilning birinchi kunidan eʼtiboran faoliyatini tugatadi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish