Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

67-modda. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan 


guruhi masʼul ishtirokchisining huquqlari 
va majburiyatlari 
(1-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi ushbu 
Kodeksning 66-moddasida nazarda tutilgan huquqlar va majburiyatlardan tashqari, ushbu 
moddada belgilangan huquqlarga ega boʻladi va majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi. 
(2-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi, agar ushbu 
Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan 
guruhining faoliyati munosabati bilan yuzaga keladigan munosabatlarda foyda soligʻini 
toʻlovchilar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarga ega boʻladi va majburiyatlarni oʻz 
zimmasiga oladi. 
(3-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi quyidagi 
huquqlarga ega: 
1) soliq organlariga va ularning mansabdor shaxslariga soliq toʻlovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini (boʻnak va joriy toʻlovlarni) hisoblab 
chiqarish va toʻlash yuzasidan har qanday tushuntirishlarni taqdim etish; 
2) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻi toʻlanishi 
munosabati bilan bunday guruhning istalgan ishtirokchisi va uning alohida boʻlinmalari 
joylashgan yerda oʻtkaziladigan sayyor soliq tekshiruvlari hamda soliq auditi oʻtkazilayotganda 
ishtirok etish; 
3) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻi toʻlanishi 
munosabati bilan oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlari hujjatlarining va soliq tekshiruvlarining 
natijalari yuzasidan soliq organi tomonidan chiqarilgan qarorlarning koʻchirma nusxalarini olish. 
Shuningdek foyda soligʻini (boʻnak toʻlovlarini) toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomalarni hamda soliq 
toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi faoliyati bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni olish; 
4) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini toʻlash 
munosabati bilan oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarining va soliq nazorati qoʻshimcha 
tadbirlarining materiallari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda soliq organining 
rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan koʻrib chiqilayotganda ishtirok etish; 
5) soliq organlaridan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari 
toʻgʻrisidagi soliq sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni olish; 
6) soliq organlarining va boshqa vakolatli organlarning hujjatlari, ular mansabdor 
shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan, shu jumladan soliq toʻlovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini hisoblab chiqarishda ular tomonidan 
majburiyatlarning bajarilishi (huquqlarning amalga oshirilishi) munosabati bilan soliq toʻlovchilar 
konsolidatsiyalashgan guruhining ayrim ishtirokchilari manfaatlarini koʻzlab belgilangan tartibda 
shikoyat qilish; 
7) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha ortiqcha toʻlangan foyda 
soligʻini hisobga olish (qaytarish) toʻgʻrisidagi ariza bilan soliq organiga murojaat etish. 
(4-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi: 
1) soliq organiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda roʻyxatdan 
oʻtkazish uchun soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi 
shartnomani, ushbu shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimni, soliq toʻlovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhi faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi qarorni yoki bildirish xatini taqdim 
etishi; 
2) ushbu Kodeksning XII boʻlimida belgilangan tartibda soliq toʻlovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha soliq hisobini yuritishi, foyda soligʻini (boʻnak va joriy 
toʻlovlarni) hisoblab chiqarishi va toʻlashi; 


3) soliq organiga soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻi 
boʻyicha soliq hisobotini, shuningdek mazkur guruhning boshqa ishtirokchilaridan olingan 
hujjatlarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishi; 
4) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining faoliyati tugatilgan taqdirda, ushbu 
guruh ishtirokchilariga foyda soligʻini (boʻnak va joriy toʻlovlarni) hisoblab chiqarish va toʻlash 
hamda tegishli hisobot hamda soliq davrlari uchun soliq hisobotini tuzish uchun zarur boʻlgan 
maʼlumotlarni soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi 
shartnomada nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda taqdim etishi. Soliq toʻlovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibidan bir yoki bir nechta yuridik shaxs chiqib ketganda bunday 
maʼlumotlar 
ushbu 
konsolidatsiyalashgan 
guruhning 
boshqa 
ishtirokchilariga 
va 
konsolidatsiyalashgan guruh tarkibidan chiqib ketgan yuridik shaxslarga xuddi shunday tartibda 
taqdim etiladi; 
5) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini 
toʻlovchining majburiyatlarini bajarish munosabati bilan yuzaga keladigan soliq qarzini uzishi; 
6) soliqlarni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma olinganligi haqida u olingan kundan eʼtiboran 
besh kun ichida soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarini xabardor 
qilishi; 
7) soliq organlari tomonidan soliq nazorati amalga oshirilishi hamda soliq toʻlovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini toʻlovchining majburiyatlari bajarilishi 
uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, izohlarni va boshqa axborotni soliq toʻlovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilaridan talab qilib olishi; 
8) ushbu konsolidatsiyalashgan guruhni tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan 
oʻtkazgan soliq organi tomonidan soliq nazorati tadbirlari doirasida talab qilingan, soliq 
toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha boshlangʻich hujjatlarni, soliq hisobi 
registrlarini va boshqa axborotni taqdim etishi shart. 
(5-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibidan bir yoki bir nechta 
yuridik shaxs chiqib ketgan taqdirda shu konsolidatsiyalashgan guruhning masʼul ishtirokchisi: 
1) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining foyda soligʻi boʻyicha yuridik 
shaxslar konsolidatsiyalashgan guruh tarkibidan chiqib ketgan soliq davri boshlanishidan soliq 
hisobiga tegishli oʻzgartishlar kiritishi; 
2) tugagan hisobot davrlari boʻyicha foyda soligʻi yuzasidan boʻnak va joriy toʻlovlarni 
qaytadan hisoblashni amalga oshirishi va hisobda turgan joyidagi soliq organiga soliq 
toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻiga doir aniqlashtirilgan soliq 
hisobotini taqdim etishi shart. 
(6-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi oʻziga 
berilgan vakolatlar doirasida soliq toʻlovchining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa 
huquqlariga ega boʻladi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻladi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish