Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

242-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish 
boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sana 
(1-q.)
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mahsulot yetkazib 
beruvchi tomonidan hisobvaraq-faktura taqdim etilgan sana yoki tovarlar joʻnatilgan (berilgan) 
sana, agar ushbu sana hisobvaraq-faktura taqdim etilgan sanadan oldin kelsa, tovarlarni 
realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanadir. 
(2-q.)
Agar tovarni joʻnatish (berish) amalga oshirilmasa, tovarga boʻlgan mulk huquqi 
xaridorga oʻtkazilgan kun tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan 
sanadir. 
(3-q.)
Koʻchmas mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, koʻchmas mol-mulkni boshqa 
shaxs tasarrufiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomaning taraflari tomonidan imzolangan qabul qilib 
olish-topshirish dalolatnomasi boʻyicha xaridorga koʻchmas mol-mulk berilgan sana aylanma 
amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi. 
(4-q.)
Xizmatlar koʻrsatilganligi faktini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura yoki boshqa hujjat 
rasmiylashtirilgan (imzolangan) sana xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga 
oshirilgan sanadir. 
(5-q.)
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismi qoidalari boshlanishi bir hisobot (soliq) davriga, 
tamomlanishi esa boshqa hisobot (soliq) davriga toʻgʻri keladigan xizmatlarga nisbatan ham 
qoʻllaniladi. 


(6-q.)
Elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari
moliyaviy va sugʻurta xizmatlari, quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar 
realizatsiya qilinganda, tovarlar (xizmatlar) doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilingan boshqa 
xollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan) kalendar oyning soʻnggi kuni 
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanadir. 
(OʻzR 
29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) 
(7-q.)
Obyektlar qurilishida, shu jumladan obyektlarni foydalanish uchun tayyor holda 
qurishda, shuningdek uzoq (bir soliq hisoboti davridan ortiq) texnologik davriylikdagi uzoq 
muddatli shartnomalar boʻyicha, agar tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar shartlarida xizmatlarni 
har oyda topshirish nazarda tutilmagan boʻlsa, har bir kalendar oyning oxirgi kuni aylanma amalga 
oshirilgan sana deb hisoblanadi. 
(8-q.)
Mol-mulk moliyaviy ijaraga (lizingga) berilganda, moliyaviy ijara (lizing) 
shartnomasi taraflari tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga koʻra mol-
mulk ijaraga oluvchining (lizingga oluvchining) tasarrufiga berilgan sana aylanma amalga 
oshirilgan sana deb hisoblanadi. 
(9-q.)
Soliq toʻlovchining oʻz ehtiyojlari uchun tovarlarni berishda (xizmatlar koʻrsatishda) 
aylanma amalga oshirilgan sana deb soliq toʻlovchining tegishli ichki hujjati bilan 
rasmiylashtirilgan, ushbu tovarni berish (xizmatlar koʻrsatish) amalga oshirilgan kun eʼtirof 
etiladi. 
(10-q.)
Tovarlar eksport bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan holda Oʻzbekiston 
Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilgan taqdirda, quyidagi sanalar tovarni realizatsiya 
qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi: 
1) bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan bojxona chegarasi haqiqatda 
kesib oʻtilgan sana; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
2) bojxonaga oid deklaratsiyalashni amalga oshirgan bojxona organining belgilari qoʻyilgan 
holda tovarlarga taalluqli bojxona yuk deklaratsiyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan sana - davriy va (yoki) 
vaqtinchalik bojxonaga oid deklaratsiyalashdan foydalanilgan hollarda. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish