L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


P.Buagilberning iqtisodiy qarashlari



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/135
Sana04.03.2023
Hajmi1,33 Mb.
#916492
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   135
Bog'liq
Kitob 6819 uzsmart.uz

P.Buagilberning iqtisodiy qarashlari. 
Fransiya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi Per Buagilber (1646-1714) 
hisoblanadi. U huquqshunoslikdan ta’lim olganiga qaramay, iqtisodiyot sohasiga 
ancha qiziquvchan bo‘lgan.
Fransiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit Angliyanikidan keskin farq qilar edi. 
Fransiyada feodal munosabatlar hali ham kuchli bo‘lib, qirollar va uning atrofidagilar 
tomonidan qattiq himoya qilingan. Vaholanki, agar Angliyada burjua inqilobi 17-
asrda bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, Fransiyada bu inqilob 18-asrni oxirida ro‘y berdi. 
Xo‘jalikdagi kapitalistik uklad nihoyatda sekin rivojlandi, ichki bozor xiyla tor edi, 
xalq xo‘jaligida natural xo‘jalik asosiy bo‘lib, sanoat rivoji past edi. Faqat zeb-ziynat 
buyumlari va parfyumeriya mahsulotlari tayyorlash bo‘yichagina Fransiya Yevropada 
yuqori o‘rinda edi.
Fransiyadagi klassik iqtisodiy maktabning dastlabki vakili P.Buagilber ham 
muhim g‘oyalarni ilgari surdi. Bu mamlakat ahvoli Angliyanikidan ancha katta farq 
qiladi. Shu sababli iqtisodiy qarashlarda o‘ziga xoslik seziladi. Agar V.Petti 
ko‘proq sanoat va savdoni qo‘llagan bo‘lsa, Buagilber asosan qishloq xo‘jaligi 
soxasini tadqiq etdi va o‘zining muxim xulosalarini chiqardi. qiymatni aynan iste’mol 
qiymati shaklida tushindi.
«Proporsional baholar» tarafdori edi, erkin tadbirkorlik, raqobat va erkin 
baxolarni qo‘lladi. Ortiqcha ishlab chiqarish inqrozini to‘g‘ri tushuntirib berdi. Pulga 
salbiy munosabatda bo‘ldi, oltin va kumushlarni yovuzlik sababi deb bildi. Noto‘g‘ri 
ravishda faqat qishloq xo‘jaligini qo‘llab quvvatladi, sanoat va savdoga kam e’tibor 
berdi. Buagilberning iqtisodiy islohotlari bo‘yicha takliflari o‘z davri uchun 
nihoyatda ahamiyatlidir.
Olimning tadqiqot predmeti jamoat boyligi konsepsiyasidan iborat edi. U
jamiyatda erkin raqobat va milliy iqtisodiyot manfaatlari uchun shaxsiy manfaatning 
jamoat manfaatlaridan ustunligini tan oladi. P.Buagilber sanoat va savdoni kamsitish 
yo‘li Bilan qishloq xo‘jaligining rolini mutlaqlashtirgan.
1691 
yilda 

Fransiyani og‘ir iqtisodiy ahvoldan chiqarish tizimini taklif etadi. 1707 yili u 
«Fransiyani qoralash» degan asarini Chop etadi. Unda Fransiyaning kambag‘illik 
holati ko‘rsatiladi, merkantilistik siyosat qoralanadi. Iqtisodiy islohotlar o‘tkazish 
to‘g‘risida Yangi g‘oyalar ilgari surildi. Jumladan, soliq tizimini o‘tkazish, ichki 
bozorni kengaytirish va tovar-pul muomalasini kuchaytirish uchun ichki savdoni har 
xil cheklashlardan ozod qilish, mehnat taqsimoti o‘sishining ta’minlash va hokazo. U 
o‘z takliflari Bilan bir necha bor qirolga murojaat qiladi, ammo uning bu harakatlari 
Zoye ketadi. Uning g‘oyalari faqat kitoblarida qoladi.


 
23 
P.Buagilber V.Pettiga o‘xshab, mamlakatning boyligi pul miqdoridan iborat 
emas, balki barcha foydali narsa va ne’matlardan tashkil topadi, degan konsepsiyani 
ilgari surdi. U pulga keskin qarshi chiqadi, pulda barcha yovuzlik va ofatlarning 
manbai mujassamlangan, degan fikrga keladi. Pulning yagona yaxshi tomoni 
shundaki, u almashuvni osonlashtiradi. Oltin va kumush o‘rnini qog‘oz pul bemalol 
qoplaydi. Ko‘rinib turibdiki, olim pulning barcha funksiyalarini tushunib etmaydi.
P.Buagilberning nazariy qoidalarining o‘ziga xosligi shundan ibrat Ediki, u 
iqtisodiy erkinlik tarafdori edi va bunda davlatning iqtisodiy funksiyasini inkor 
etmadi. Uningcha, davlat to‘g‘ri soliq tizimi orqali mamlakatda iste’mol va talabni 
yuqori darajada ta’minlanishi mumkin. Agar iste’mol sarflari oqimi pasaysa, 
tovarlarni sotish va ishlab chiqarish keskin kamayadi. Agar kambag‘allar ko‘proq 
ishlab topsalar, soliqlarga kam sarf qilsalar, ular o‘z daromadlarini tez sarflashga 
moyildirlar.
P.Buagilberning eng buyuk xizmati shundaki, u qiymatning sarflangan ish 
vaqtiga tenglashtirdi. Agar V.Pettining iqtisodiy ta’limotida almashuv qiymati asosiy 
bo‘lsa, Buagilberda iste’mol qiymati bosh rolni o‘ynadi (Aslida ularni bir-biridan 
ajratib bo‘lmaydi). 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish